204
BESHINCHI BO‘LIM. LEKSIKOLOGIYA VA
ATAMASHUNOSLIK MASALALARI
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
leksikologiya, leksikografiya,
leksema, so‘z, atama, termin; etimologiya; o‘z qatlam, o‘zlashgan
qatlam; buddizm atamalari, moniylik bilan bog‘liq atamalar, islom
tushunchasi bilan bog‘liq atamalar; astronomiyaga tegishli
atamalar; “tomon” tushunchasini bildiruvchi atamalar, “vaqt”
tushunchasini
bildiruvchi
atamalar,
qarindosh-urug‘chilik
atamalari.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Qadimgi turkiy tilda qo‘llanilgan diniy atamalar tizimi.
Buddizm atamalari.
Xitoychadan o‘zlashgan so‘zlar.
Islom bilan bog‘liq atamalar.
Astranomiya bilimiga tegishli atamalar.
Burungi tasavvur-qarashlar bilan bog‘liq kelib chiqqan atamalar.
QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN BUDDIZM
ATAMALARI
Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniyati
tarixida, adabiy aloqalar va tillarning o‘zaro ta’sirida
buddizmning o‘rni katta bo‘lgan. U o‘tmishda
uluslar birligi,
ularning
madaniy
yuksalishi,
diniy-falsafiy
fikrlar
umumiyligini ta’minlab, Sharq sivilizasiyasiga unumli ta’sir
ko‘rsatgan dinlardan biri edi.
Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda buddizmning
yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va adabiy aloqalari, sharq
tillarining o‘zaro ta’sirini ta’minlab berdi. Ushbu ijtimoiy-
tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy xalqlarning qadimgi
hind, tohar, sug‘d, xitoy madaniyatlari
bilan yaqindan
tanishuviga, adabiy aloqalarning rivojlanuviga imkon tug‘dirdi.
Qadimgi
turk
teologiyasi
va
ilmida
buddashunoslik,
sanskritshunoslik,
toharshunoslik,
sug‘dshunoslik,
205
xitoyshunoslik
kabi
yo‘nalishlar
yuzaga
keldi.
Turk
o‘qimishlilari orasidan dovrug‘i ketgan buddashunoslar,
sanskrit, tohar, sug‘d tillarining bilimdonlari, sharqshunos
olimlar yetishib chiqdi.
Buddizm tufayli turk olamiga
qadimgi hind falsafasi va
madaniyati ta’sir eta boshladi. O‘zining eski an’analari va
yangi qarashlar qurshovida turkiy madaniyat yangi bosqichga
ko‘tarildi.
Turkiy
muhitga
buddizmning
tarqalishi,
boshlab,
tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Ko‘plab budda
yodgorliklari qadimgi turkiy tilga tarjima qilina boshladi.
Odatda, ushbu asarlar sanskrit, tohar, sug‘d
va xitoy tillaridan
o‘girilar edi.
Ilk o‘rta asr turk-budda diniy olamida butun fikr buddizm
falsafasi, ta’limoti va qonun-qoidalarini o‘rganishga qaratildi.
O‘z navbatida, bu jarayon hind-qadimgi turk madaniy,
adabiy
va til aloqalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi.
Qadimgi turk-budda muhitida yozuv madaniyati yangi
bosqichga ko‘tarildi. Ko‘k turk xoqonliqlari davrida turklar
ko‘k turk xatidan foydalangan bo‘lsalar, buddizm muhitida
oromiy alifbosi negizida yaratilgan qadimgi turkiy-uyg‘ur xati
hamda buddizm ta’sirida kirib
kelgan brahma yozuvlaridan
foydalandilar.
Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda
kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at
tarkibining yangi
atamalar bilan boyishiga imkon berdi. Sanskrit tilidan diniy va
falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san’ati,
madaniyati, ma’orif, adabiyotshunoslik va fanning ayrim
sohalariga oid atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Qadimgi
turkiy tilda budda ta’limotiga oid butun boshli atamalar tizimi
shakllandi, yozma adabiy tilda buddaviy asarlarga xos bo‘lgan
xos bir uslub – “sutra uslubi” yuzaga keldi. Lug‘at tarkibidagi
so‘zlarning ayrimlari budda tushuncha va tasavvurlarini ham
ifodalay boshladi.
206
Turkiy yozma manbalarda “Hindiston”
Dostları ilə paylaş: