er
- to‘liqsiz fe’li
Hozirgi o‘zbek tilida
e
- to‘liqsiz fe’l bo‘lib, u
edi, ekän,
emiš, emäs, esä
singari shakllarda amal qiladi. Bulardan
emäs
bo‘lishsiz fe’llar yasaydi,
esä
bog‘lovchidir.
195
To‘liqsiz fe’lning
edi, ekän, emiš
shakllari alohida
qo‘llanilmaydi, lekin fe’llar bilan qo‘llanilganda harakat-
holatning davomiyligini bildiradi. Otlar (ism guruhidagi
so‘zlar) bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi va b.
Hozirgi e- to‘liqsiz fe’li qadimgi turkiy tilda
är-~er-
, uning
zamon,
mayl
shakllari
esa
ärdi~erdi,
ärkän~erkän,
ärmiš~ärmis / ermiš~ermis, ärmäz~ärmäs / ermäz~ermäs,
ärsä~ersä
shakllarida qo‘llanilgan.
Ma’lumki,
är-~er-
avval mustaqil bo‘lib, keyinchalik
to‘liqsiz fe’lga aylangan. U yozma yodgorliklar tilida ikki xil
ko‘rinishda uchraydi:
1) Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lgani singari to‘liqsiz fe’l bo‘lib
keladi:
Türk bodun Tabğačqa körür ärti
. – Turk xalqi
Tabg‘achga qaram edi (Ton.1);
Äki ülügi atlïğ ärti, bir ülügi
yadağ ärti
. – Ikki qismi otlig‘ edi, bir qismi yayov edi (Ton.4).
2) Mustaqil fe’l bo‘lib, “mavjudlik” ma’nosini bildiradi.
Misollarga e’tibor bering:
Näŋ näŋ sabïm ärsär, bäŋgü tašqa
urtum.
–
Har qanday so‘zim bo‘lsa, mangu toshga yozdim
(Ka.11);
Anča qazğanmïs, itmis älimiz, törümiz ärti
.
–
Shunday
qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi (K.12);
Ol
antağ osuğluğ čoğluğ yalïŋlïğ küčlüg küsünlüg elig xannïŋ
uluğï xatunïnta toğmïš körgäli sewiglig, körklüg meŋizlig üč
oğlanï erti
.
–
O‘sha tadbirli-cho‘g‘li, shon-shavkatli elig
xonning katta xotinidan tug‘ilgan ko‘rkli-suyukli, istarasi issiq
uch o‘g‘loni bo‘lar edi (AYar.270);
Et-öz ersär, beksiz
meŋüsüz titir
.
–
Et-o‘z mavjud bo‘lsa, beqaroru, o‘tkinchi turur
(AYar.272).
Yodgorliklarda
er
- fe’li
erdilär erdi, erdi ersä
shakllarida
ham uchraydi. Masalan, “O‘g‘uzxoqon” dostonida:
Ošul
oğulnuŋ öŋlügi čïrağï kök erdi, ağïzï ataš qïzïl erdi, közläri al,
sačlarï, qašlarï qara erdilär erdi
. – O‘sha o‘g‘ilning yuz-
chiroyi ko‘rkli edi, lablari otash misol qizil edi, ko‘zlari xumor,
sochlari, qoshlari qora edi (OD.1.5
–
7).
196
“Qutadg‘u bilig”da:
Uδïr erdiŋ ersä, tur ač emdi köz
. –
Uxlayotgan ersang, tur, endi ko‘zingni och (QB.80).
Hozirgi
kimsä
so‘zi tarixan kishilikni bildiruvchi
kim
hamda “mavjudlik (сущeство)” ma’nosidagi
ersä
so‘zlarining
birikuvidan yasalgan:
kimsä
. Yoki hozirgi
närsä
so‘zi “buyum, narsa” ma’nosidagi
näŋ
hamda
ersä
so‘zlarining
birikuvidan hosil bo‘lgan:
närsä
. Yana qiyoslang:
o‘zbek tili tarixida qo‘llangan
nämärsä(
so‘zi
“narsa, buyum” ma’nosini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |