Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


250
OLTINCHI BO‘LIM. MATN USLUBI MASALALARI 
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r: 
stilistika, uslubshunoslik, matn 
uslubi, badiiy matn uslubi, hujjatlar uslubi, diniy matnlar uslubi 
(“sutra uslubi”), monumental matnlar uslubi. 
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r: 
Yozma uslublar tarixi. 
Badiiy matnlar uslubi. 
Budda asarlariga xos bo‘lgan “sutra uslubi”.
O‘tmishdan qolgan rasmiy yozmalar va ularning uslubi. 
Qadimgi turk monumental matnlarining uslubi. 
Turkiy yozma yodgorliklarda sana va uning aytilishi. 
YOZMA TIL VA UNING USLUBLARI 
Til ikki xil ko‘rinishda amal qiladi: 
og‘zaki til
va 
yozma 
(yoki
adabiy
)
til.
Turkiy tillar tarixida har ikkovining ham 
atamasi bo‘lgan. XI yuzyillikda yashab o‘tgan ulug‘ mutafakkir 
Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonida 
og‘zaki 
til
ni tilin 
söz
deb atagan. Mana o‘sha atamaning misoli:
Yoq ersä bitig bu kišilär ara, 
Tilin sözkä kim bütgäy erdi kör-ä.
(Bu kishilar orasida yozuv yo‘q ersa, og‘zaki so‘zga kim 
ham ishongan bo‘lar edi, ko‘rgin) (QB.2660). 
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq” 
asarida 
ağïz til
degan atamani qo‘llagan. Ushbu atamadagi 
ağïz
– “og‘zaki” degani, 
ağïz til
esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq”
ma’nosini beradi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi” 
ko‘zda tutilmoqda. Mana asardan olingan o‘sha misol: 
Ağïz til bezägi koni söz turur, 
Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä. 
(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur, to‘g‘ri so‘zla so‘zni, 
tilingni (nutqingni) beza) (AH.155–156). 


251
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida 
nutq
atamasini qo‘llagan. Insonning yaralishi to‘g‘risida so‘z yuritar 
ekan, u nutqi tufayli barcha jonzodlardan ustun ekanligini 
ta’kidlab yozadi:
Čun kun fayakun safxasïğa boldï tirāz, 
Qïlğan anï nutq ilä barïdïn mumtāz (ML.165).
O‘tmishda yozma tilning ham atamasi bo‘lgan. Yusuf Xos 
Hojib 
yozma til
ni 
bitig söz
deb atagan edi. Turkiy bitig so‘zi 
tub anglamida “yozuv”ni bildirgan. U “yozmoq, bitmak” 
ma’nosidagi 
biti-
fe’liga ot yasovchi -
g
qo‘shimchasini qo‘shib 
yasalgan. Keyinchalik uning ma’nosi kengayib, “xat, maktub; 
hujjat; kitob; matn” singari yozuv bilan bog‘liq narsalarni ham 
bitig
deb ketilgan. 
Bitig söz
atamasi “bitilgan so‘z; kitobiy so‘z; 
matn”, tilshunoslik tushunchasi bilan aytganda, “yozma til, 
matn tili, adabiy til” ma’nosini beradi.
Eski turkiy tilda matn uslubi bilan bog‘liq atamalar tizimi 
ham shakllangan edi. Ayrimlarini misollarda ko‘rib chiqamiz.
Manbalarda yozma til usuli, matn uslubi 
bitig söz yaŋï 
deyilgan. Yozma til usuli fikrni ifodalashning eng yaxshi yo‘li 
ekanligi ta’kidlab, Yusuf Xos Hojib yozadi: 
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi, 
E

i e

gü yaŋ bu bitig söz yaŋï. 
(Ila-sir tengi [ya’ni yoshi Ila daryosiday uzun, ko‘pni 
ko‘rgan donishmand] bu to‘g‘rida nima degan, eshitgil: Yozma 
til usuli juda yaxshi usuldir) (QB.2656). 
Yozma manbalarda ravon, balog‘at darajasida bayon 
qilingan nutq 
yorïq til
deyilgan. 
Yorïq
so‘zi “yurmoq” 
ma’nosidagi 
yorï
- fe’lidan yasalgan bo‘lib, “ravon, keng, 
batafsil” ma’nosini beradi; 
yorïq til
ning lug‘aviy ma’nosi 
“ravon til, ma’nili gap, balog‘at darajasida bayon qilingan 
so‘z” dir. Bunday nutq to‘g‘risida Yusuf Xos Hojib yozadi:
Uqušqa, biligkä bu tilmäči til, 
Yaruttačï erni yorïq tilni bil.


252
(Uquvga, bilimga tilmoch – bu tildir. Kishini ro‘shnolikka 
chiqaradigan ravon til, deb bil) (QB.158). 
XV asrda yashab o‘tgan Arslon Xo‘ja tarxon Adib Ahmad 
Yugnakiy to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, “Hibatu-l-haqoyiq”ning 
tili va uslubi bilan bog‘liq muhim bir atamani qo‘llagan edi. U 
yozadi: 
Tamami erür kašğari til bilä, 
Ayïtmïš adip riqqat-i til bilä (AH.499–500). 
Ushbu baytdagi 
kašğari til
atamasi o‘sha chog‘lardagi 
“turkiy adabiy til”ning atamasidir; arabchadagi 
riqqat
– “nozik, 
jozibali” ma’nosini beradi; 
riqqat-i til
– “jozibali til”, ya’ni 
“she’riy til, badiiy til” anglamidadir. Buning bilan “Hibatu-l-
haqoyiq” asari turkiy adabiy til(kašğari til)da ekanligi, adib uni 
jozibali til(riqqat-i til)da aytganligi ta’kidlanmoqda . 
Alisher Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida 
türkî 
uslub
atamasini qo‘llagan. U turkiy so‘zlarning nozik ma’nolari 
to‘g‘risida so‘zlar ekan, 
yïğlamaq
ning 
yïğlamsïnmaq, 
iŋrämäk-u siŋrämäk, sïqtamaq, ökürmäk, inčkirmäk, hay hay 
yïğlamaq
singari sinonimlarini qo‘llash turkiy uslubga xos 
ekanligini ta’kidlaydi (ML.172).
Klassik filologiyada nutq va matnning ravonligi, yuksaklik 
darajasi 
balāğat
ham deyilgan. Hozirda ko‘plar “balog‘at” 
deganda 
klassik 
adabiyotdagi 
she’riy 
san’atnigina 
tushunmoqdalar. 
Balog‘at 
badiiy 
adabiyotdagi 
she’riy 
san’atning o‘zigina emas.
Bilim egallashda ikki xil daraja bor: birinchisi – balog‘at; 
ikkinchisi – tugallik (komillik). Balag‘at – bu yetuklikdir. 
Balog‘at darajasiga har bir bilimli, aqli raso yetuvi mumkin. 
Xalq tilida “o‘g‘il-qizi balog‘atga yetdi; o‘g‘li balog‘at 
yoshida” degan iboralar yuradi. Bu degani – “o‘g‘il-qiziga aql 
kirdi, jismi ham yetildi; endi uni uyli-joyli qilsa bo‘ladi”. 
Tugallik darajasiga esa har kimsa yeta olmaydi; bunga erishgan 
kishi komil insondir. Yusuf Xos Hojib “komil inson”ni 
tügäl er
deb atagan edi. 


253
Tildagi balog‘at darajasi ham ayni tushunchada: u kishi 
nutqida ham, matnda, xat san’atida, nasrda, poetikada birday 
amal qiladi. O‘tmishdagi balog‘at ilmi talabiga ko‘ra, notiq 
yoki matn bituvchi bilgin kishi balog‘at o‘lchovlariga amal 
qilmog‘i kerak.
Ushbu atamaning misoli uchun yana “Qutadg‘u bilig”ga 
murojaat qilamiz. Yusuf Xos Hojib yaqin kishilarga 
yo‘llanadigan maktublar to‘g‘risida so‘z yurita turib, ularning 
ajoyib bir uslubda, balog‘at darajasida bo‘lmog‘i kerakligini 
uqtiradi: 
Balağat bilä xat teŋäšsa qalï 
Eδi eδgü til bu bitig söz tili.
(Agar xat balog‘at bilan tenglashsa, yozma nutq juda ezgu 
bo‘ladi) (QB.2655).
Til uslublari ikki xil: 
og‘zaki
va 
yozma
ko‘rinishga ega. 
Og‘zaki uslub tarixi tilning paydo bo‘lishi, kishilik ongining 
yuzaga kelishi, hukum va fikrni ta’sirli ifodalashga bo‘lgan 
zarurut asosida kelib chiqqan.
Yozma til uslublari ancha kech – yozuvning yaratilishi 
bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Biroq, yozuvning o‘zi 
yozma 
uslubni 
belgilay 
olmaydi. 
Masalan, 
kishilar 
tasavvuridagi tushunchalar rasmlarda yoki harfiy belgilarda 
ifodalangani, biror so‘zning yozib qo‘yilgani bu hali yozma 
uslub degani emas. Yozma uslub matnda yuzaga chiqadi; kishi 
o‘z o‘y-qarashlarini matnda bayon eta boshlagani, matn tuzish 
an’analari 
ishlab 
chiqilgani, 
matn 
janrlari 
farqlana 
boshlaganidan keyingina tilning yozma uslublari, matn uslubi 
yuzaga kela boshlagan. Demak, yozma til uslublarining tarixi 
yozuvning yaratilishi, matn tuzish an’analarining yuzaga 
kelishi, yozma adabiyot tarixi, qadimgi turkiy xalqlarning 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti bilan uzviy bog‘liq. 
Yozma adabiy til(bitig söz)ning o‘lchovlari, me’yorlari 
matnda o‘z ifodasini topadi. Maqsadi, yo‘nalishiga qarab matn 
uslublari bir-biridan farq qiladi. 


254
Matn uslubi
deganda o‘y-qarashlar, bitigli xabar(
saw
yoki 
söz
), biron bir asarning matndagi ifodaviy ko‘rinishi, bayon 
tarzi, me’yoriy qoliplar, matn (
bitig
) talabidan kelib chiqqan 
holda 
grammatik 
birliklarning 
tanlanishi, 
matn 
komponentlarining uyg‘un bir tizimi tushuniladi. Matn uslubi 
(
bitig söz yaŋï
) adabiy til talablariga bo‘ysunadi. Matn uslubi 
tilshunoslikning 
stilistika
yoki 
uslubshunoslik
(’ilm-i balāğat) 
bo‘limida o‘rganiladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin