Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Täŋri-täg 


232
täŋri yaratmïš türük Bilgä qağan sabïm
(Ko‘kdek ulug‘ tangri 
yaratgan turk [ya’ni jasur] Bilga xoqon so‘zim) unvoni bilan 
boshlanadi (Xa.13). Ushbu unvonda Bilga xoqon o‘ziga 
“tangridan bo‘lgan” deb emas, “tangri yaratgan” sifatini 
qo‘llamoqda.
Yuza yo‘nalishi
bo‘yicha “tomon” tushunchasi “qutb”ni 
anglatadi. Bu Yer yuzining to‘rt tarafi bilan bog‘liq. Eski 
turklar “to‘rt qutb”ni 
tört buluŋ
yoki 
tört sarï
deb ataganlar. 
Tört buluŋ, tört sarï
tushunchalari “kenglik, zamin 
bepoyonligi”ni ham bildirgan. Jumladan, badiiy adabiyotda el 
qahramonlarining cheksiz yerlarga hukumronlik qilganligi
ularning kuch-qudrati ayni tushunchalar bilan ta’rif etilgan. 
Masalan, Kul tigin bitigida Bumin va Istami xoqonning el erki 
yo‘lidagi kurashlari shunday ta’riflanadi: 
Tört buluŋ qop yağï 
ermis, sü süläpän tört buluŋdaqï bodunuğ qop almïs, qop baz 
qïlmïs
(To‘rt taraf butunlay dushman ekan. Qo‘shin tortib, to‘rt 
yoqdagi xalqni butunlay olganlar, butunlay bo‘ysundirganlar) 
(K.2). Yoki Bilga xoqon bitigida xoqon o‘z qahramonliklarini 
shunday yodga oladi: 
Täŋri yarlïqaduq üčün özüm olurtuquma 
tört buluŋdaqï bodunuğ etdim
(Tangri yorliqagani uchun o‘zim 
(xoqon bo‘lib) turganimda to‘rt tarafdagi xalqni tartibga 
soldim) (Xb.9). “O‘g‘uzxoqon” dostonida Yerniŋ tört 
buluŋïnuŋ qağanï degan jumla ham uchraydi. Bu jumla 
“Erning to‘rt tomonining xoqoni, Yer yuzining xoqoni, zamin 
hukumdori” degan ma’noni anglatadi. Asarda O‘g‘uzxoqon 
ana shunday sifatlar bilan ulug‘langan. 
Qadimgi turklar tasavvurida tevarak-atrof, olam qutblari 
tushunchasi kishining kunchiqarga qarab turgan holati bilan 
bog‘liq yuzaga kelgan. Eski turklar ko‘k-tangriga kunchiqarga 
yuz tutgan holatda ibodat qilganlar. Ayni holatda tevarak, 
qarama-qarshi tomonlarni anglatuvchi to‘rt jihat yuzaga 
kelgan: “old” – “orqa”, “o‘ng” – “so‘l”. Qadimgi turkiy tilda 
“old” tushunchasi – 
il
yoki 
öŋ
, “orqa” – 
qurї
, “o‘ng” – 
bir
yoki 

, “so‘l” esa 
yїr
yoki 
čoŋ
deyilgan.


233
Yer yuzining to‘rt qutbi (
tört buluŋ
) ham shu so‘zlarga 
jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish bilan atalgan. Bu 
so‘z qutbning o‘sha tomoniga bo‘lgan yo‘nalishni anglatadi: 
İlgärü
– oldinga (~Sharqqa), 
Birgärü
– O‘ngga (~Janubga), 
Qurїğaru
yoki 
Kirü
– orqaga (~G‘arbga), 
Yїrğaru
– so‘lga 
(~Shimolga). Masalan, Kul tigin yodgorligida Bilga xoqon 
tilidan xoqonliq tarixi hikoya qilinar ekan, qutb nomlari ham 
tilga olinadi: 
İlgärü Šantuŋ yazїqa tegi sülädim, taluyqa kičig 
tegmädim. Birgärü Toquz ärsänkä tegi sülädim, Tüpütkä kičig 
tegmädim. Qurїgaru Yinčü ögüz kečä Temir qapїğqa tegi 
sülädim. Yїrğaru Yer Bayїrqu yeringä tegi sülädim.
– Sharqqa 
– Shantung dashtiga qadar qo‘shin tortdim, dengizga bir oz 
yetmadim. Janubga – To‘qiz arsanga qadar qo‘shin tortdim, 
Tuputga bir oz yetmadim. G‘arbga – Yinchu o‘guz(Sirdaryo)ni 
kechib, Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdim. Shimolga – Yer 
Bayirqu yerigacha qo‘shin tortdim (Ka.3–4). 
Janub 
oŋ jaŋaq (~oŋ yaq)
[ya’ni, o‘ng tomon], Shimol 
čoŋ 
jaŋaq (~čoŋ jaq)
[ya’ni, so‘l tomon] deb ham yuritilgan. 
Eski turklar qutbni quyoshning ko‘rinuvi (chiqishi va 
botishi, kecha-kunduz almashinuvi) bilan ham bog‘liq holda 
tasavvur etganlar. Jumladan, quyoshning chiqishi bilan bog‘liq 
ravishda yuzaga kelgan 
Küntoğsїq
(Kunchiqar) tushunchasi – 
Sharqni, Quyoshning botish yeri bilan aloqador 
Künbatsїq
(Kunbotar) esa G‘arbni bildirgan. Hozirgi o‘zbek tilida buning 
o‘rnida “kunchiqar” va “kunbotar” so‘zlari qo‘llanadi. 
Kün ortusï
– tub ma’nosida “choshgoh, tush, peshin”ni, 
qutbga nisbatan Janubni, 
Tün ortus
ï – tub ma’nosida “qoq tun, 
yarim tun”ni, qutbga nisbatan Shimolni bildiradi. “Janub”ni 
Kündünki
ham deyilgan: 
Kündünki buluŋ
– Janub tomon.
“O‘g‘uzxoqon” 
dostonida 
qarama-qarshi 
qutblarni 
anglatuvchi 
Kün toğušï
va 
Kün batušï
atamalari qo‘llangan.
Ushbu atamalardagi 
toğušï
va 
batušï
Quyoshning Sharqdan 
chiqishi va G‘arbga botish holatini ifoda etmoqda. Shunga 
ko‘ra, 
Kün toğušï
– “Sharq”, 
Kün batušï
– “G‘arb”ni bildiradi. 


234
Bu ikki atama qarama-qarshi ikki qutbni bildiruvchi 
Küntoğsїq
va 
Künbatsїq
qa tengdir. 
“Qutadg‘u bilig”da kunning chiqishi bilan bog‘liq holda 
Sharqni 
Tuğar
, G‘arbni esa kun botishi bilan bog‘liq ravishda 
Batar
deyilgan. 
Manbalarda vaqtni bildiruvchi 
taŋ, tün
so‘zlari ham 
qutblarni ifoda etgan: 
Taŋ sarï
– Sharqqa, 
Tün yaŋaq
– Shimol 
tomon, 
Tün sarï
– Shimolga. 
Ayrim koinot jismlarining harakat va holati qadim 
tasavvurlarda inson hayotini belgilovchi deb tushunilgan va 
ularga hurmat bilan qaralgan. Bunga “Qutadg‘u bilig”da asar 
qahramonlarining oti 
Aytoldï
va 
Küntuğdï
atalganini ham dalil 
keltirish mumkin: 
Aytoldï
– “to‘lgan oy”, 
Küntuğdï
– “quyosh 
chiqdi” degan ma’noda.
Quzuluš, Quzordu
taponimlari tarkibidagi 
quz
“kunga 
ters”, “kun botar” ma’nolarini bildiradi. 
Quzuluš, Quzordu
– 
“kun botardagi shahar” degani. Hozirgi 
quzğay, küngäy
degan 
so‘zlarimizning tub anglami ham “tomon” tushunchasi bilan 
bog‘liqdir. 
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” 
asarida Yer yuzi xaritasini keltirgan va unda ham qutblar qayd 
etilgan. Biroq, ushbu xarita arab tilida bo‘lgani uchun 
qutblarning nomi ham arabchada. Chunonchi, ushbu xaritada 
doiraning to‘rt yog‘iga qutb nomlari yozib qo‘yilibdi: uning 
yuqori tomoni – Sharq (aš-Šarq), quyi tomoni – G‘arb (al-
Ğarb), o‘ng tomoni – Janub (al-Janub), chap tomoni – Shimol 
(aš-Šimāl). 
Muhimi, ushbu xaritaning tuzilishida olam qutblari, 
tomonlar haqidagi qadimiy tushunchalar o‘z ifodasini topgan. 
Chunonchi, Mahmud Koshg‘ariy Yer yuzi xaritasini keltirar 
ekan, yuqori tomonda hozirgi xaritalardagi singari Shimolni 
emas, Sharqni ko‘rsatgan. 
Qadimgi turklarda ranglar ham tomonni ifodalashga xizmat 
qilgan. Masalan, oq rang – G‘arbni, ko‘k rang – Sharqni, qora 


235
rang – Shimolni, qizil rang – Janubni bildiradi. “Oq xunlar” 
deganda g‘arbiy o‘lkalardagi qanqa va kushonlar nazarda 
tutiladi. “Ko‘k turklar” deyilganda sharqiy turklar tushunilishi 
ham, ehtimol, shundandir. 
Oltin O‘rda davlati ikkiga bo‘lingan edi: Oq o‘rda – g‘arbiy 
o‘lkalar, Ko‘k o‘rda – sharqiy davlat, uni Abulxayrxon qurgan. 
Amir Temurning Shahrisabzda qurdirgan qarorgohi 
Oqsaroy, Samarqanddagi qarorgohi esa Ko‘ksaroy deb atalgan 
edi. Ularning birinchisi g‘arbda, ikkinchisi esa sharqda 
joylashgani uchun shunday atalgan.
Demak, bitiglarda qo‘llangan “tomon” tushunchasi bilan 
bog‘liq atamalar tizimi qadimgi turklarning olam va uning 
tuzilishi 
to‘g‘risidagi 
qarashlari, 
ularning 
borliqqa 
munosabatini, falsafiy qarashlarini o‘rganishda eng ishonchli 
va kerakli manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin