ISLOM BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR
Turkiy tildagi islomga tegishli diniy atamalar tizimini ulug‘
adib Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida qo‘llanilgan
so‘zlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Asarda
Allāh
so‘zi faqat bir o‘rinda – arabiy basmalada
kelgan. Matn davomida muallif uning o‘rnida
idi
(yoki
i
i
)
,
bayat, täŋri, rabb
so‘zlarini qo‘llaydi va bularning bari islom
tushunchasidagi Ollohni anglatadi.
Bayat
so‘zi
erklig bayat
(erkli, qodir xudo),
etigli bayat
(yashnatuvchi xudo),
uğan bir bayat
(qodir va vohid xudo);
erklig uğan meŋü muŋsuz bayat
(erkli, qodir, mangu, mungsiz
xudo) shakllarida,
täŋri
so‘zi
uğan täŋri
(qodir tangri),
täŋri
219
’azza vä jall(a)
(eng aziz va ulug‘ tangri),
i
i
so‘zi esa
törütkän
i
i
(yaratgan ega),
igidgän i
i
(parvarishlagan ega),
kečürgän
i
i
(rahmdil, kechiruvchi ega),
muŋsuz i
i
(mungsiz ega),
bağïrsaq i
i
(mehribon ega) shakllarida qo‘llanilgan.
Qadimgi turkiy tilda Ollohning sifatlari
at
deyilgan.
“Qutadg‘u bilig”da Ollohning sifatlari shunday ataladi:
uğan
(qodir),
bir
(vohid),
zuljalal, ’azza vä jall(a)
(eng aziz va
ulug‘),
qadir kamal
(qodir kamol),
uluğluğ i
isi
(ulug‘lik
sohibi),
yer kök i
isi
(Yer va ko‘kning egasi),
erklig
(erkli,
qodir),
yaratqan
(yaratgan),
törütkän
(yaratgan),
igidgän
(parvarishlagan),
karim, kečürgän
(rahmdil, kechiruvchi),
bağïrsaq
(mehribon),
etigli
(yashnatuvchi),
mäŋü muŋsuz
(mangu mungsiz),
muŋsuz
(mungsiz),
mäŋü tutčï tirig
(mangu,
doim tirig),
čergüči
(olampanoh),
biliglig
(bilimli),
köšüš
(aziz),
ğafir
(g‘ofir),
yaratïğlï
(yaratuvchi),
yarağsïznï yïratïğlï
(yaroqsizni yiratuvchi).
Muallifning ta’kidlashicha, Ollohning mingta oti bor.
Tavg‘ach Bug‘raxon ta’rifiga bag‘ishlangan baytlarning birida
shunday yozilgan:
Bayat berdi davlat, ey türkän qutï,
Anïŋ šukrï qïlğu oqïp miŋ atï. –
Ey turklarning baxti, xudo senga davlat berdi; (buning
haqiga Ollohning) mingta otini yod etib, uning shukrini qilmoq
kerak (QB.106).
Asarda
i
i
qahramonlar tilidan
bağïrsaq i
im
(mehribon
egam),
bağïrsaq ïnanğu i
im
(mehribon, inonadigan egam),
qatïğlïq yerindä sïğïnğu i
im
(og‘irlik paytlarida sig‘inadigan
egam) deya ta’rif etilgan (QB.3013). Ollohning birligi
seniŋdä
a
ïn yoq sïğïnğu i
im
(sendan o‘zga sig‘inadgan egam yo‘q)
singari ta’riflar bilan berilgan (QB.5017).
i
i
so‘zi “ega, sohib” ma’nosida insonni ham bildirgan:
Biliglig bilig berdi tïlqa bïšïğ,
Aya til i
isi, kö
äzgil bašïğ. –
220
Bilimli (ya’ni xudo) tilga pishiq bilim bergan. Ey til egasi
(ya’ni inson) boshingni asragin (QB.165).
Xudoning yorlig‘i
bayat yarlïğï / i
i yarlïqï
, xudoning
rahmati
bayat rahmatï / bayat fazlï / i
i fazlï
deyilgan.
Xudoning fazliga erishmaklik esa
bulmïš
fe’li bilan ifoda
etilgan:
Bayat fazlï barča özüŋ bulmïš-a. –
O‘zing xudoning
bari ehsonlariga muyassar bo‘libsan (QB.4993). Allohning
inoyat aylashi
’inayat qïl
-
fe’lida o‘z ifodasini topgan:
Bayat kimkä qïlsa ’inayat ülüg,
Tiläkkä tegip, boldï atlïğ, külüg.
–
Xudo kimga yetarlicha inoyat qilsa, tilagiga yetib, nomdor,
mashhur bo‘ldi.
Asarda “payg‘ambar” ma’nosida
yalawač, sawčï, oqïtčï
so‘zlari qo‘llangan.
Yalawač
asli “elchi” degani. O‘rni bilan, u
“tangrining elchisi, payg‘ambar” ni ham bildiradi.
Sawčï – saw
(“xabar, so‘z”) dan yasalgan,
sawčï
– “xabarchi, tangrining
xabarchisi” degan ma’noni anglatadi. Hozir qo‘llayotgan
sawčï
so‘zimizda ham “xabarchi” ma’nosi bor, biroq u “quda-andalar
orasida xabar yetkazuvchi” ma’nosidadir.
“Hibatu-l-haqoyiq”da “payg‘ambar” –
rasul
, uning sifatlari
esa
habib, xalq talusï
(xalqning sarasi),
kiši qutluğï
(kishilarning qutlug‘i) deya ta’riflangan.
Sahobalarning turkiy oti
tört eš
dir.
Ollohning bandasi
qul
atalgan:
Kimiŋ atï qul bolsa qïlğu
tapuğ
.
– Kimning oti banda bo‘lsa, toat-ibodat qilishi kerak
(QB.3615). Xudoning bandalari
bayat qullarï
deyilgan.
Asarda musulman va kafir
tushunchalari bir-biriga zid
qo‘yiladi
. Musulman / mo'min
atamalarida Ollohning sobit
e’tiqodli bandalari,
kafir deyilganda esa buddistlar nazarda
tutiladi:
Ewin, barqïn örtä, sïğïl burxanïn,
Anïŋ ornï masjid, jama’at qïlïn. –
Uy-joyini yondir, butlarini sindir, uning o‘rniga masjid,
jamoatga yo‘l ber (QB.5372).
221
Ma’lumki, islom tushunchasida
kafir
so‘zi Ollohga shirk
keltiruvchilarni anglatadi. Qayd etilgan baytda bu so‘z bilan
buddistlarga ishora etilmoqda.
Musulmonlikda bo‘lish
musulmanlïq
,
musulmon jamoasi
jama'at
deyilgan. Islom yo‘sunlari
šari’at
atalgan.
Qur’on ilmi
’ilm-u Qur’an
deb atalgan.
Yusuf Xos Hojib so‘zning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritar
ekan “So‘z bo‘z yerga moviy ko‘kdan indi” (
Yašïl kökdin indi
yağïz yerkä söz
) degan jumlani ishlatadi (QB.207). Buning
bilan u ko‘kdan ingan (nozil bo‘lgan) muqaddas kitoblarga
ishora qiladi.
Asarda “yorug‘ dunyo”
dünya
, “oxirat” esa
’uqba, bar
atalgan:
Bayat berdi qulqa iki köz qulaq,
Biri dünya baqsa, biri ’uqba baq.
Elig berdi eki sunup tutğuqa,
Biri dünyakä tut, biri ’uqbaqa.
Ayaq berdi eki yurïtğu üčün,
Biri baru maŋsa, biri bar üčün. –
Xudo bandasiga ikki ko‘z, quloq berdi: biri bilan dunyoga
boqsang, biri bilan oxiratga boq.
Uzatib ushlash uchun ikki qo‘l berdi: birini dunyoga tut,
birini oxiratga.
Yurish uchun ikki oyoq berdi: biri bunda odimlasa, biri bor
(u dunyo) uchun (QB.3598–3600).
Dunyo va oxirat tushunchasi
törütmiš eki
(yaratgan ikki
narsasi) birikmasida ham o‘z belgisi ega:
Törütmiš eki bir
tanuqï anuq.
– Yaratgan ikki narsasida (ya’ni dunyo va
oxiratda) vohidning belgisi aniqdir (QB.14).
“Qiyomat kuni”
uluğ kün / köni kün / qiyamat
atalgan.
Asarda “jannat” tushunchasi
učmaq
, “do‘zah” esa
tamuğ
atalgan:
Eki ew yarattï bu halqqa qamuğ,
Biri atï učmaq, biriniŋ tamuğ. –
222
Bu jami xalqqa xudo ikki uy yaratdi: birining oti jannat,
biriniki do‘zah (QB.3597).
“Qutadg‘u bilig”da islom farzlariga bag‘ishlangan atamalar
ham mavjud.
Islomning besh farzi
(
farz-i ’ayn
) “Qutadg‘u bilig”da
shunday atalgan:
iyman / ïnanč, namaz, roza, haj.
“Ibodat” ma’nosini asarda
ta’at
hamda
tapuğ
so‘zlari ifoda
etadi [qiyoslang, Mahmud Koshg‘ariy devonida:
tapuğ
– toat-
ibodat qilish.
Teŋri tapuğï
– xudoga toat qilish (MK.I.354)].
“Qutadg‘u bilig”da
ta’at
va
tapuğ
so‘zlari ba’zan juft holda
kelib “toat-ibodat” ma’nosini anglatgan:
Nekü-teg qïlur-men bu ta’at tapuğ. –
Bu toat-ibodatni qanaqasiga qilaman (QB.4584);
Seniŋdä bar erkän yigitlik küči
Yawa qïlma, ta’at, tapuğ qïl tučï. –
Senda yigitlik kuchi bor ekan, uni behuda ketkazma, doim
toat-ibodat qil (QB.356).
“Ibodat qilmoq” ma’nosi
ta’at qïl-, tapuğ qïl-, tapïn-, sïğïn
-
fe’llari bilan ifoda etilgan. “Xudoga toat qilmoq” tushunchasi
bayatqa tapïn / bayatqa tapuğ qïl
deyilgan. “Sengagina sig‘in-
dim” degani
seŋär-oq sïğïndïm
bo‘lgan [qiyoslang, Mahmud
Koshg‘ariy devonida:
tapïndïm
– bo‘ysundim;
Men teŋrigä
tapïndïm
–
Men xudoga bo‘ysundim
(MK.II.161).
Yoki:
sïğïndï
– tangriga sig‘indi;
Men teŋrigä sïğïndïm
– Men xudoga
sig‘indim (MK.II.177)].
Mahmud
Koshg‘ariyning
yozishicha,
qipchoqlar
“namoz”ni
yükünč
deganlar. Bunga u quyidagi gapni ham
misol keltiradi:
teŋrigä yükünč yükündi
– xudo uchun nomoz
o‘qidi (MK.III.385)
“Xudodan tilamoq” tushunchasi
bayatdïn qul-
birikmasida
o‘z ifodasini topgan.
“Xudoga shukur qilmoq” tushunchasi
bayatqa / rabbqa
šukur qïldï
deyilgan:
Šukur qïldï rabbqa, atadï atïn
. – Rabbga
shukur qildi, otini tilga oldi (QB.5327).
223
Asarda nomoz bilan bog‘liq atamalar ham bor. Chunonchi,
“tahorat” ma’nosida
yundï
so‘zi qo‘llangan:
Turup yundï, qïldï
bu yatğu namaz
. – Turib, tahorat oldi, xufton nomozini o‘qidi
(QB.3246).
Farz namozi
fariza namaz
, jum’a namozi –
adina namaz
,
bomdod namozi
taŋ namaz
, xufton namozi
yatğu namaz
deyilgan. “Namoz o‘qidi” ma’nosida
namaz qïldï, namaz ötädi,
namaz yetürdi
birikmalari qo‘llanilgan. Niyat bilan namoz
o‘qish
e
gü fal yorup namaz qïldï
(yaxshi niyatlar bilan nomoz
o‘qidi),
namaz qïldï, virdin oqïdï arïğ
(namoz o‘qidi, kundalik
hamdni takrorladi) singari iboralar bilan ta’riflangan.
Namaz,
roza birlä yurïğlï kiši
birikmasida namozxon, ro‘za tutuvchi
solih ko‘zda tutilgan.
“Duo qildi” ma’nosida
du’a qïldï
ishlatilgan. Duo bilan
fotiha o‘qish
rabbqa du’a qïldï / rabbqa sana qïldï
deyilgan:
Du’a qïldï rabbqa, kötürdi elig
. – Rabbga duo qildi, fotihaga
qo‘l ko‘tardi (QB.3012);
Sana qïldï rabbqa, kötürdi elig. –
Rabbga sano aytdi, fotihaga qo‘l ko‘tardi (QB.3077).
Dostları ilə paylaş: |