194
Bilga To‘nyuquqman (Ton.1);
Antağ küčlüg-män
. – Shunday
kuchliman (IB.20).
E’tibor
berilsa,
keltirilgan
misollarda
shaxs-son
qo‘shimchalari
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ot
yoki
sifatga
bog‘lanayotgani
yo‘q.
Ular
mantiqan
kesimlikni
ta’minlanayotgan turur fe’liga bog‘lanmoqda. Shuni inobatga
olganda keltirilgan gaplarning tiklangan holati: Qutluğ čigši
(turur)-ben; Bilgä Toñuquq (turur)-ben; Antağ küčlüg (turur)-
män shakllarini oladi.
Boshqa bir misol: Alp čerigdä, bilgä tirigdä (MK.I.369).
Ushbu gapning kesimlari mantiqan tugallikni bildiruvchi
“bilinadi”, “sinaladi” fe’llarini talab etadi. Ana shu fe’l-
kesimning qisqarishi natijasida to‘ldiruvchi kesim vazifasini
o‘tamoqda. Shuning uchun bu gapni “Alp jangda, dono
majlisda sinaladi” deya anglamoq kerak.
Yana bir o‘rnak: Qoldačïqa miŋ yağaq, barča bilä ayruq
tayaq. – Tilanchiga mingta yong‘oq, barchasiga qo‘shimcha
suyanadigan tayoq (ham ber) (MK.I.394). Ushbu gap mantiqan
“bergil” fe’lini talab qiladi. Shuning uchun tiklangan
ko‘rinishini quyidagicha o‘qish mumkin: Qoldačïqa miŋ yağaq
(bergil), barča bilä ayruq tayaq (ma bergil).
Turkiy tillarda (til tarixida ham, hozir ham) kesim, asosan,
fe’l bilan ifodalanadi. Uslubiy talablar, tejamkorlik qonunidan
kelib chiqqan holda boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib
kela olishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham biz kesim
deya sanayotgan so‘zimiz mantiqan fe’lni talab qilaveradi. Til
tarixida kesimlikni
turur
fe’li ta’minlagan bo‘lsa, hozirgi
o‘zbek tilida esa uning vazifasini -
dïr
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: