198
zāhir közin yapuq yaratqandur, ammā köŋli közin bağāyat
yaruq qïlğandur… anïŋ tili türk alfāzï bilä mavā'iz-u nasāyihqa
go:yā ermiš, balki aksar Türk ulusïda hikmat-u nuktalarï
šāye'dur va nazm tari:qï bilä aytur ermiš”
(NM.390
–
391).
Ushbu
matnda
köz bolğay-u, körmäs bolğay
jumlasidagi -
u
bog‘lovchi emas, yuklamadir. Qolganlari bog‘lovchi bo‘lib
kelgan.
Husayn Boyqaro qalamiga mansub quyidagi baytga ham
e’tibor bering:
Husn ilä sen kāmil-u, Širin-u Layli šuhratï,
İšq ara men zār olup, Farhād-u Majnun tuhmatï (Maj.139).
Misolda
kāmil-u
dagi -
u
–
yuklama, juft so‘zlar orasidagi -
u
esa bog‘lovchidir.
Yana bir misol. Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatu-l-
lug‘atayn” asarida turkiy tilda nozik ma’nolari bilan ajralib
turuvchi yuzta fe’lni ketma-ket keltirgan. Qo‘lyozmada bu
fe’llar bir-biriga “vav” harflari bilan ulab ketilgan.
Asarni
nashrga
tayyorlagan
mutaxassislar,
odatda,
fe’llarning
o‘rtasidagi “vav”ni doimiy holda
va
sifatida keltiradilar:
quwarmaq va quruqšamaq va üšärmäk va jïyjaymaq … singari.
Aslida ikki so‘z orasidagi “vav”ni -
u
, juftliklar orasidagilarni
esa
va
deb berilgani to‘g‘ridir: quwarmaq-u quruqšamaq va
üšärmäk-u jïyjaymaq … singari. Shunday qilinganda
grammatik jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutilgan bo‘ladi, ritm (ohang)
ham ta’minlanadi.
Ya
bog‘lovchisi inkorni bildiradi.
U takrorlanib ham
ishlatiluvi mumkin:
Yurïmaz ya yatmaz, uδïmaz uδuğ,
Ya meŋzäg ya yaŋzağ kötürmäz boδuğ. –
U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uyg‘oq,
Yo mengzaydigan, yo o‘xshaydigan sifati yo‘qdir (QB.16).
“Yoki”
bog‘lovchisining
o‘rnida
azu
bog‘lovchisi
qo‘llanilgan. Ushbu bog‘lovchi ora-chora takror holda ham
ishlatiladi:
Azu muŋ üčün azu bušï birgäli qïzğanïp yiti türlüg
199
bušï arïğ nomqa tükäti birü umadïmïz ärsär
. – Yoki qayg‘u-
musibatga atab ehson bergani qizg‘anib yetti xil ehson, chin
aqoidga butkul bera olmagan bo‘lsak (Huast.107–108);
Anïŋ
oxšağï yoq azu meŋzägi
. – Uning o‘xshaydigani yoki
mengzaydigani yo‘q (QB.15);
Esiz-mu seŋä yeg azu eδgü-mu /
Söküš-mu qïlur-sen azu ögdi-mu
. – Senga esizlik yaxshimi yoki
ezgulikmi? So‘kilishni istaysanmi yoki maqtovnimi? (QB.240).
Hozirgi forschadan o‘zlashgan “goho” bog‘lovchisining
o‘rnida eskida
ara
bog‘lovchisi qo‘llanilgan.
U takrorlanib
kelishi ham mumkin:
Ara ögdilür til, ara mïŋ söküš
. – Til goho
maqtaladi, gohida ming so‘kish eshitadi (QB.174).
Hozirgi o‘zbek tilida -
ki
bog‘lovchisi ergash gapni bosh
gapga bog‘lashga xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligida -
ki
bog‘lovchisi fors tilidan o‘zlashgan,
sodda gaplari
-ki
bog‘lovchisi bilan birikkan qo‘shma gaplarni forsiy qolipda
yuzaga kelgan, deb qarovchilar ham bor. Ta’kidlash kerakki,
turkiy tillardagi -
ki
bog‘lovchisi tarixan -
kim
ning
qisqargan
shaklidir (-
kim>-ki
). Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida
kim
ikki xil vazifada keladi:
1) Kishilik olmoshidir. Masalan:
Kim taluyqa barayïn
tesär, kiriŋlär, oğlum tiginkä eš boluŋlar. Ne kergäkin barča
bergäy-biz. Kim yerči suwčï, kemäči bar ersär, yemä kelzün.
–
Kim dengizga boraman desa, qoshimga kiringlar, o‘g‘lim
shahzodaga esh bo‘linglar. Nima kerak bo‘lsa, barini
bergaymiz.
Kim
yo‘l
boshlovchi,
dengizchi,
kema
boshqaruvchisi bo‘lsa, u ham kelsin (AT.283).
2) Bog‘lovchi bo‘lib keladi, qo‘shma gaplarda ergash gapni
bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi. Quyidagi misollarga
e’tibor bering:
Luu xanlarïnta Čintamani erdäni bar-kim,
ülüglüg qutluğ kiši ol erdäni bulsar, qamağ tïnlïğlarqa asïğ
tusu qïlur
. – Ajdar xonlarida
Chintamani javohiri bor-kim,
nasib etgan baxti bor kishi o‘sha javohirni topsa, hamma
jonzodlarga foyda keltiradi (AT.283);
Men bu muntuda yigräk
Čintamani erdäni alğalï barayïn-kim, qayu tïnlïğlarqa tüzü
200
tükäti asïğ tusu qïlu usar-men.
– Men bu yerda qolib yaxshiroq
Chintamani
javohirini
olish
uchun
borayin-kim,
qay
jonzodlarga tugal foyda keltira olaman (AT.284).
Hozirgi
forschadan
o‘zlashgan
“agar”,
“garchi”
bog‘lovchilari
o‘rnida
eskida
qalï~xalï,
apaŋ~abaŋ
bog‘lovchilari qo‘llanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da:
Qalï
mundağ ersä yorïq otru ur
. – Garchi shunday ekan, o‘rtacha
yo‘riq tut (QB.172);
Apaŋ iki ažun qulur ersä sen
. – Agar ikki
dunyo farog‘atini tilar bo‘lsang (QB.223).
“Chig‘atoy turkiysi”da
bular bilan bir qatorda
lekin~valek
~vale~lek, čun~ču, čun-kim, hamānan-ki~hamānan-kim, tā,
andaq-ki~andaq-kim, äylä-ki~äylä-kim, hamu-l nav’-ki~hamu-l
nav’-kim, agar~gar, agarči~garči, nečä-ki~nečä-kim, anda-
ki~anda-kim
bog‘lovchilari ham amal qilgan.
Dostları ilə paylaş: