Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Hafta tushunchasi.
Ko‘k turklarda hafta tushunchasi yo‘q. 
Bu xususda Mahmud Koshg‘ariy yozadi: “Turklarda haftadagi 
yetti kunning ismi yo‘q, chunki hafta islomdan so‘ng 
shuhratlandi” (MK.I.332).
Qadim tasavvurlarda kun (kecha-kunduz).
Qadimgi 
turklarda kecha-kunduz quyoshning harakati, kun bilan tunning 
almashinuviga qarab o‘lchanadi. 
Kečä-kündüz
deganimizning 


243
o‘zida bir kunning to‘liq yigirma to‘rt soati, Yerning o‘z o‘qi 
tevaragida to‘liq aylanib chiqish vaqti tushuniladi. Kecha-
kunduz boshlab ikkiga bo‘linadi: 
kün – tün
.
Kün
ning ikki xil ma’nosi bor: “Kun, Quyosh” hamda 
“kecha-kunduzning kunduzgi bo‘lagi”. Uning ikkinchi ma’nosi 
asli “Quyosh” ma’nosidan urchigan. Kecha-kunduzning 
kunduzgi bo‘lagini 
kün
deyishimizning boisi, Kunning 
yorug‘liq sochib turishi, kunning yorishishiga nisbatan olingan. 
Demak, qadimgi turk astronomik o‘lchoviga ko‘ra kun 
hozirgiday yarim tundan (soat 24 dan o‘tib) boshlanmaydi. 
Yangi kun quyoshning ko‘tarilishidan, kunning yorishishidan 
boshlanadi.
Kunni qadimgi turkiy tilda 
kündüz / küntüz
ham deyiladi. 
Bu ham 
kün
(kun, yorig‘liq) so‘zidan yasalgan. Solishtiring: 
yulduz
– “yorig‘liq sochuvchi” degani. 
Tün
so‘zining sinonimi 
kečä
bo‘ladi.
Ma’lumki, 
kecha 
bilan 
kunduz 
bir-biriga 
teng 
kelavermaydi. Qishda tun uzun bo‘lsa, ko‘klamdan boshlab 
kunlar uzaya boradi. Shunga qarab vaqt ham surilib turadi. 
Masalan, yozda tong ertaroq otsa, kun kechroq qorayadi yo 
aksincha.
Kun bilan tun ko‘klamda, mart oyining 21 kuniga, 
navruzning birinchi kuni, kuzda esa sentyabr oyining 21 kuni 
tenglashadi. Kunning eng uzuni iyun oyining 21 kuni, tunning 
eng uzun vaqti dekabr oyining 21 kuniga to‘g‘ri keladi.
Kun kecha va kunduzning uzun yo qisqaligi bilan emas, 
Yerning o‘z o‘qi tevaragida to‘liq aylanib chiqishi bilan 
o‘lchanadi. Kecha-kunduz aylanasida, tik yo‘nalishda oladigan 
bo‘lsak, faqat tush bilan qoq tun o‘zaro qarama-qarshi nuqtada 
turadi, ular o‘zgarmas. Kecha-kunduzning qolgan bo‘laklari 
(kun va tun, tong va oqshom) bir-biriga qarama-qarshi vaqt 
nuqtasida turishi oz kutiladi. Chunki ular surilib turadi. Shu 
hodisa 
qadimgi 
turklarning 
ko‘zqarashida, 
falsafiy 
tushunchasida yaxshi aks etgan.


244
Kün / kündüz
bilan 
tün / kečä
ning ikkalasining ham teng 
yarmidan ikkiga ajratuvchi vaqt birliklari bor: 
tüš
– kunning 
qoq o‘rtasi, choshgoh; 
qaq tün
– tunning o‘rtasi. Qolgan vaqt 
birliklari ana shu aylanada harakat qiladi: 
taŋ
– tunning oxiri, 
kunning boshlanishi, 
aqšam
– kunning oxiri, tunning 
boshlanishi. 
Kunning vaqt birligi sifatida 
ertä, keč
so‘zlari ham 
qo‘llaniladi. Bular aslida, kunduzning vaqtini emas, zamonni 
bildirgan. Kunning vaqti sifatidagi ma’nosi ana shuning 
asosida yuzaga kelgan. 
Ertä
so‘zining ilk lug‘aviy ma’nosi 
“bo‘lib o‘tgan, burungi” degani, 
ertäk
so‘zi ham shundan. Yoki 
ertäki
deydi, bu “o‘tgan zamonga oid, burungi, ilk” degani. 
Ertä
so‘zi kunning vaqt birligi sifatida “tong”ni bildiradi. 
Muhimi shundaki, so‘zning har ikkala ma’nosi tilimizda 
yonma-yon 
qo‘llaniladi: 
ertä 
taŋ
deganda 
“tongning 
boshlanishi” yoki 
ertä keldi
deganda “vaqtning boshlanish 
paytida, hatto undan ham ilgariroq keldi” deb tushuniladi. 
Hozirgi o‘zbek tilidagi 
ertäläb 
so‘zi ham shundan yasalgan 
(

): “erta bilan” degan ma’noni bildiradi.
Keč
so‘zining ham ilk ma’nosi “kechgan, bo‘lib o‘tgan” 
degani. 
Kečki söz
deydi, bu “burungi so‘z, qadimgi masal, 
hikmat” degani. Bu so‘z kunning vaqt birligi sifatida “kechib 
o‘tilgan, tugagan” ma’nosini bildiradi. Hozirgi o‘zbek tilida u 
“kunning kechki pallasi”, “zamonning oxiri” ma’nosida ham 
yonma-yon qo‘llanilaveradi: 
keč keldi
deganda “muddati 
tugash chog‘ida, hatto muddatidan keyin keldi” deb 
tushuniladi.
Kečqurun
so‘zi ham shundan yasalgan: 
keč-qur-un

Qur
so‘zida “qorong‘i” ma’nosi bor, -
un
– tarixan vosita kelishigi. 
Hozirgi turk tilida kecha-kunduz bilan bog‘liq vaqtlar 
shunday ataladi: 
imsaq

sahar, bomdod vaqti
güneš

kun 
chiqishi, 
öğle
– tush payti, 
ikindi
– kunning ikkinchi yarmi, 
tush bilan kechki payt oralig‘idagi vaqt, nomozga nisbatan 
kunning ikkinchi yarmida o‘qiladigan asr nomozi vaqti, 
aqšam


245
– oqshom, shom, 
yatsï
– yotar payt, 
gecä 
– kecha, 
gecä yarïsï
– 
yarim tun.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin