Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Qadimgi turklarda oy.
Turkiy tillarda 
ay
so‘zining ikki 
ma’nosi bor: “koinot jismi” va “vaqt birligi”. Harqalay, u ilkin 
ma’nosida “koinot jismi”ni bildirgan. Keyingi ma’nosi uning 
davriy aylanishi (o‘ttiz kunligi) asosida kelib chiqqan. Boshqa 
tillarda bunday emas (masalan, ingliz va rus tillarini 
qiyoslang). Bu ham bo‘lsa, qadimgi turklar tasavvurida vaqt 
tushunchalari astronomik tasavvurlar bilan uyg‘un holda 
yuzaga chiqqanligidan dalolat beradi. 
Kün
so‘zi ham shunday: 
uning ilkin ma’nosi – “Kun(Quyosh)”, vaqt ma’nosi esa undan 
urchigan.


241
Yil o‘n ikki oyga bo‘linadi. Eski turklarda yil ko‘klamdan 
boshlangani uchun yilning birinchi oyi ko‘klamning birinchi 
oyiga teng keladi.
Yangi oy Oyning chiqqan kunidan boshlanadi. To‘lgan 
Oyni 
tolun
yoki 
tolun ay
deydi. 
Tolun
ning lug‘aviy ma’nosi 
“to‘liq, to‘lishgan”dir. Turklarda 
Aytoldï
degan ot ham bo‘lgan, 
ma’nisi “to‘lgan oy” degani. 
Qadimda oylarga ot qo‘yilmagan, ular o‘z tartibi bilan 
aytilgan: 
birinč ay, ikinč ay, üčünč ay
singari. Keyinchalik, 
turklar buddizm, moniylikni qabul qilganlaridan keyin ularga 
nom qo‘ydilar, to‘g‘rirog‘i, bu nomlar qo‘shni tillardan 
o‘zlasha boshladi. 
Qadimgi uyg‘ur taqvimda uchraydigan oy otlari: 
aram ay // ram ay
[r`m
] – qadimgi uyg‘ur 
taqvimining birinchi oyi 
č(a)xš(a)p(a)t ay
[ siksapada
] – ro‘za oyi, taqvimning 
o‘n ikkinchi oyidir. 
Islom davridan turklar arab taqvimini qo‘llay boshladilar va 
oylar ham arabcha atala boshladi. Masalan: 
zulqada ayï, rajap 
ay, muharram ay
singari. 
Qadimda xalq ichida chorvachilik va dehqonchilik bog‘liq 
holda yuzaga kelgan oy otlari ham qo‘llanilgan. Bu xususda 
Mahmud Koshg‘ariy shunday yozadi: “(Turklarda) oy ismlari 
ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon 
bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan ataydilar. Har uch 
oyni bir ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar. 
Masalan: navro‘zdan keyingi avval bahorga 
oğlaq ay
, so‘ngra 
uluğ oğlaq ay
derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi. 
Bundan keyingisiga 
uluğ ay
deyiladi. Chunki bu yozning 
o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l 
bo‘ladi” (MK.I.332). 
O‘zbek tilida chorvachilik yoki dehqonchilik bilan bog‘liq 
holda yuzaga kelgan atamalar hozir ham uchrab turadi. 
Masalan, xalq tilida 
qïrqïm ayï
deydi, bu qishdan chiqib


242
qo‘ylarning junini oladigan paytga to‘g‘ri keladi. 
orağ ayï
– 
bug‘doy o‘radigan vaqt, yoz chillasiga to‘g‘ri keladi. Yoki xalq 
tilida 
Beš doğalda bešikdägi bala sawqatmas
degan gap bor. 
Bunda
beš doğal
deganda kunlar iliy boshlagan payt nazarda 
tutiladi.
Hozirgi turk tilida oylar shunday ataladi: 
ocaq
– yanvar, 
šubat
– fevral, 
mart
– mart, 
nisan
– aprel, 
mayïs
– may, 
haziran
– iyun, 
temmuz
– iyul, 
ağustos
– avgust, 
eylül
– sentyabr, 
ekim
– oktyabr, 
qasïm
– noyabr, 
aralïq
– dekabr. 
Qozoq tilida o‘n ikki oy otlari shunday: 
qaŋtar
– yanvar, 
aqpan
– fevral, 
naurïz
– mart, 
säuir
– aprel, 
mamïr
– may, 
mausïm
– iyun, 
šilde
– iyul, 
tamïz
– avgust, 
qïrküyek
– 
sentyabr, 
qazan
– oktyabr, 
qaraša
– noyabr, 
jeltoqsan
– 
dekabr. 
O‘zbek shevalarida ham bu nomlarning ayrimlari 
qo‘llaniladi. Masalan, xalq og‘zida 
qaŋtar, aqpan
nomlari 
uchrab turadi. 
Qantar ağdï
deydi, u “qora sovuq o‘tgan, 
qorning zahri ozaygandan keyingi muddat”ni bildiradi.
O‘zbeklarda yozning ayni qizigan payti, qishning qahraton 
pallasini 
čillä
deyiladi. 
Čillä
oy bilan teng emas, 
čillä
deganda 
issiq yoki sovuq avjiga chiqqan “qirq kunlik” tushuniladi: 
yaz 
čilläsi, qïš čilläsi
. Chilla boshlangan paytni – 
čillä kirdi

tugagan paytni esa 
čillä čïqdï
deyiladi. 
Ko‘klam yoki kuzga nisbatan chilla qo‘llanilmaydi. Sababi, 
chillada, odatda, ob-havo bir maromda kechadi. Ko‘klam bilan 
kuz oraliq fasllar: ko‘klamning boshlanishida kun sovuq bo‘lsa, 
oxirlaganda isib ketadi yoki kuzda buning aksi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin