246
chiqishi bir bo‘lgan jamoa” ma’nosida qo‘llamoqda. Bu so‘z
“kelib
chiqishi bir; bir urug‘dan chiqqan jamoa” ma’nosini
beradi. So‘zning ushbu ma’nosi ham yuqorida biz qayd etgan
ma’nosidan urchigan. O‘zbek tilida burungi
boy
so‘zining
o‘rnida
uruğ
so‘zini ishlatamiz.
Uruğ
so‘zining ham ma’no
taraqqiyoti
boy
so‘zi singari kechgan: boshlab “erlik va xotinlik
suvi”
ni bildirgan, keyin “shundan tarqagan urug‘larni” (ya’ni
tug‘ishgan, qarindoshlarni), oxirida “bir urug‘dan taragan
jamoani” anglata boshlagan.
Endi yaqinlik, qarindosh-urug‘likning bosqichlarini ko‘rib
chiqamiz.
Yaqinlikning bosh chizig‘ida ota-ona turadi. O‘zbekchada
ada
(yoki
ata
) va
ana
bo‘ladi.
Onani
ayï
yoki ora-chora
aya
deyuvchilar ham bor. Keyingi shakllari
ana
so‘zidagi [n]
tovushining [y] ga o‘zgarishidan kelib chiqqan.
Yaqinlik
tug‘ishgandan
boshlanadi. Tug‘ishgani uy
ichidagilarni (oilani) qamraydi. Bular, o‘g‘illarga nisbatan:
ulug‘i –
ağa
yoki
äkä
, kichigi –
ini
yoki
ükä
; qizlarga nisbatan:
ulug‘i –
egäči
yoki
apa
, kichigi –
siŋil
.
O‘zbek tilida ushbu atamalarning
ayrimlari juft holda
qo‘llanilib, yangi ma’no bildirishga ham xizmat qiladi.
Masalan,
Dostları ilə paylaş: