Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Baštïnqï ülüs on 
patar
(Avvalgi bo‘lim, o‘ninchi varaq), 
Baštïnqï ülüs tört 
yigirmi patar
(Avvalgi bo‘lim, o‘n to‘rtinchi varaq) va b. Bir 
bo‘lim tugagach, keyingi bo‘limdan boshlab tartib ko‘rsatkichi 
ham yangilangan. Ushbu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, poygir 
(poginatsiya) vazifasini o‘tagan va kitob varaqlarini tartibli 
saqlash imkonini bergan. 
Qadimgi turkiy tilga chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarga 
turkiy qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan ham yangi atamalar 
hosil qilingan. Masalan, 
nomčï
– budda qonunlarining 
bilimdani, qonunlarni yo‘ruvchi (ma’nosini aytib beruvchi), 
ulamo. Qonunlar haqida dars beruvchi ustozni 
nomčï 


208
ačarï~nomčï baxšï
ham deyilgan. Bu yerdagi 
ačarï (
ačarya)
“o‘qituvchi, ustoz” ma’nosida. 
Budda 
matnlarida 
ba’zi 
iboralar, 
dinning 
asosini 
belgilovchi tushunchalar (formulalar) ham turkiyga o‘girilmay, 
asl holida, o‘sha tilda qanday bo‘lsa, shundayligicha 
qo‘llanilgan. Masalan, budda asarlari, an’anaga ko‘ra, 
Namo 
but. Namo darm. Namo saŋ
jumlalari bilan boshlangan (buning 
Namo Buddaya. Namo darmaya. Namo saŋgaya
shakli ham 
bor). Buning sanskritchasi 
Namo budha. Namo dharma. Namo 
samgha
dir. Ma’nosi: “Buddaga ta’zim. Budda aqidalariga 
(qonunlariga) ta’zim. Budda jamoasiga ta’zim” demakdir. Bu 
uchlikning bir formulada kelishining sababi buddizm 
ta’limotida Budda, buddizm qonunlari, ta’limoti va jamoa 
qutlug‘dir. Eski turklar bu uchlikni 
üč erdini
yoki 
erdinilär
deganlar.
Erdini (=skr. ratha)
– “javohir” ma’nosini beradi. Qadimgi 
turkiy tilda 
erdini
– “javohir”. Buddizmning qutlug‘
tushunchasi (=Ratna) shu so‘z bilan atalgan: 
nom erdini
– 
“no‘m javohiri” (=Dharmaratna); 
Burqan erdini
– “Burxon 
(Budda) javohiri”; 
üč erdini
– budda tushunchasidagi “uch 
javohir” (=Triratna). 
Budda matnlarida sug‘dcha, xitoycha atamalar ham ko‘p 
uchraydi. Buning sabablaridan biri budda asarlarining o‘sha 
tillardan tarjima qilinganligi bo‘lsa, ikkinchisi qadimgi turklar 
bilan o‘sha xalqlar orasida kechgan yaqin munosabatlar, adabiy 
aloqalar va Sharq tillarining o‘zaro ta’siridir. Masalan, 
Azrua 
(
– brahma dinining yaratuvchisi, 
Zervana 
(=skr. Brahma)
. Yoki: 
Xormuzta (
– iloh, 
tangrining oti, 
Xo‘rmuzd (=Indra)
. Aslida bu so‘z moniy diniy 
qarashlari asosida shakllangan. Keyinchalik turk-buddistlar uni 
o‘zlashtirib, o‘z tushunchalaridagi “iloh” ma’nosida qo‘llay 
boshlaganlar.
Matn tuzish an’anasi bilan bog‘liq yana bir jihat. Sharq, 
xususan, turk matnchiligi, matn tuzish an’anasiga ko‘ra asar 


209
qay tildan tarjima etilayotgan bo‘lsa, kitobning otini o‘ziday 
qoldirish yoki yaratilgan asarlarga sharq tillarining birida 
(tabiiyki, adabiy etkisi va mavqei yuqori bo‘lgan tilda) ot 
qo‘yish rusum bo‘lgan. Masalan, moniychilar tavbanomasining 
turkiy versiyasi “Niğošaklarnïng suyïn yazuqïn öküngü 
Xuastuanift” (ya’ni, “Tinglovchilarning gunohlaridan tavba 
qiluvchi Xuastuanift”) deb atalgan. Turk-budda asarlarida 
o‘zgacha bir xususiyatni kuzatamiz: ayrim asarlarning oti 
aslida qanday bo‘lsa o‘shanday, ba’zilariga esa turkcha ot 
qo‘yilgan. Masalan, “Mahayanasutra” – turkiy tilda “Uluğ 
kölüŋü sutur” yoki “Maytreya samiti nataka”ning turkcha 
versiyasi 
“Maytri 
simit 
nom 
bitig” 
deb 
atalgan. 
“Suvarnaprabhasa sutra” qadimgi turkiy tilga “Altun öŋlüğ 
yaruq yaltrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi” (ya’ni, “Oltin tusli 
yorug‘lik taratuvchi hamma narsadan buyuk bo‘lgan tojdor 
no‘m”) deb o‘girilgan. Yoki, turkcha “Nirvan bitig” (=skr. 
Nirvana sutra) – mahayana mazhabida yaratilgan sutralardan 
birining otidir.
Qadimgi turk-budda, turk-moniy adabiyotlari, matnchiligi 
negizida 
shakllangan 
ushbu 
an’analar 
turkiy 
xalqlar 
adabiyotida uzoq davr saqlanib qolgan. Buning ta’sirini o‘zbek 
mumtoz adabiyotida ham uchratamiz. Masalan, Alisher 
Navoiyning asarlari turkiy tilda ekanligiga qaramay, arabcha 
atalgan: “Me’zānu-l-avzān”; “Muhākamatu-l-luğātayn” va 
shuning singari. 
Yozma manbalarda budda diniy-falsafiy tushunchalarining 
asl turkiy shaklda qo‘llanilgani ham e’tiborga loyiq. Budda 
muhitida turkiy tilning lug‘at tarkibida burundan qo‘llanib 
kelayotgan 
turkiy 
so‘zlar 
yangi 
ma’noda 
ishlatilgan. 
Yozuvchilar atamani diniy qarashlarning mohiyatidan kelib 
chiqib tanlaganlar. Bunga bir misol. Turklarda buddizmning 
maxayana yo‘li amal qilgan. Qadimgi turkiy tilda bu mazhab 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin