Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ata-ana
birikmasi “родители”, 
oğïl-qïz
birikmasi 
“farzand” ma’nosini anglatadi. 
Ilk 
qarindoshlik
ota yoki ona tomondan tarmoq otadi. Ota 
hamda onaning otasi – 
dada
yoki 
buwa
, onasi – 
buwï
bo‘ladi. 
dada
so‘zidagi 
da
- komponentlari “katta” ma’nosini beradi: 
dada
– “katta ada” degani. Buvini 
kättä ayï
ham deydi. 
Farzand uchun otaning tug‘ishganlari: akasi yoki ukasi – 
ämäki
, egachi-singillari – 
amma
; ona tomondan: onaning og‘a-
inilari – 
tağa
, egachi-singillari – 
xala
bo‘ladi. 
Yigit yo qiz turmush qurgach
qarindoshlikning ikkinchi 
tizimi,
tutungan qarindoshlik shakllanadi. Buni 
qayïn uruğlar
deydi. 
Qayïn
so‘zi turmush qurgandan keyingi er yo xotin 
tomonidan yuzaga kelgan qarindoshlikni anglatadi. Bu so‘z 


247
burungi zamonda 
qadïn~qatïn
shakllarida qo‘llanilgan bo‘lib, 
o‘zagi 
qat
so‘ziga taqaladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida 
qat 
(qavat), 
ikki qat
(homilador) deb ishlatamiz. -
ïn
– yasovchi 
qo‘shimcha, 
qatïn
– “qatlangan” degan ma’noni beradi. 
Masalan, 
tolun
(Oy) so‘zi ham shunday qolipda yasalgan. 
Qayin urug‘larni atash tartibi bo‘y davridagi yaqin va 
tug‘ishganlikni bildiruvchi atamalarga 
qayïn
so‘zini qo‘shish 
bilan yasaladi: 
qaynata (
– kelin uchun kuyovning, 
kuyov uchun esa kelinning otasi; 
qaynana (
– kelin 
uchun kuyovning, kuyov uchun esa kelinning onasi
qaynağa 
(
– kelin uchun erining, kuyov uchun esa xotinning 
og‘asi; 
qaynï (
– kelin uchun erining, kuyov uchun 
esa xotinining inisi; 
qaynägäči (
– kelin uchun 
erning, kuyov uchun xotinining egachisi
qaynï siŋil (
siŋil)
– kelin uchun erining, kuyov uchun xotinining singlisi. 
O‘zbekchada 
qayïn boy
degan so‘zimiz bor. Bu so‘zdagi 
boy
– “urug‘”, 
qayïn boy
– “qayin urug‘lar” degani, ya’ni kelin 
uchun erning urug‘lari, kuyov uchun esa kelinning urug‘lari. 
Qadimgi turkiy tilda 
apa 
so‘zining “ona; opa, egachi” 
ma’nolari bilan bir qatorda “katta, ulug‘” ma’nosi ham bor. 
Masalan, ko‘k turk bitiglarida 
apa tarqan
atamasi uchraydi. Bu 
so‘z 
tarkibidagi 
tarqan~tarxan
unvondir. 
Mahmud 
Koshg‘ariyning yozishicha, 
tarxan 
– bek. Islomiyatdan oldin 
qo‘llanilgan ism (arg‘ucha) (MK.I.409). 
Apa tarqan
atamasi 
tarkibidagi 
apa
– “katta, ulug‘, bosh” ma’nosida; 
apa tarqan 
– 
“katta tarxon, bosh tarxon, bosh qo‘mondon” degani. 
Apa~aba
“katta, ulug‘” ma’nosida aqrabolik (qarindosh-
urug‘chilik) otlari tarkibida ham keladi. Masalan, eski o‘zbek 
tilida (“chig‘atoy turkchasi”da) 
abağa
so‘zi qo‘llangan. Navoiy 
so‘zi bilan aytganda, turklar “atanïŋ ağa (vä) inisin abağa” 
deganlar (ML.176). Mazkur so‘z 
apa~aba+ağa
– “katta og‘a” 
degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi o‘zbek tilida ham 
apa
ning “katta, ulug‘” ma’nosi 
qoldiq shaklida ayrim so‘zlar tarkibida saqlangan: 
apağayï 


248
(
– so‘zma-so‘z “ulug‘ ona, katta ona” degani, 
amakining xotini; 
apa(ğ)dada
yoki 
apağada –
birinchisi 
apa+dada
(“katta dada”)dan, keyingisi 
apa+ada
(“katta 
ota”)dan. 
Apağdada
– aslida dadaning yoki onaning buvasi? 
Apağada
esa otaning yoki onaning otasi; 
apağbuwï
(
– ma’nosi “katta buvi” degani; 
apaqï (

-

– so‘z yasovchi qo‘shimcha. 
Apaqï
– asl ma’nosi “apa, 
ya’ni katta tug‘ishgan (amaki yoki tog‘a)ga tegishli” degani, 
amakining yoki tog‘aning xotini. 
Ba’zi aqrabolik otlaridagi 
da
- uzvida ham “katta, ulug‘” 
ma’nosi mujassam. Masalan: 
dada
, kelib chiqishi 
da-ada
dan, 
ma’nosi – “katta ada”, ya’ni buva. Ushbu so‘zda 
da-
uzvi 
bo‘lmasa, unda “katta, ulug‘” ma’nosi ham ifodalanmaydi. 
Demak, “kattalik” ma’nosi ayni uzv orqali anglashilayotgani 
tabiiy. Toshkentda “ota”ni 
dada 
deguchilar bor.
Yana bir misol: 
tağa
(
“katta og‘a” degani, 
onaning akasi yoki ukasi. “Chig‘atoy turkchasi”da bu so‘z 
tağay~tağayï
shaklida qo‘llangan. Navoiyning ta’kidicha, 
turklar “ananïŋ ağa (vä) inisin tağayï” deganlar (ML,176). 
Mahmud Koshg‘ariy devonida bu so‘z 
tağay
shaklida berilgan. 
Lekin uning ma’nosini muallif “amaki” deb izohlagan 
(MK.III,256). Qadimgi turkiy til morfem tuzilishiga ko‘ra 
tağay~tağayï
so‘zi tarkibidagi 
ta
uzvida “katta, ulug‘” ma’nosi 
mujassamlashganligini kuzatish mumkin: 
tağay (

Shuning singari, 
daya
so‘zida “katta aya” ma’nosi bor.
Harqalay, 
dada, tağa, daya 
so‘zlari tarkibidagi 
ta~da
ning 
anglami “katta, ulug‘” ekanligi chin. Mazkur 
ta~da 
uzvini 
ayrim olimlar xitoychadagi “katta, ulug‘, bosh, yirik” 
ma’nosini beruvchi 
da
so‘ziga bog‘laydilar. Biroq, ayrim asl 
turkiy so‘zlar tarkibida uning mavjudligi bu qarashni butkul 
inkor etadi (masalan, 
tağ
so‘zida). Shunga ko‘ra, uni boshqa 
tillar ta’sirida turkiyga o‘zlashgan deb qaramaslik kerak. U 
berisi bilan xun davri, ehtimol, oltoy davridan kelayotgan 
qoldiq bo‘lsa ajab emas. 


249
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r: 
Lutfan qadimgi turkiy tilda qo‘llanilgan diniy atamalar tizimi, 
ularning yuzaga kelish tarixiga qisqacha ta’rif bering. 
Buddizm atamalari va ularning anglamlarini o‘rnaklar ko‘magida 
ochiqlab bering. 
Lug‘atlardan qadimgi turkiy tilga xitoychadan o‘zlashgan 
so‘zlarni yig‘ing. 
Yozma manbalardan islom bilan bog‘liq atamalarni yig‘ing. 
Manbalardan astranomiya bilimiga tegishli atamalarni to‘plang. 
Lutfan manbalardan yiqqan atamalaringizni to‘plab lug‘at tuzing. 
Burungi tasavvur-qarashlar bilan bog‘liq kelib chiqqan qanday 
atamalarni bilasiz? 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin