Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

täŋri yarlïqaduq üčün
(tangri 
yorliqagani uchun), 
täŋri küč bertük üčün
(tangri kuch bergani 
uchun) singari iboralardan foydalaniladi. Ushbu jamlada tangri 
kuch bergani uchun xoqon qo‘shinining kuch-qudrati orta 
borganligi ta’riflanib, uning jasur va yengilmasligi bo‘riga, 
dushmanning 
ojizligi, 
bo‘ysinuvchanligi 
esa 
qo‘yga 
qiyoslanmoqda. 
Qïrq artuqï yeti yolï sülämis, yigirmi süŋüs süŋüsmis. Täŋri 
yarlïqaduq üčün elligig elsirätmis, qağanlïğïğ qağansïratmïs, 
yağïğ baz qïlmïs, tizligig sökürmis, bašlïğïğ yüküntür(mis)
(Qirq yetti yo‘la lashkar tortgan, yigirma marta jang qilgan. 
Tangri yorliqagani uchun eli borni elidan ayirgan, xoqoni borni 
xoqonidan ayirgan, yovni el qilgan, tizzasi borni cho‘ktirgan, 
boshi borni yukuntirgan) (K.15). 
Yalaŋ bodunuğ tonluğ qïltïm, čïğañ bodunuğ bay qïltïm, az 
bodunuğ öküš qïltïm
(Yalang xalqni kiyimli qildim, qashshoq 
xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim) (X.23–24). 
Xoqonlar xalqqa qilgan yaxshiligi, el farovonligi yo‘lida olib 
borgan ishlarining ta’rifida, ularning qo‘l ostida xalq tinch-
osoyishta, to‘q va boy yashagani, xalq ko‘payganini bildirib 
qo‘yish uchun ana shunday jumlalardan foydalangan. Yoki 
Bilga xoqon otasi Eltarish taxtda ekanligi chog‘ida mamlakatda 
yuz bergan o‘zgarishlar, xalqning to‘q va boy yashaganligini 
eslab 
“Ol ödkä qul qulluğ bolmïs (erti)”
deb yozgan edi 
(qarang: K.21). Bu jumla “O‘sha chog‘lar qulning ham quli bor 
edi” degan ma’noni bildiradi.
Yoki milliy qahramonning xalq tinchligi, farovonligi 
yo‘lida tinib-tinchimagani “Turk xalqi uchun tun uxlamadim, 


258
kunduz o‘tirmadim” (
Türük bodun üčün tün udïmadïm, küntüz 
olurmadïm
) deya ta’riflanadi (K.27). 
Boshqa bir misol: 
Qanïŋ subča yügürti, söŋüküŋ tağča 
yatdï, beglig urï oğluŋ qul boltï, silig qïz oğluŋ küŋ boltï
(Qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day (uyulib) yotdi, bek 
bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang cho‘ri 
bo‘ldi) (K.24). Ushbu jumlada Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i 
qulab, xalq yov qo‘lida qolgan chog‘lar ta’riflangan. Unda turk 
xalqining bosqinchilar siquvi ostida uqubatda qolgani, uning 
qirilib borayotgani ta’riflanib, kishilar qonining to‘kilishi 
daryoga, suyaklarning uyumi esa tog‘ga qiyos etiladi. 
Harakatning belgisi (gap bo‘lagiga ko‘ra hol) 
subča, tağča
ravishlari yordamida berilgan. Keyingi jumladagi 
urï oğul
– 
“o‘g‘il bola”,
qïz oğul
– “qiz bola”; erkaklarga nisbatan – 
qul

xotin-qizlarga nisbatan esa 
küŋ
so‘zi qo‘llanilgan – u “joriya”ni 
bildiradi. Ushbu jumlada o‘sha kezlar turkning beglikka loyiq 
yigitlari 
qul, 
suluv 
qizlari 
esa 
joriyaga 
aylangani 
ta’kidlanmoqda.
Urxun bitiglarini tekshirgan olimlar matnlarning tuzilishi 
to‘g‘risida ikki xil qarashda: ayrimlar mazkur yodnomalarni 
she’riy asar desalar, boshqa birlari ularni nasriy asar sanaydilar. 
Bitiglarni nasrda yozilgan deb qarovchilarning fikricha, 
jumlalarning she’rga xos bir ohangda o‘qilishiga sabab, ularda 
sajdan keng foydalanganligidir. 
Ta’kidlash kerak, urxun bitiglari, xususan, Kul tigin va 
Bilga xoqon yodnomalarining tuzilishi o‘ta murakkab. 
Qadimgi turk monumental matn tuzish an’anasi yuksak daraja 
takomil topganidan dalolat beradi. Matnning bayon shakliga 
kelsak, u, asosan, nasrda. Biroq, ora-orada she’riy bo‘laklar 
ham joy olgan. Muhim tarixiy hodisalarning kulminatsion 
nuqtalari, milliy qahramonlarning faoliyati, qiliqlariga oid 
chizgilar she’r bilan bayon etiladi (buni o‘zbek xalq 
dostonlariga qiyoslash mumkin). Yodnomalarning bu tarzda 
tuzilganligi ularning badiiyligini yanada oshirgan. Kul tigin 


259
bitigining so‘ngida Bilga xoqon tilidan aytilgan marsiya bunga 
o‘rnakdir:
Kül tigin yoq ersär, qop öltäči ertigiz.
İnim Kül tigin kärgäk boltï,
özüm saqïntïm:
körür közüm körmäz-täg,
bilir biligim bilmäz-täg boltï,
özüm saqïntïm.
Öd täŋri yasar,
kisi oğlï qop ölügli tirimis.
(Kul tigin bo‘lmaganda butunlay o‘lar edingiz. Inim Kul 
tigin vafot etdi, o‘zim alam chekdim: ko‘rar ko‘zim 
ko‘rmasdek, bilar bilimim bilmasdek bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning 
nuri ketdi, es-xushim og‘di], o‘zim alam chekdim. Tiriglikni 
tangri belgilaydi, kishi o‘g‘li o‘lguchidir) (Kb.10). Bu she’r 
yenisey bitiglaridagi qayg‘uli yig‘i mazmunini eslatadi.
Turk monumental matnlari ichida yenisey bitiglarining 
tuzilishi va uslubi o‘ziga xos. Yenisey bitiglarining muhim 
belgilaridan biri ularda matn o‘likning o‘z tilidan so‘zlanadi. 
Mangutoshlarda marhumning o‘z yaqinlari, yorug‘ dunyodan 
ayriliq dardi, o‘kinchi bayon etiladi. Bu yig‘ilarni o‘liklar 
nidosi deyish mumkin. Bitiglarda undovlar, mungli bir 
mazmun yetakchi. Bitiglardan o‘rnak keltiramiz: 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin