Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Qadimgi turklarda fasl.
Bir yil to‘rt faslga ajraladi. Bular: 
yaz

ko‘klam, 
yay

yoz, 
küz

kuz, 
qïš

qish. Bulardan 
yaz
so‘zi hozir iste’moldan chiqqan, o‘rnida “ko‘klam”, “bahor” 
so‘zlarini ishlatamiz. “Yoz”ni bildiruvchi 
yay
so‘zida tovush 
o‘zgarishi yuz berib
yaz
ga aylangan. Shunga qaramay, 
ularning qoldiqlari ayrim so‘zlarimizda uchrab turadi. Masalan, 
bolalar qo‘shig‘ida kechgan 
Läyläk keldi, yaz boldï 
jumlasidagi 
yaz
so‘zi “ko‘klam, bahor”ni bildiradi. Yoki hozirgi 
yaylaw
so‘zining o‘zagi 
yay
(yoz) bilan bog‘liq: 
yay+la+ğ/w
– 
“yaylov, yozni o‘tkazadigan, yozlaydigan joy”. Qiyoslang: 
qïšla+q
– “qishloq, qishni o‘tkazadigan, qishlaydigan joy”. 
Hozir biz qo‘llayotgan 
yaylaw, qïšlaq
so‘zlari tarixan qishda 
qishloqlarga ko‘chib kelib, yozda esa yaylovga chiqib kun 


240
kechiruvchi chorvachilar hayoti bilan bog‘liq holda yuzaga 
kelgan.
Qadimgi turk taqvimiga ko‘ra yil 
yaz
(ya’ni ko‘klam) bilan 
boshlanib, mavsum 
qïš
bilan tugaydi.
Shunisi borki, turklar tasavvurida yilning to‘rtala fasli bir-
biriga teng emas. Fasl 

tabiatning bir yildagi mavsumiy 
o‘zgarishidir. Havoning o‘zgarishiga qarab, fasllar surilib ham 
turadi. Bundan tashqari, Yer yuzining turli nuqtasida fasllar 
almashinuvi har xil. Masalan, Oltoy o‘lkalarida yozga 
qaraganda qish uzoq davom etadi. Boshqa turk o‘lkalarida esa 
buning aksi. Fasllarning mavsumiy hodisa ekanligi xalq 
tafakkurida yaxshi aks etgan. Kuzda kunlar erta sovib, qor 
tushsa, “bu yil qish erta keldi”, deb qo‘yamiz. Yoki ko‘klamda 
sovuqning zahri ko‘tarilavermasa, “qish cho‘zilib ketdi” 
deymiz. Demak, qish ham o‘sha yili shunchalik uzoq davom 
etgan bo‘ladi. 
Chamasi, kishilikning ilk tasavvurlarida boshlab “qish” 
bilan “yoz” tushunchasi shakllangan. Biridan ikkinchisiga 
o‘tuvchi – oraliq fasllar tushunchasi keyin qo‘shilgan bo‘lishi 
kerak. Shuning singari, ilk tasavvurlarda “kun” bilan “tun” 
tushunchasi shakllangan. Ularni bog‘lab turuvchi, biridan 
ikkinchisiga o‘tuvchi vaqt birliklari haqidagi tasavvurlar esa 
keyinchalik yuzaga kelgan ko‘rinadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin