241
Yil o‘n ikki oyga bo‘linadi. Eski turklarda yil ko‘klamdan
boshlangani uchun yilning birinchi oyi ko‘klamning
birinchi
oyiga teng keladi.
Yangi oy Oyning chiqqan kunidan boshlanadi. To‘lgan
Oyni
tolun
yoki
tolun ay
deydi.
Tolun
ning lug‘aviy ma’nosi
“to‘liq, to‘lishgan”dir. Turklarda
Aytoldï
degan ot ham bo‘lgan,
ma’nisi “to‘lgan oy” degani.
Qadimda oylarga ot qo‘yilmagan, ular o‘z tartibi bilan
aytilgan:
birinč ay, ikinč ay, üčünč ay
singari. Keyinchalik,
turklar buddizm, moniylikni qabul
qilganlaridan keyin ularga
nom qo‘ydilar, to‘g‘rirog‘i, bu nomlar qo‘shni tillardan
o‘zlasha boshladi.
Qadimgi uyg‘ur taqvimda uchraydigan oy otlari:
aram ay // ram ay
[
r`m
] – qadimgi uyg‘ur
taqvimining birinchi oyi
č(a)xš(a)p(a)t ay
[
siksapada
] – ro‘za oyi, taqvimning
o‘n ikkinchi oyidir.
Islom davridan turklar arab taqvimini qo‘llay boshladilar va
oylar ham arabcha atala boshladi. Masalan:
zulqada ayï, rajap
ay, muharram ay
singari.
Qadimda xalq ichida chorvachilik va dehqonchilik bog‘liq
holda yuzaga kelgan oy otlari ham qo‘llanilgan. Bu xususda
Mahmud Koshg‘ariy shunday yozadi: “(Turklarda)
oy ismlari
ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon
bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan ataydilar. Har uch
oyni bir ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar.
Masalan: navro‘zdan keyingi avval bahorga
oğlaq ay
, so‘ngra
uluğ oğlaq ay
derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi.
Bundan
keyingisiga
uluğ ay
deyiladi. Chunki bu yozning
o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l
bo‘ladi” (MK.I.332).
O‘zbek tilida chorvachilik yoki dehqonchilik bilan bog‘liq
holda yuzaga kelgan atamalar hozir ham uchrab turadi.
Masalan, xalq tilida
qïrqïm ayï
deydi,
bu qishdan chiqib,
242
qo‘ylarning junini oladigan paytga to‘g‘ri keladi.
orağ ayï
–
bug‘doy o‘radigan vaqt, yoz chillasiga to‘g‘ri keladi. Yoki xalq
tilida
Beš doğalda bešikdägi bala sawqatmas
degan gap bor.
Bunda
beš doğal
deganda kunlar iliy boshlagan payt nazarda
tutiladi.
Hozirgi turk tilida oylar shunday ataladi:
ocaq
– yanvar,
šubat
– fevral,
mart
– mart,
nisan
– aprel,
mayïs
– may,
haziran
– iyun,
temmuz
– iyul,
ağustos
– avgust,
eylül
– sentyabr,
ekim
– oktyabr,
qasïm
– noyabr,
aralïq
– dekabr.
Qozoq tilida o‘n ikki oy otlari shunday:
qaŋtar
– yanvar,
aqpan
– fevral,
naurïz
– mart,
säuir
– aprel,
mamïr
– may,
mausïm
– iyun,
šilde
– iyul,
tamïz
– avgust,
qïrküyek
–
sentyabr,
qazan
– oktyabr,
qaraša
– noyabr,
jeltoqsan
–
dekabr.
O‘zbek shevalarida
ham bu nomlarning ayrimlari
qo‘llaniladi. Masalan, xalq og‘zida
qaŋtar, aqpan
nomlari
uchrab turadi.
Qantar ağdï
deydi, u “qora sovuq o‘tgan,
qorning zahri ozaygandan keyingi muddat”ni bildiradi.
O‘zbeklarda yozning ayni qizigan payti, qishning qahraton
pallasini
čillä
deyiladi.
Čillä
oy bilan teng emas,
čillä
deganda
issiq yoki sovuq avjiga chiqqan “qirq kunlik” tushuniladi:
yaz
čilläsi, qïš čilläsi
. Chilla boshlangan paytni –
čillä kirdi
,
tugagan paytni esa
čillä čïqdï
deyiladi.
Ko‘klam yoki kuzga nisbatan chilla qo‘llanilmaydi. Sababi,
chillada, odatda, ob-havo bir maromda kechadi. Ko‘klam bilan
kuz oraliq fasllar: ko‘klamning boshlanishida kun sovuq bo‘lsa,
oxirlaganda isib ketadi yoki kuzda buning aksi.
Dostları ilə paylaş: