änätkäk deyilgan.
Shuningdek, bu atama
änätkäk, änätkäkčä, änätkäk tili shaklida qo‘llanilib, “sanskrit tili”ni anglatadi. Budda
asarlarida sanskritchaga nisbatan
aryabašča so‘zi ham
qo‘llanilgan. Bu so‘z unga berilgan sifat bo‘lib, “muborak
sanskritcha” anglamidadir.
Buddizm davri yozma adabiy tili to‘g‘risida so‘z borganda,
lug‘at tarkibida yuzaga kelgan atamalar tizimini eslamaslikning
iloji yo‘q. Bu davrlarda sanskrit, tohar, sug‘d, xitoy tillaridan
diniy, falsafiy atamalar, buddizm san’ati, madaniyati, ma’orif,
adabiyot va fanning boshqa sohalariga tegishli atamalar turkiy
tilga o‘zlasha boshladi. Tilshunoslikda, shular bilan barobar,
asl turkcha so‘zlarning ayrimlari budda diniy-falsafiy
tushunchalarini ham ifoda eta boshladi.
Tilshunoslikda chet tillardan so‘z o‘zlashtirish yoki turkiy
tilning ichki imkoniyatlari, lug‘at boyligining imkoniyatlaridan
foydalangan holda yangi atamalar yasash yohud turkiy
so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash usuli ilmiy asosda ishlab
chiqilgan edi. Qadimgi turkiy tilga budda atamalarini
o‘zlashtirish va yangilarini yasash prinsiplari quyidagicha.
Muayyan atama asl tilda qanday bo‘lsa, o‘shanday
ko‘rinishida, tarjima qilinmay o‘zlashtirilgan, matnlarda ham
ana shunday qo‘llanilgan. Masalan,
nirvan ( so‘zi budda ta’limotida eng yuksak, qutsal yer. Buning singari
atamalar budda asarlarida ko‘plab topiladi.
Buddizm qadimgi turklarning hind adabiyoti bilan
yaqindan tanishuviga ham imkon berdi. Adabiy aloqalar
etkisida turk adabiyotida yangi janrlar yuzaga keldi. Tabiiyki
bu yangi janrlarni ifodalash uchun sanskritcha atamalardan
ham foydalanilgan. Jumladan, turk adabiyotida
šlok ( šlok), padak ( singari
yangi she’r turlari shakllandi.
Buddizm davrida qadimgi turk nasrida budda qonunlari,
aqoid, ta’limotlari aks etgan asarlar shuhrat topdi. Bunday
207
asarlar
nom yoki
nom bitig deb yuritilgan (
nom nwm; nom bitig –“aqoid kitobi” ma’nosini bildiradi). Budda
diniy
adabiyotida
sutralar
(yodgorliklardagi
shakli
sudur~sutur ), shastarlar (manbalarda
šastïr~šastar shaklida
qo‘llaniladi) keng yoyildi.
Sudur ( – sutra,
Buddaning nasihatlaridan iborat;
šastar ( –
buddizmning muqaddas kitobi, sutraning tafsiri, traktatdir.
Buni
šastar bitig ham deyilgan.
Turk adabiyotida ulug‘ rohiblarning hayot yo‘lini,
muqaddas yerlarga uyushtirgan ziyoratlarini aks ettiruvchi
memuarlar yaratildi. Yirik epik asar(kavi nom bitig)lar paydo
bo‘ldi.
Kavi ( – “epos, epik asar”degan ma’noni
beradi. Budda afsona-rivoyatlari keng tarqaldi. Bular
purani ( atalgan.
Buddizm dinidagi turklar hindlarning kitob shaklidan ham
foydalanganlar. Fanda uni potxi kitob deb yuritiladi. Potxi
kitobning varaqlari
patar deyilgan. Bu so‘z sanskritcha
pattra dan bo‘lib, ular palma yaproqlari va varaqni shunday ataganlar.
Turkiy tilda u ikkinchi ma’nosida qo‘llangan.
Har qaysi varaqning bosh qismiga asar bo‘limi va ushbu
bo‘limning tartib ko‘rsatkichi yozib chiqilgan. Masalan:
Yükünč altï patar (Yukunch bo‘limi, oltinchi varaq),
Yükünč yeti patar (Yukunch bo‘limi, yettinchi varaq),