243
o‘zida bir kunning to‘liq yigirma to‘rt soati, Yerning o‘z o‘qi
tevaragida to‘liq aylanib chiqish vaqti tushuniladi.
Kecha-
kunduz boshlab ikkiga bo‘linadi:
kün – tün
.
Kün
ning ikki xil ma’nosi bor: “Kun, Quyosh” hamda
“kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagi”. Uning ikkinchi ma’nosi
asli “Quyosh” ma’nosidan urchigan. Kecha-kunduzning
kunduzgi bo‘lagini
kün
deyishimizning boisi, Kunning
yorug‘liq sochib turishi, kunning yorishishiga nisbatan olingan.
Demak, qadimgi turk astronomik o‘lchoviga ko‘ra kun
hozirgiday yarim tundan (soat 24 dan o‘tib) boshlanmaydi.
Yangi kun quyoshning ko‘tarilishidan,
kunning yorishishidan
boshlanadi.
Kunni qadimgi turkiy tilda
kündüz / küntüz
ham deyiladi.
Bu ham
kün
(kun, yorig‘liq) so‘zidan yasalgan. Solishtiring:
yulduz
– “yorig‘liq sochuvchi” degani.
Tün
so‘zining sinonimi
kečä
bo‘ladi.
Ma’lumki,
kecha
bilan
kunduz
bir-biriga
teng
kelavermaydi. Qishda tun uzun bo‘lsa, ko‘klamdan boshlab
kunlar uzaya boradi. Shunga qarab vaqt ham surilib turadi.
Masalan, yozda tong ertaroq otsa,
kun kechroq qorayadi yo
aksincha.
Kun bilan tun ko‘klamda, mart oyining 21 kuniga,
navruzning birinchi kuni, kuzda esa sentyabr oyining 21 kuni
tenglashadi. Kunning eng uzuni iyun oyining 21 kuni, tunning
eng uzun vaqti dekabr oyining 21 kuniga to‘g‘ri keladi.
Kun kecha va kunduzning uzun yo qisqaligi bilan emas,
Yerning o‘z o‘qi tevaragida to‘liq aylanib chiqishi bilan
o‘lchanadi. Kecha-kunduz aylanasida, tik yo‘nalishda oladigan
bo‘lsak, faqat tush bilan qoq tun o‘zaro qarama-qarshi nuqtada
turadi, ular o‘zgarmas. Kecha-kunduzning qolgan bo‘laklari
(kun va tun, tong va oqshom) bir-biriga
qarama-qarshi vaqt
nuqtasida turishi oz kutiladi. Chunki ular surilib turadi. Shu
hodisa
qadimgi
turklarning
ko‘zqarashida,
falsafiy
tushunchasida yaxshi aks etgan.
244
Kün / kündüz
bilan
tün / kečä
ning ikkalasining ham teng
yarmidan ikkiga ajratuvchi vaqt birliklari bor:
tüš
– kunning
qoq o‘rtasi, choshgoh;
qaq tün
– tunning o‘rtasi.
Qolgan vaqt
birliklari ana shu aylanada harakat qiladi:
taŋ
– tunning oxiri,
kunning boshlanishi,
aqšam
– kunning oxiri, tunning
boshlanishi.
Kunning
vaqt birligi sifatida
ertä, keč
so‘zlari ham
qo‘llaniladi. Bular aslida, kunduzning vaqtini emas, zamonni
bildirgan. Kunning vaqti sifatidagi ma’nosi
ana shuning
asosida yuzaga kelgan.
Ertä
so‘zining ilk lug‘aviy ma’nosi
“bo‘lib o‘tgan, burungi” degani,
ertäk
so‘zi ham shundan. Yoki
ertäki
deydi, bu “o‘tgan zamonga oid, burungi, ilk” degani.
Ertä
so‘zi kunning vaqt birligi sifatida “tong”ni bildiradi.
Muhimi shundaki, so‘zning har ikkala ma’nosi tilimizda
yonma-yon
qo‘llaniladi:
ertä
taŋ
deganda
“tongning
boshlanishi” yoki
ertä keldi
deganda “vaqtning
boshlanish
paytida, hatto undan ham ilgariroq keldi” deb tushuniladi.
Hozirgi o‘zbek tilidagi
ertäläb
so‘zi ham shundan yasalgan
(
): “erta bilan” degan ma’noni bildiradi.
Keč
so‘zining ham ilk ma’nosi “kechgan, bo‘lib o‘tgan”
degani.
Kečki söz
deydi, bu “burungi so‘z, qadimgi masal,
hikmat” degani. Bu so‘z kunning vaqt birligi sifatida “kechib
o‘tilgan, tugagan” ma’nosini bildiradi. Hozirgi o‘zbek tilida u
“kunning kechki pallasi”, “zamonning oxiri” ma’nosida ham
yonma-yon qo‘llanilaveradi:
keč keldi
deganda “muddati
tugash chog‘ida, hatto muddatidan keyin keldi” deb
tushuniladi.
Kečqurun
so‘zi ham shundan yasalgan:
keč-qur-un
.
Qur
so‘zida “qorong‘i” ma’nosi bor, -
un
– tarixan vosita kelishigi.
Hozirgi turk tilida kecha-kunduz bilan bog‘liq vaqtlar
shunday ataladi:
imsaq
–
sahar, bomdod vaqti,
güneš
–
kun
chiqishi,
öğle
– tush payti,
ikindi
– kunning ikkinchi yarmi,
tush bilan kechki payt oralig‘idagi vaqt, nomozga nisbatan
kunning ikkinchi yarmida o‘qiladigan asr nomozi vaqti,
aqšam