QADIMGI TURKIY TILGA XITOYCHADAN O‘ZLASHGAN
SO‘ZLAR
Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk o‘rta asrlar
o‘zaro ixtiloflar, urush va bosqinlar bilangina ma’lum emas. Bu
kezlar Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida madaniy,
adabiy
aloqalarning
rivojlanishi,
ijtimoiy,
savdo
munosabatlarining o‘rnatiluviga keng yo‘l ochildi. Ushbu
aloqalar ikki mamlakatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti,
uluslar birdamligini ta’minlab berdi.
Xitoy bilan Markaziy Osiyo ellari, xususan, turk davlatlari
o‘rtasida kechgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, adabiy aloqalarni
o‘rganishda qadimgi turkiy bitiglarning o‘rni kattadir. Ko‘k
turk yozuvli urxun bitiglari, uyg‘ur yozuvidagi qadimgi turk
manbalarida ushbu madaniy jarayon to‘g‘risida keng ma’lumot
berilgan.
Quyida turkiy yozma manbalar asosida ushbu aloqalarning
ikki qirrasiga – turk epigrafik matnchiligida xitoy tiliga e’tibor
masalasi hamda qadimgi turkiy tilning lug‘at tarkibidagi
xitoychadan o‘zlashgan qatlam xususida so‘z yuritmoqchimiz.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda Xitoy eli, yurtini
Tabğač(~Tawğač), Tabğač eli
atalgan, xitoy xoqoni –
tabğač
qağan
, xitoy xalqi esa –
tabğač bodun
, xitoy tilini
tabğač tili
deyilgan.
Birinchi va ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlari, keyinchalik
uning o‘rnida yuzaga kelgan uyg‘ur xoqonlig‘i va davlatlarida
xalqaro mavqega ko‘tarilgan sug‘d, xitoy tillariga e’tibor katta
edi. Ayniqsa, monumental matnlarni bitishda, turkiy til bilan
213
barobar, sug‘d, ora-chora, xitoy tilidan ham foydalanilgan.
Buning yorqin misolini 732 yili sarkarda Kul tigin xotirasiga
tiklangan yodgorlikda kuzatishimiz mumkin. Yodgorlikning
to‘rtala yuzida yozuvi bor: Sharqqa qaragan yuzi, ikki yoni,
toshning qirralariga ko‘k turk harflari bilan turkiy matn
bitilgan; G‘arbga qaragan yuzidagi matn esa xitoycha
(MTA.26–29). Yodgorlikdagi turkiy matnni ko‘k turk
adabiyotining yirik namoyandasi, yozuvchi va tarixnavis
Yo‘llug‘ tigin bitgan. Xitoycha matnning muallifi esa xitoy
generali Changdir. Ushbu matnni u xitoy imperatorining
ko‘rsatmasiga ko‘ra yozgan. Turkiy bitigda uning oti
Čaŋ
säŋün
deya qayd etiladi. Otiga qo‘shilayotgan
säŋün
so‘zi
uning harbiy unvoni bo‘lib, “general” ma’nosini beradi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 735 yili Bilga xoqon xotirasiga
tiklangan yodgorlikda ham xitoy tili e’tibordan chetda qolgani
yo‘q. Ushbu qabrtoshning Sharqqa qaragan yuzi va ikki
yonidagi matn turkiy tilda. G‘arbga qaragan yuzida esa
xitoycha matnning o‘rni bor. Biroq, tosh parchalanib ketgani
uchun xitoycha yozuvi hozir saqlangan emas (MTA.94–95).
Markaziy Osiyo yerlarida, xususan, qadimgi turk
davlatlarida uch tilli yodgorliklar ham yaratilgan. Shulardan
biri 3- Qorabalg‘asun bitigi oti bilan mashhur. To‘quz o‘g‘uz
(uyg‘ur) xoqoni Alp Bilga xotirasiga atab 820–821 yillarda
o‘rnatilgan ushbu yodgorlikning matni uch tilda: turkiy,
sug‘dcha va xitoychada (MTA.222–226). Bu esa turk muhitida
(harqalay, zodagonlar ichida va rasmiy doiralarda) monumental
matnlarni biryo‘la nufuzli tillarning bir nechtasida bitish
an’anasi uyg‘ur xoqonlig‘i davrida ham saqlanganidan belgi
beradi.
Shu o‘rinda ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan til
vaziyati bilan bog‘liq muhim bir hodisani ta’kidlash kerak.
Ma’lumki, tarixiy yodgorliklarning biryo‘la bir necha tilda
yozilishiga ayni ellardagi til vaziyati ham sabab bo‘lgan.
Qadimda O‘rta va Markaziy Osiyoning turli yerlarida, turklar
214
bilan aralash yashagan sug‘d, tohar, qadimgi xorazm muhitida
turk-sug‘d, turk-tohar, turk-qadimgi xorazm ikki tilliligi amal
qilganligi yozma manbalardan ayon. Biroq, turk-xitoy yoki,
keyinchalik, turk-arab
bilingvizmi
amal qilgan, deya
olmaymiz. Bizningcha, turkcha matnlarda xitoychaning aralash
ishlatilishi, ko‘proq, siyosiy vaziyat, davlat siyosati, qolaversa,
Xitoy davlatining ta’siri va xitoy tilining xalqaro maydonda
tutgan o‘rni bilan belgilangan.
Yana bir jihati, butun Markaziy Osiyoni kesib o‘tgan
Buyuk ipak yo‘lida turkiy hamda sug‘d tillari xalqaro til
sifatida amal qilgan. Ammo xitoy tili ushbu savdo yo‘lida,
o‘zaro munosabatlarda xalqaro mavqega erishgan deya
olmaymiz.
Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlari tarixida buddizm
davri ajralib turadi. Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy
Osiyoda buddizmning yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va
adabiy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta’sirini ta’minlab
berdi. Ushbu ijtimoiy-tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy
xalqlarning qadimgi xitoy madaniyati bilan yaqindan
tanishuviga, adabiy aloqalarning yuksaluvi, turkiy dunyoda
xitoyshunoslikning fan sifatida yuzaga kelib, taraqqiy etishiga
imkon tug‘dirdi.
Turkiy
muhitga
buddizmning
tarqalishi,
boshlab,
tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Turkiy xalqlar
buddizm diniga sig‘ingan chog‘larda xitoy tilidan qadimgi
turkiy tilga ko‘plab diniy-falsafiy, tarixiy, badiiy asarlar,
tabobatga tegishli kitoblar tarjima qilingan. Vaziyat taqazosi
bilan turklarning o‘qimishli kishilari ichidan xitoy tilining
bilimdonlari, sharqshunos olimlar yetishib chiqdi. Shulardan
biri X asrda yashab ijod etgan xitoyshunos olim Singqu Seli
(~Shingqu Sheli) tudungdir.
Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda
kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi
atamalar bilan boyishiga yo‘l ochdi. Xitoy tilidan diniy va
215
falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san’ati,
madaniyati, adabiyotshunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim
yo‘nalishlariga tegishli atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi.
Tabiiyki, o‘zlashgan so‘zlar turkiy tilning qolipiga, talaffuz
o‘lchovlariga
solingan.
Masalan,
xitoycha
Kun-
futszi(Konfusiy)ni turklar
Dostları ilə paylaş: |