231
degan atamalar qo‘llanilgan, u “inson bolasi, odam bolasi”
degan ma’nodadir.
Ikkinchi gapdagi
ečüm-apam
juft so‘zi – “ota-bobom”,
ya’ni “ajdodim” degan ma’noni beradi. Ushbu juft so‘z
tarkibidagi
apa
ham ilkin ma’nosini tashiydi.
Matndagi
Bumïn
hamda
İstämi
– Birinchi ko‘k turk
xoqonlig‘ining quruvchilaridir;
qağan olurmïš
– gapning
kesimini bo‘lib, bu birikma “xoqon bo‘lib taxtga o‘tirgan”
degan anglamga ega.
Yuqoridagi izohlarga tayangan holda matn ma’nosini
hozirgi tilimizga quyidagicha o‘girishimiz mumkin: “Yuqorida
ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaralganda, ikkisining orasida
inson bolasi yaralgan. Kishi o‘g‘illari uza ota-bobom Bumin va
Istami xoqon bo‘lib (taxtda) o‘tirganlar”.
Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha uch qatli olam
to‘g‘risidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida –
osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida inson va uning
hayoti.
Shu o‘rinda muhim bir faktga e’tibor qaratsak. Ma’lumki,
qadimgi xitoy falsafasida imperatorlarga “Osmon o‘g‘li”
(thien-tsi), osmon bilan yer o‘rtasida yaralgan zotlar deya
qaralgan. Ba’zi olimlar qadimgi turklarning falsafiy qarashlari
to‘g‘risida fikr yuritar ekan, “tangri”ni anglashda qadimgi
turklar xitoy falsafasiga ergashadilar, deb biladilar. Biroq, Kul
tigin va Bilga xoqon bitiglaridan olingan yuqoridagi matn bu
qarashni tamom inkor etadi. Unga ko‘ra, yuqorida osmon,
pastda yer yaralganda ikkisining o‘rtasida kishi o‘g‘illari
yaralgan. Kishi o‘g‘illari orasidan tangrining inoyati bilan
Bumin va Istami xoqon bo‘lib taxtga chiqqanlar. Ular “Osmon
o‘g‘li” emas, balki tangrining inoyati bilan taxtga o‘tirgan
xoqonlardir.
Buning dalili uchun Bilga xoqon bitigidan boshqa bir
misolni ham keltirishimiz mumkin. Chunonchi, bitigda Bilga
xoqonning el-ulusga murojaati berilgan. Murojaat
Dostları ilə paylaş: