2 – Mavzu: Milod boshlarida Turk xoqonligi davrigacha Buyuk ipak yo’li tarixi. So’g’d koloniyachiligi. O’rta Osiyoda arablar hukumronlik davri va IX-XII asrlarda Buyuk ipak yo’lida savdo-iqtisodiy munosabatlar tarixi. Reja
2 – Mavzu: Milod boshlarida Turk xoqonligi davrigacha Buyuk ipak yo’li tarixi. So’g’d koloniyachiligi.O’rta Osiyoda arablar hukumronlik davri va IX-XII asrlarda Buyuk ipak yo’lida savdo-iqtisodiy munosabatlar tarixi. Reja: Buyuk ipak yo’li savdosida yunonlar va rimliklar.
4.Elinistik madaniyatning ipak yo’li bo’ylab tarqalishi
Buyuk ipak yo'lining rivojlanishi jarayonida iqtisodiy va madaniy hayot yuksaldi. Bu savdo yo'llari uzra yangidan-yangi shaharlar qad ko'lardi. Savdo-sotiqning u/luksizligini ta'minlash uchun qit'alararo yo'llar bo'yida qo'noq, xonaqo, dashtlarda esa sardobalar qurildi. Shaharlarda o'nlab mehmonxona. karvonsaroylar qurildi. Biroq bu qadimiy binolar bizning davrimizga kelib arxeologiya yodgorliklariga aylanib qoldi.
Qadimgi va o'rta asr yozma manbalarida Farg'ona vodiysining Axsikat, Koson, Qubo kabi shaharlari qatorida Pop ham tilga olinadi. U 1987-89-yillarda akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi arxeolog olimlar tomonidan o'rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida sopol. ipak va yog'och buyumlari bilan birga bu yerdan noma'lum hoqon tomonidan zarb etilgan xitoy tangalari ham topildi. Bulardan bittasi ilk o'rta asrlarga oid. ikkinchisi esa somoniv va qoraxoniylar davriga oid. Pop tangalari qoraxoniylar sulolasi davriga oid bo'lib, bu shahardan Janubiy Farg'onani Axsikat bilan bog'lagan yo'l o'tgan. Bu Buyuk ipak yo'lidir. Buyuk ipak yo'li davrida Pop Turk hoqonligi, Somoniy va Qoraxoniylar sulolasi ham Shayboniylar davrida ham o'z mavqeyini saqlab qolgan. Balandtepa va Munchoqtepadan topilgan 600 dan ortiq tangalar turli tarixiy davrga oidligi buni isbotlaydi.
Choch viloyatidagi ko'pgina shaharlar o'sha paytlarda ko'nchilik va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish marka/iga aylanishgan. Samarqand qog'oz va ipak to'qimachilik buyumlari ishlab chiqarish markazi bo'lgan. Samarqandda qog'oz ishlab chiqarish keng rivojlangan va keyinchalik G'arb mamlakatlariga ipak yo'li orqali keng tarqala boshlagan.
XIV asrda Samarqand har xil mol-matolarga boy bo'lib, Tataristondan charm. Xitoydan surp. ipak matolar keltirilgan. Samarqandda ishlab chiqarilgan Xitoy mollari bu shaharda boshqa mollarga qaraganda ko'p bo'lgan, arzonligi bilan ajralib turgan.
Bobur: «Samarqand shahri ajib, orasta shahardur, bu shaharda bir xususiyat borki, o'zga ham shaharda andog' bo'lg'ay. Har hirfagarining bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedun, - deb bejizga yozmagandi. Yoki manbalardan birida: «Samarqanddin 2 tarsah (14-15 km) narida Vodar degan qishloq bor. Ibn Havqaining yozishicha eng oliy navli vodariy matosi shu qishloqda to'qilib, sarg'ish tusli, juda chiroyli. shuningdek pishiq to'qilgan bu mato boy tabaqalar o'rtasida juda mashhur bo' lib ketgan va yuqori baholangan.
Buxoro Buyuk ipak yo'li orqali savdo-sotiq rivojlangan yillarda jahon savdogarlarining karvonsaroyiga aylangan edi. Buxorodan 922 yilda Volgabo'yidagi Hazoron, Bulg'or davlatlariga qarab 3000 tuya yuk, 5000 kishi bilan yo'lga chiqqan halifa Muqtadirning clchisi va savdogari Ibn Fadlon boshchiligidagi karvoni o'z manziliga sog -onion yetib borgan. Ibn Fadlonning yo'l xotiralari bilan bog'liq faoliyati yuzasidan Zakiy Validly To'g'on (1890-1970 yillar) Turkiyada ilmiy tadqiqol olib borgan. Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz. Mubashirxon At-Taroziy bu sayohatnomani arab tilidan ona tilimizga ogirgan. Buxoro reeksport qilish huquqiga ega bo'lgan savdo markazi edi. ya'ni bu shahar xorijiy Sharq va G'arbdan kelgan tovarlarni egasi sifatida qayta sotish huquqiga ega bo'lgan shahar bo'lib tanilgandi. Xullas. Buyuk ipak yo'lida O'rta Osiyo shaharlarining roli buyuk bo'lgan.
Tayanch atamalar:Axsikat, Koson, Kubo, Pop, Choch, Samarqand, Buxoro, Hazoron, Bulg'or. Somoniylar, Qoraxoniylar, Samarqand qog'ozi, Vodariy matosi, zandonacha, Ibn Fadlan, charm, surp, ipak.
Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elatlar o`rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o`lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o`sdi, aholi farovonligi ko`tarila bordi.
Movarounnahr shaharlarining jug`rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo`lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o`lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo`liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko`rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo`lsa, XI asr o`rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to`xtovsiz kengayib borgan, ko`plab irrigasiya inshootlari, sug`orish kanallari, suv ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o`sadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-tijoratchilar, me`moru-hunarmandlar oqib kela boshlagan.
Somoniylar, G`aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub ma`rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag`bat berishlari orqasida ko`plab, iste`dod sohiblarining salohiyati, ijodi o`sib, yuksalib borgan. O`sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko`rsatgan kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo`lyozmalar to`planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo`lmoqdalar.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko`plab tarmoqlari va yo`nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug`rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning ta`mal toshi shu davrda qo`yildi.
Olloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg`iloniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma`naviy meroslari to`la ma`noda dunyoviy ahamiyatga molikdir.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o`rin tutadi. Olim o`zining «Hisob al-Jabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo`lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o`nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo`ldi. Allomaning «al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko`plab georafik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro`pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanish yo`llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalklarining VIII-IX asrlarga oid tarixini to`laqonli yoritishda muhim qo`llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi Bag`doddagi Ma`mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste`dodining eng barq urgan payti bo`ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo`ldi.
O`rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg`oniy (797-865) nomi alohida ko`zga tashlanib turadi. Olimning to`liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg`oniy bo`lib aslida Farg`onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo`lida zahmat chekib ko`p yurtlarni kezgan. Umrining ko`p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlari o`tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo`liga bag`ishlangan. Ahmad al-Farg`oniy yetuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko`plab fundamental asarlarning muallifi Bag`doddagi Baytul Hikma (akademiya) ning nomdor namoyondalaridan biridir.
U xalifalik poytaxti Bag`dodda yoki Suriya, Misrda bo`lmasin o`sha joydagi ilm ahli bilan bahamjihat bo`lib o`sha davr fanining turli yetilgan dolzarb muamolarini hal etishda faol ishtirok etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasini tuzishdagi Suriya shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini o`lchashdagi yohud Misrning qon tomiri-Nil daryosi suvi sathini o`lchashdagi ulkan xizmatlari benazirdir. Al-Farg`oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo`lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «al-Farg`oniy jadvallari», «Oyning Yer ostida va ustida bo`lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy», «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-Farg`oniyning fandagi ulkan shuhrati, Sharqu G`arbda ham birdek ulug`lanib kelinadi. U g`arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
Mustaqil O`zbekiston zaminida bu alloma nomini e`zozlab, 1998 yilda bu zoti sharif tavalludining 1200 yilligini shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy haqiqatning tiklanganligi bo`ldi. «Ahmad al-Farg`oniy,-deb ta`kidlagandi I.A.Karimov alloma yubileyi tantanalarida so`zlagan nutqida,-kishilik tarixidagi ilk uyg`onish davrining eng zabardast va yorqin namoyondalaridan biri o`z zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho`qqilariga ko`tarilishiga sababchi bo`ldi butun ma`rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo`lib xizmat qildi».
Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo`shgan uyg`onish fani davri daholari orasida buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Farobiy (873-950) siymosi yorug` yulduzdek fan osmonida charaqlab turadi. O`zining qomusiy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi betimsol xizmatlari bilan «Muallim us-soniy» («Ikkinchi Muallim» Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.
Ilmu urfonga oshuftalik, insoniyat baxtu saodati yo`liga o`zini baxshida etishlik Forobiy o`z tug`ilgan ona yurti-Farob (O`tror)ni o`smirlik chog`idanoq tark etib, o`sha davrning eng mashhur ilm maskanlari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga borib bir umr ilm-fan bilan mashg`ul bo`lishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ziyod asarlar yaratgan. O`rta asrlar davri sharoitida vatanimiz sharafini o`zining beqiyos dunyoviy asarlarida ulug`lagan, astronomiya, fizika, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yo`nalishida mislsiz kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan yana biri Abu Rayxon Beruniy (973-1048)dir. Asli Xorazm yurtida bo`lgan allomaning butun hayoti to`laligicha ilm-fanga bag`ishlangan. Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar ichida bizning davrimizgacha saqlanib o`z bebaho ahamiyatini yo`qotmay, bugungi avlod kishilari uchun o`rganish manbai bo`lib, kelayotganlari ham talaygina. Bular jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Hindiston», «Ma`sud qonuni», «Mineralogiya», «Saydona», «Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni davolovchi quyosh kitobi», «Foydali savollar va to`g`ri javoblar», «Ibn Sino bilan yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari asrlardan buyon Sharqu G`arbda keng tarqalgan bo`lib ular yuksak qadr topgan. «Hindiston» asari to`g`risida so`z yuritgan olim V.R.Rozin «Sharq va G`arbning qadimgi va o`rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo`q» deb baho beradi. Beruniyning «Mineralogiya» asari ham o`z zamonasi uchun O`rta Osiyo Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasidagi tengi yo`q asar sifatida e`tirof topgan. Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e`tiborida, e`zozidadir.
Abu Rayxon Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ham o`z davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning Afshona qishlog`ida tug`ilib voyaga yetgan ibn Sino 18 yoshlik chog`idanoq el orasida yetuk tabib, olim sifatida tan olingan, uning dovrug`i Somoniylar saroyida ham ma`lum va mashhur bo`lgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga umr guzaronlik qilishga maxkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni o`rganishdan, ularni chuqur tadqiq etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga guvohdir. Biroq bulardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli «Tib qonunlari» asari tibbiyotga oid benazir dasturul amaldir. Besh mustaqil kitobdan iborat bu majmuani ko`zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasida maxoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan «Tip qonunlari» ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir.
Olimning tibbiyotga doir 22 jildan tashkil topgan «Kitob ush-shifo» («shfo kitobi») asari ham mavjud. Abu Ali Ibn Sino faoliyatining ko`p qirraligi yana shundaki u ilm fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning "Donishnoma ", «Insof kitobi», «Najot kitobi», «Tayr qissasi», «Salomon va ipsol», «Xayy ibn yaqzon» kabi falsafiy asarlari, 10 jildli «Arab tili kitobi» buning yorqin ifodasidir.
Tarix ilmida benazir bo`lgan Muhammad Narshahiy (899-959) o`zining «Buxoro tarixi» («Tarixi Narshahiy») asari orqali o`z davrining katta, ko`lamli masalalarini o`rtaga ko`yib, ularni xaqqoniy tarzda yoritib berdi. Kitobda arablarning O`rta Osiyoni zabt etib kirib kelishi mashhur Muqanna qo`zg`oloni, shuningdek Somoniylar davridagi davlat boshqaruvi tizimi pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ko`plab qiziqarli ma`lumotlar aks etgan. Buxoro vohasida sug`orish tarmoqlari to`g`risida, shaharsozlik, obodonchilik ishlari haqida noyob materiallar berilganligi «Buxoro tarixi»ning qimmatli manba ekanligidan dalolat beradi.
O`z zamonasi olimlari orasida peshqadam sanalgan tilshunoslik, qonunshunoslik, hadisshunoslik, mantiq kabi kabi sohalarda nodir asarlar yaratgan. Kaffol ash-Shoshiy (903-976) ijodi ham ko`p qirralidir. Allomaning «Odob al-qozi» («Qozining fe`l-atvori»), «Odob al-bahs», («Bahs odobi»), «Xusni jadal», («Dialektika go`zalligi») kabi asarlari unga katta shuhrat keltirgan. U she`riyat sohasida ham o`z uslubi va yo`liga ega yetuk ijodkor bo`lgan.
Ko`hna Xorazm diyoridan chiqib, o`zining betakror ilmiy ijodiyoti bilan O`rta Osiyo Uyg`onish jarayoniga jiddiy ta`sir ko`rsata olgan nuqtadon olim Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlardan biridir. Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lug`atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug`rofiya, tavsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob asarlar muallifidir. Uning «Al Mufassal», «Muqaddimat ul-adab», «Asos al-balog`a», («Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va`zlar bayonida oltin shodalar», «Ezguliklar bahori va yaxshilar bayoni», «Aruzda o`lchov (mezon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar», «Nozik iboralar», «Qur`on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so`zlar ko`zlarini osish» kabi asarlari butun Sharq va Arab dunyosida e`tirof topgan.
Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag`miniy, Burxoniddin al-Marg`inoniy kabi allomalarimiz yaratgan ilmiy-ma`naviy meros ham vatanimiz shuhratini olamga taratdi.
Shunday qilib, O`rta Osiyo hududida yuz bergan uyg`onish davrida ko`plab favqulodda iste`dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon fanining turli yo`nalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mo`jizalar yaratdilar. Bu bilan ular Vatanimiz shonu-sharafini yuksaklarga ko`tardilar. Hamda kelgusi minnatdor avlodlar uchun bitmas tuganmas boy meros qoldirdilar. Shu boisdan ham ulug` ajdodlarimizning ruhi munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu-jonimizda, mehrimizda namoyon bo`lib turadi.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan birga islomiy madaniyat va ma`naviyatining shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu sohada talay yetuk olimu ulomolarining yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha`nini olam aro ulug`langanligi bilan ham tavsiflanadi.
Gap shundaki arablar istilosi va hukmronligi O`rta Osiyo xalklari uchun avvalda qanchalik haloqatli oqibatlar, mislsiz vayronagarchiliklar olib kelgan bo`lsa-da, biroq shu bilan birga bu yurtga islom dini ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom diniga kirishi, odamzod ahli uchun yakka-yu yagona Ollohni tanishi, unga, uning rasuli (elchisi ) janobu Muhammad Alayxu Vassalomga e`tiqod bog`lashi, itoat etishi, muqaddas kitob-«Quroni Karim»ni qabul qilishi, uning ilohiy so`zlari, oyatlariga, tamoyillariga amal qilishi, bular pirovardida islom madaniyatining diyorimizda shakllanishiga asos bo`ldi. O`sha davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning ta`limoti tufayli O`rta Osiyo xalqlari o`zlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng musulmon dunyosi bilan tutashdilar. O`lka aholisi arab fani, madaniyati, ma`naviyati bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo`lish imkoniyatlariga ega bo`ldi. Bu hol, shubhasiz, o`lkaning jahonga yuz tutishiga imkoniyat yaratdi. Buning orqasida mahalliy xalq orasidan juda ko`p ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam mamalakatlariga borib diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi, zamonaning har tomonlama yetuk, bilimdon, ma`rifatli olimu-ulamolari bo`lib yetishishlariga keng yo`llar ochildi. Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois ham ulug` ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Ahmad Al Farg`oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamahshariy singari allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o`rganganlar, yetuk komil insonlar bo`lib sharaf topganlar.
Shu bilan birgalikda o`lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog`liq xolda yakka xudolik g`oyasining g`alaba qozonishi, yagona Olloh nomini e`tirof etilishi o`z navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va jipsligiga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek yuksak insonparvarlik, do`stlik, birodarlik, o`zaro mehr oqibatlik, muruvvatlik, ma`naviy poklik, rostgo`ylik, bir-birini qo`llab-quvvatlash tuyg`ulari bilan sug`orilgan «Quroni Karim» oyatlari, g`oyalari ruhi yurt odamlarining ma`naviy kamolotiga katta ijobiy ta`sir o`tkazdi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi barobarida uning ulug`vor g`oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ`ib qilish, ayniqsa, hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan bir qator buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo`ldi. Hazrati payg`ambarimiz Muhammad Alayxu Vassalom nomi va u zoti sharifning muborak so`zlari bilan bog`liq «Quroni Karim» oyatlari mazmuni moxiyatini teran tushinish va anglab yetishga muhim kalit bo`lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX-asrda jiddiy rivoj topdi. Bugun musulmon olamida eng ishonchli manbalar tan olingan 6 ta ishonchli hadislar to`plami (as-saxih as-sitta) xuddi shu davrda yaratildi. Ular orasida «Hadis ilmida amir al-mo`miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo`lgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko`zga tashlanib turadi. Yuksak aql zakovat sohibi Al Buxoriy Sharqning yirik ilmiy va ma`rifiy markazlaridan biri-Buxoroi sharifda tug`ilib juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 16 yoshlik davridan boshlab u musulmon dunyosining ko`plab shaharlarini kezib, hadis ilmining siri asrorlarini bilish, ularni to`plash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa`y harakatlarda bo`ladi. Bu xaqda uning o`zi: «Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basriyaga to`rt marta borganman. Xijozda 6 yil yashaganman, Bag`dod va Kufa shaharlariga necha bor borganim hisobini bilmayman», degan ekan.
Imom Buxoriy o`z safarlari davomida turli shaharlardagi 90 yaqin ustozlardan ta`lim olgan. Ayni chog`da uning o`zi ham son-sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. Imom Buxoriy shogirdlari orasida Isxoq ibn-Muhammad ar-Ramodiy, Muhammad al-Masnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marg`oziy, Imom Ahmad ibn Xambal singari zukko olimlar nomi alohida ajralib turadi.
Imom Buxoriy go`zal insoniylik sifatlariga ega bo`lishi bilan birga uning Quvai hofizasi, xotirasi nihoyatda o`tkir bo`lgan. Manbalarda uning 600 mingga yaqin hadisni yod bilganligi qayd etilgan.
Al Buxoriy keyingi nasllar uchun o`zidan katta, boy ilmiy meros qoldirgan. Uning qalamiga mansub noyob asarlar ruyxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-Jome` as-Sahix" asari («Sahix Al Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi). O`zining mukammalligi, ahamiyatining benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn Salohning ta`kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni birinchi bo`lib al-Buxoriy boshlab bergan bo`lsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar to`plamini yaratganlar.
Allomaning «Al-jome` as-sahih» asari asrlar davomida butun musulmon dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun dasturilamal qo`llanma bo`lib kelmoqda. Uning 1325 yilda ko`chirilgan 8 jildddan iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarida ifodalangan mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq ko`ngillik, kattalarga hurmat, yetim yesirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, halollik, pokizalikka da`vat etuvchi yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuyg`ular, hamisha insonlarga ma`naviy kuch-qudrat bag`ishlab kelgan.
Mustaqillik yillarida ulug` bobomizning boy ilmiy merosi xalqimizga yangidan to`la nasb eta boshladi. Uning asarlari shu jumladan, «Al-jome` as sahih» asari (4 jildda) ona tilimizda ilk bor nashr etildi. 1998 yil oktabrida esa alloma tavalludining 1225 yilligi keng nishonlandi. Al-Buxoriy hoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog`ida esa unga bag`ishlab yodgorlik majmua barpo etildi. Imom Buxoriy yubileyi marosimidagi nutqida Prezidentimiz I.A.Karimov alloma siymosini ta`riflab shunday degandi: «Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma`naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji-eng ishonchli hadislar to`plami-«Al-Jome` as-sahix» islom dinida Quroni Karimdan keyin e`zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e`tiqodiga ko`ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug`idir.
Mana, o`n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, xaq va ezgulik yo`liga chorlab kelmoqda». Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, o`z davrining mashhur allomasi-Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga ko`targan yorqin siymolardandir. O`rta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz shahri atrofida (Bug` qishlog`ida-Hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bo`lg`usi alloma o`z ona yurtida daslabki ma`lumotni olganidan so`ng O`rta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan ham yetarli qanoat hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning turli sohalaridan-ilm al-Qiroat, ilm al-Bayon, Fikh, tarix va ayniqsa, hadis ilmidan o`sha zamonning yirik ustozi buzruklaridan ta`lim oladi. Ayni aytda at-Termiziyning o`zi ham yuzlab shogirdlarga mehribon ustoz bo`lib, ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida shuhrat topishlariga katta homiylik ko`rsatgan.
At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning asosiy asarlari sirasiga «Al-Jomi`» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-xadiys»(«Hadislardagi og`ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»), «At-tarix» («Tarix») qabilarni nisbat berish mumkin.
At-Termiziyning sara asarlaridan «Al-jami`» asari hadis ilmi bobida 6 ta ishonchli to`plamlardan biri sifatida nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana bir mashhur asari «Ash-shamoil an-nabaviya» («Payg`ambarning alohida fazilatlari») bo`lib, bu asar payg`ambarimiz Muhammad Alayhu vassalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 ta hadisu sharifni o`z ichiga qamragan. Mazkur asar mustaqilligimiz sharofati bilan 1991 yilda «Shamoiliy Muhammadiyya» nomi bilan Toshkentda o`zbek tilida birinchi bor ko`p nusxada chop etildi.
Shunday qilib, hur, ozod yurtimiz kishilari Abu Iso at-Termiziy singari buyuk o`tmishdoshlarimiz siymosini o`zlariga yangidan kashf qilib, ularning bebaho merosi duru-javohirlaridan tobora to`laroq bahramand bo`lib bormoqdalar.
Temuriylar ma`naviy madaniyati to`g`risida gap borganda dastavval ona yurtimiz Uyg`onish davrining ikkinchi bosqichi bo`lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog`lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu-urfoniga, taraqqiyotiga qo`shgan bebaho hissasi haqida har qancha g`ururlansak arziydi.
Ulug`bek o`z davrining taniqli tarixchisi va adibi Davlatshoh Samarqandiyning mana bu so`zlari ham xarakterlidir: «Olim, odil, g`olib va himmatli podshoh Ulug`bek Ko`ragon.. yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi. Ma`oni ilmida qilni qirq yordi. Uning davrida olimu-fozillar martabasi nihoyat cho`qqisiga ko`tarildi..».
Ulug`bek ilmiy maktabining eng katta yutug`i avvalo, astronomiya va matematika sohasida yaratilgan muhim kashfiyotlardir. Masalan, Ulug`bek qalamiga mansub «Ziji jadidi-Ko`ragoniy» asari o`zining beqiyos to`g`ri ilmiy yechimlari, xulosalari bilan hozirga qadar ham olimlar e`tiborini qozonib kelmoqda. Asarda 1018 yulduzning o`rni va holatini aniqlab bergan. Shuningdek, bu ilmiy maktab olimlarining 3 darajali algebrik tenglamalarini yechib, bir darajali yoyning sinusini aniqlash borasidagi tadqiqotlari ham matematik tafakkurning katta yutug`idir. Ulug`bek davrining fan peshvolaridan Qozizoda Rumiyning «Risola fil-hisob» («Hisobga doir risola», «Sharhi mulaxxas», «Fil-xay`at» (Astronomiya asoslariga sharh) «Risolagul jayb» («Sinus haqida risola»); G`iyosiddin Jamshidning qomusiy mazmunga molik 5 kitobdan iborat yirik matematik asari-«Miftoxil hisob» («Hisob ilmi kaliti»), Ali Qushchining «Risola dar ilmi hisob», «Risola darxandasi», «Risola dar falakiyot», «Risolai mantiq» singari asarlari o`z davri ilmiy tafakkurining bebaho yutug`i bo`lib qolmay ular ayni chog`da ilm fanning keyingi rivojiga ham samarali ta`sir ko`rsatdi. Bu davrning yana bir muhim bir yutug`i-bu ijtimoiy fanlar xususan tarixshunoslik sohasida ham katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishning kushoyish topishida ham Temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo`lgan. Jumladan Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug`bekning «To`rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta`sir ko`rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa`dain va majma` ul bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqishi o`rni va ikki azim daryoning quyilishi joyi» ), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog`i»), Xondamirning «Makorimur Axloq» («yaxshi fazilatlar»), «Habib us-siyar fi-axbor-afrod ul-bashar» («Harbarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o`sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o`zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma`lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga tilga olinayotgan davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligiga amin bo`lamiz