240
kechiruvchi chorvachilar hayoti bilan bog‘liq holda yuzaga
kelgan.
Qadimgi turk taqvimiga ko‘ra yil
yaz
(ya’ni ko‘klam) bilan
boshlanib, mavsum
qïš
bilan tugaydi.
Shunisi borki, turklar tasavvurida yilning to‘rtala
fasli bir-
biriga teng emas. Fasl
–
tabiatning bir yildagi mavsumiy
o‘zgarishidir. Havoning o‘zgarishiga qarab, fasllar surilib ham
turadi.
Bundan tashqari, Yer yuzining turli nuqtasida fasllar
almashinuvi har xil. Masalan, Oltoy o‘lkalarida yozga
qaraganda qish uzoq davom etadi. Boshqa turk o‘lkalarida esa
buning aksi. Fasllarning mavsumiy
hodisa ekanligi xalq
tafakkurida yaxshi aks etgan. Kuzda kunlar erta sovib, qor
tushsa, “bu yil qish erta keldi”, deb qo‘yamiz. Yoki ko‘klamda
sovuqning zahri ko‘tarilavermasa, “qish cho‘zilib ketdi”
deymiz. Demak, qish ham o‘sha yili shunchalik uzoq davom
etgan bo‘ladi.
Chamasi, kishilikning ilk tasavvurlarida boshlab “qish”
bilan “yoz” tushunchasi shakllangan.
Biridan ikkinchisiga
o‘tuvchi – oraliq fasllar tushunchasi keyin qo‘shilgan bo‘lishi
kerak. Shuning singari, ilk tasavvurlarda “kun” bilan “tun”
tushunchasi shakllangan. Ularni bog‘lab turuvchi,
biridan
ikkinchisiga o‘tuvchi vaqt birliklari haqidagi tasavvurlar esa
keyinchalik yuzaga kelgan ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: