T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
http://tadqiqotlar.uz/
17-son_2-to’plam_Iyul-2023
113
EKOLOGIK TOZA SUVNING IFLOSLANISH SABABLARINI
NAZARIY VA AMALIY TAXLILI
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va
agrotexnologiyalar instituti talabasi
Abdurahmonova Lazokat Abdivohid qizi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va
agrotexnologiyalar instituti talabasi
Isomiddinova Hulkar Umid qizi
Anatatsiya:
Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi. Lekin
inson muqaddas manbaga o`zining shafqatlarsizlarcha munosabatini o`tkazib,
tabiatning asosiy manbasini rad etmoqda,
bu esa gidrosferaning ulkan
ifloslanishiga olib keldi. Natijada butun yer yuzida suv yetishmovchilik muammosi
paydo bo`lmoqda.
Kalit so’zlar:
yer osti suvlari , muammolar, toza suv ,
Bugungi kunda aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan
oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulg’anish,
ifloslanish va kamayib
ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf
etish, suv ob’ektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suvga doir munosabatlar
sohasida
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo’jaliklari
hamda
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish dolzarb
muammolardandir. Mazkur muammolarni hal etish borasida bir qator tadbirlar
olib borilmoqda.
Jumladan 2021 yil 21 oktyabr kuni mamlakatimizda o’tkazilgan
Oliy Majlis
Senatining yigirmanchi yalpi majlisi va majlisda «Suv va suvdan foydalanish
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish haqida»gi Qonunning muhokama qilinishi ham fikrimizga isbotdir.
Yerning katta yuzasi suv bilan qoplangan bo'lib, u umuman olganda Jahon
okeanini tashkil qiladi. Ko'llarda toza suv manbalari mavjud. Daryolar ko'plab
shahar va mamlakatlarning hayot arteriyalaridir. Dengizlar ko'plab
odamlarni
oziqlantiradi. Bularning barchasi shuni ko'rsata diki, sayyorada suvsiz hayot
bo'lmaydi. Suv tabiatda qattiq. suyuq va gaz kabi uch xil ko‘rinishda bo`lib, yer yuzida
ekologik toza suv atigi 3 % ni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida bo‘ladi.
Demak, yer yuzining taxminan 70 % qismi suv bilan
qoplanishiga qaramay, atigi bu
suvning 1 %gina ichish uchun yaroqli. Zero, tabiatda suvning 1330 turi mavjud bo`lib,
insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta
yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr ko‘ra olmaydi.