Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Quŋvutsi
shaklida qo‘llagan. Yoki 
“mehmonlar 
uchun 
tayyorlangan 
joy, 
mehmonxona” 
ma’nosidagi 
xon-lu-si
so‘zi turkiy matnda 
quŋlusï
shaklida 
ishlatilgan. 
Turkiy yozma manbalarda 
baqšï~baxšï
so‘zi uchraydi. 
E’tirof etilishicha, bu so‘z xitoychadan o‘zlashgan bo‘lib, 
uyg‘ur yozuvli budda, moniy yodgorliklarida “ustoz, murabbiy, 
muallim” ma’nolarida qo‘llangan. Ba’zan u kishi otini ham 
bildiradi. Uning 
otačï baqšï
shakli ham bor. Bu so‘z “tabib, 
shifokor” anglamida. Zamonasining xat-savodli, bilimli 
kishilariga nisbatan qo‘llangan bu so‘z keyinchalik turkiy tilda 
va uyg‘ur xatida bituvchi kotiblarning nomida saqlanib qoldi. 
XIV–XV yuzyilliklarda Chig‘atoy elida ushbu atama “uyg‘ur 
xatida bituvchi kotib, xattot”ni bildirgan. Hozirgi o‘zbek tilida 
baxšï
so‘zi “dostonchi, xalq ijrochisi, baxshi”ni bildiradi. 
Ayrim o‘zbek og‘izlarida uning “afsunchi, folbin” ma’nosi 
ham bor. Xitoy tilida hozir ham 
boši
so‘zi qo‘llaniladi. U fan 
doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganlarni anglatadi.
Xitoy 
tilidan 
o‘girilgan 
asarlarda 
xitoycha 
o‘zlashmalarning ham ko‘p uchrashi tabiiy. Tarjimonlar ushbu 
o‘zlashmalarni boshqa turkiy so‘zlarga sinonim sifatida 
qo‘llaganlar. Shuningdek, matn uslubini saqlash, xitoy 
madaniyati, etnografiyasi, qarashlariga tegishli tushunchalarni 
o‘ziday berish istagida ham ushbu atamalarni ishlatganlar. 
Masalan, 
xitoychadan 
o‘zlashgan 
vapši
so‘zi 
“ustoz, 
o‘qituvchi”ni bildiradi (xitoychasi 
faši
). Yoki ayni ma’noda 
tayši
(xitoycha 
daši
) so‘zi ham qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, 
bu so‘zlar moniy matnlarida yoki tohar tilidan o‘girilgan budda 
yodgorliklarida uchramaydi.


216
Xitoychadan tarjima qilingan asarlarda 
titsï
so‘zi 
“o‘quvchi”ni bildiradi (xitoychasi 
ditszï
).
Qadimgi 
turkiy 
tilga 
xitoychadan 
kitobat 
ishi, 
matnshunoslikka oid atamalar ham o‘zlashgan. Masalan, budda 
asarlarining muqaddimasi, kirish qismi 
süü
deyilgan (bu 
xitoycha 
syuy
ning turkchalashgan ko‘rinishidir). 
Xat, farmon bitilgan o‘rama qog‘ozni 
kuin
deganlar (uning 
xitoychasi 
tszan
). 
Xitoychadan 
o‘girilgan 
asarlarda 
linxua
so‘zini-da 
uchratamiz (xitoychasi 
lyanxua
), u “nilufar” degani. Xitoycha 
xua
– “gul” degani, tarjimonlar uni turkiy 
čečäk
so‘ziga 
sinonim sifatida qo‘llaganlar. 
Yoki turkcha matnlarda 
luu
so‘zi uchrab turadi (xitoychasi 
lun
), u “ajdar” degani, bu so‘z ko‘pincha yil otida keladi: 
luu 
yïl
– ajdar yili. 
Bitiglarda uchraydigan “dur, marvarid” anglamidagi 
yinčü~inčü
so‘zi ham xitoychadan o‘zlashgan. Sirdaryoni 
turklar 
Yinčü ögüz
deganlar. 
Ögüz
qadimgi turkiy tilda 
“daryo” degani. 
Xitoycha o‘zlashmalarning muayyan qismini buddizmga 
tegishli atamalar tizimi tashkil qiladi. Qadimgi turkiy tilda 
Burqan~Burxan
so‘zi 
qo‘llanilgan. 

xitoycha 
bvyr
(“Budda”)dan yasalgan bo‘lib, turk-budda muhitida “budda 
ta’limotining asoschisi, Budda; budda dini; but” ma’nolarini 
anglatgan. Bu atama O‘rta va Markaziy Osiyodagi buddizm 
davridan qolgan ayrim joy otlarida hozir ham uchrab turadi. 
Masalan, 
Qozog‘istonning 
Taldiqo‘rg‘on 
viloyatida 
Burxanbulaq
degan joy bor. U yerdagi ulkan sharsharaga 
shunday ot berilgan. Bu nom tarkibidagi 
Burxan
– “Budda”ni 
bildiradi; 
Burxanbulaq
– “Buddaning qutlug‘ suvi, sharsharasi” 
degani. Hozir ham o‘sha sharshara oqib turibdi. 
Buddizmning xinayana mazhabi xitoychadan tarjima 
qilingan asarlarda 
siušiŋ
deyilgan (bu xitoycha 
syaošen
so‘zining turkcha talaffuzga moslashgan shaklidir). Bu 


217
atamaning turkiy varianti ham bor, turklar uni 
kičig kölüŋü
deganlar. Yoki maxayana mazhabi 
tayšiŋ
atalgan (xitoycha 
dayšen
), uning qadimgi turkcha varianti – 
uluğ kölüŋü
. Turkiy 
kölüŋü
so‘zi budda diniy terminologiyasida “yo‘l, mazhab” 
ma’nosini bildiradi. 
Xitoychadan o‘zlashgan 
toyïn
so‘zi “rohib” degan ma’noni 
anglatadi (uning xitoychasi 
daojen
). 
Turklar o‘z xoqonlarining xotinini, malikani 
qatun~xatun
deganlar. Lekin xitoy imperatorining xotini, malikasi 
to‘g‘risida so‘z ketganda 
tay qyu
atamasi qo‘llaniladi (uning 
xitoychasi 
tayxou
). 
Shu o‘rinda muhim bir faktga e’tibor qaratsak. Ma’lumki, 
qadimgi xitoy falsafasida imperatorlar “Osmon o‘g‘li” (
thien-
tsi
), osmon bilan yer o‘rtasida yaralgan zotlar deya qaralgan.
Xitoycha “Osmon o‘g‘li” ma’nosidagi 
thien-tsi
so‘zini ko‘k 
turklar 
tänsi~tinsi
deb qo‘llagan. Ta’kidlash kerakki, turklar bu 
unvon bilan o‘z xoqonlarini emas, xitoy imperatorlarini 
ataganlar.
To‘nyuquq bitigida 
tinsi oğlï
degan so‘z birikmasi 
uchraydi. Bitigda uning bilan bog‘liq qiziq bir misol bor. 
Turixchi To‘nyuquq turk qo‘shinining zafarli yurishlari haqida 
hikoya qilar ekan, “Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘” 
(
Tinsi oğlï yatïğma Bäŋligäk tağ // Tinsi oğlï yatïğma tağ
) ni 
tilga oladi (bitigning 44- hamda 47- qatorlari). Bu o‘rinda 
tinsi
– “Osmon o‘g‘li” (ya’ni, yurt egasi, imperator); 
tinsi oğlï
esa 
“yurt egasining o‘g‘li, shahzoda” dir (Sertkaya 1995,212). 
Bizningcha, tarixchi To‘nyuquq tilga olgan 
tinsi oğlï
ning kelib 
chiqishi turklardan emas. Chunki turklar o‘z shahzodalarini 
qağan oğlï
yoki 
tigin
deganlar.
E’tiborlisi shundaki, tarixchi To‘nyuquq turk qo‘shinlari bu 
yerga Sirdaryo(
Yinčü ögüz
)ni kechib borganlarini qayd etadi. 
Basharti, uning ma’lumotlariga tayanilsa, bitigda tilga olingan 
“Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘” Sug‘d o‘lkasida 
ekanligi ayon bo‘ladi. Darvoqe, bitigda bayon etilayotgan bu 


218
voqea-hodisalar Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida yuz 
bergan. Aftidan, bundan burunroq, xitoy bosqini chog‘ida 
tavg‘ach imperatorining o‘g‘li bu yerlarga kelgan va shu yerda 
halok bo‘lgan. Uning jasadi shu toqqa qo‘yilgan bo‘lishi 
mumkin yoki yerli xalq orasida uning bilan bog‘liq biror 
rivoyat tarqalgan chiqar. Shularga asoslanib, To‘nyuquq ham 
joy nomini shunday atagan. Bunga o‘xshash hodisalar O‘rta va 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida uchrab turadi. Masalan, arab 
istelosi chog‘ida islom olamida dong‘i ketgan ayrim 
kishilarning jasadi bizning tuprog‘imizga qo‘yilgan yoki 
muqaddas qadamjolar avliyolar, ayrim sahobalarning nomi 
bilan bog‘lanadi. Jumladan, yurtimizda hazrat Ali va uning 
o‘g‘illarining nomi bilan bog‘lanuvchi qadamjolar bor. 
Vaholanki, ular bu tuproqqa kelmagan ham. 
Shunday qilib, ilk o‘rta asrlarda madaniy, falsafiy va diniy 
qarashlar, adabiy aloqalar etkisida qadimgi turkiy tilga 
xitoycha so‘zlarning butun bir qatlami o‘zlashgan edi. Xuddi 
shuning singari, o‘sha kezlarda xitoy tiliga ham turkiy tildan 
ko‘plab atamalar o‘tgani ma’lum. Ushbu qatlam leksikografiya 
tarixi, turli oilalarga kiruvchi turkiy va xitoy tillarining o‘zaro 
munosabatlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin