Yerimä, yïta, subuma, adïrïltïm. Buŋa, sizimä, yïta,
bodunïma, künimä, qadašïma, adïrïltïm, bökmädim. Elimä,
qanïma, bökmädim
(E.11.4–5).
Matnda
yerim, subum, sizim, bodunïm
so‘zlariga
qo‘shilayotgan -
a, -ä
qo‘shimchasi hayajon, undov, mung,
qayg‘uni bildiradi. Mazkur undovlar matn ohangdorligini,
ritmni ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, yuqoridagi matn parchasini
hozirgi o‘zbekchaga quyidagi tartibda o‘girish mumkin:
“Yerim-a, esiz, suvim-a, (baridan) ayrildim. Musibat-a, siz
yaqinlarim-a, esiz, xalqim-a, urug‘im-a, do‘st(lar)im-a, (sizdan)
ayrildim, (diydoringizga) to‘ymadim. Elim-a, xonim-a, (sizga)
260
to‘ymadim”. O‘zbek marsiyalarida, azada xotinlarning aytib
yig‘lashida bu holat hozir ham bor. Masalan, og‘zaki uslubda:
balam-a
– “voy bolam, bolam-a”,
anam-a
– “voy onam, onam-
a”,
atam-a
– “voy otam, otam-a” degani.
Shu o‘rinda Oznachennaya qishlog‘idan topilgan bitigni
ham o‘qib ko‘raylik (Orkun 1987,573,575):
1)
Qunčuyïm, qadašïm adïrïltïm. Bunta yağïqa kirdim.
2) Ökü, Čäkül tutuq sizimä adïrïltïm.
3) Elim, qanïm sizimä adïrïldïm. Altun keš adïrïltïm.
Mazmuni:
(1) Malikam, o‘rtog‘im (sizlarimdan) ayrildim. Bu yerda
yovga (qarshi jangga) kirdim. (2) O‘ku, Chakul tutuq,
sizlarimdan ayrildim (3). Elim, xonim, sizlarimdan ayrildim.
Oltin kesh[o‘qdon]imdan ayrildim.
Xuddi shunday ohang qadimgi turklarning boshqa
marsiyalarida ham kuzatiladi. Chunonchi, “Oltun tusli yorug‘”
sutrasida og‘a-ini tiginlar (shahzodalar) qissasi berilgan.
Qissada kenja tigin to‘qayda halok bo‘ladi. Bu mudhish
voqeadan og‘alar faryod ko‘taradilar. Shu joyda bir marsiya
berilgan. Mana o‘sha she’r:
... ulїdїlar sїğtadїlar, ulїyu sїğtayu їnča tip tidilär:
körklä köwsäk toğїlїğ inimiz / ertiŋ küwäzä!
ögkä qanqa / sewitmiš ertiŋ qadaš-a!
nečükin yana / birgärü
birläkiyä ünüp üčägü /
negülük tittiŋ özüŋin
bizni birlä / barmadїn.
ögümüz qaŋїmїz biziŋä /
utru körüp ayїtsar,
biz ikägü negü / tep
ötünälim sözlälim?
261
ol yig bolğay / ücägü
birläkiyä ölsärbiz.
näŋ / biziŋä kergäksiz
bu et-özümüz tirigi.
(Og‘alar) baland un bilan yig‘ladilar-siqtadilar, yig‘lab-
siqtab shunday dedilar:
Chiroyli, odob-axloqli inimiz eding, oh g‘ururimiz,
Ota-onamizning orzuli bolasi eding-ku, qarindosh-a.
Nechunkim yana uchovimiz birga unib o‘ssak edi,
Sen nima sababdan o‘z joningdan kechding?
Biz bilan birga qaytmasang, otamiz, onamiz bizni ko‘rib
seni so‘rasa, biz nima deb javob beramiz?
Undan ko‘ra uchovimiz birga o‘lsak bo‘lmasmidi? Endi
bizga bu jonimiz tirikligining nima keragi bor? (AYar.277).
Og‘alar uylariga borib shum xabarni ota-onalariga
aytganlarida, ota-onalari ham aytib yig‘ladilar. Ular aytgan
marsiya mana bunday:
Ötrü iliglärin örü kötürüp ulïyu sïqtayu inčä tip taqšurtïlar:
Ne ada erti adayïm,
körkläkyä / ögüküm,
Ölmäk emgäk nečükin
öŋrä / kelip erttürti.
Sintidä öŋrä / ölmäkig
bulayïn i künkiäm.
/ Körmäyin erti munї-teg
uluğ ačїğ / emgäkig.
(Keyin (ona va otalari) qo‘llarini baland ko‘tarib, yig‘lab-
siqtab shunday she’r aytdilar:
Ne balo erdi toychog‘im,
ushoqqina qo‘zim,
o‘lim azobi nima uchun
erta kelib, olib ketdi.
262
Sendan burun o‘lsam
bo‘lmasmidi, quyoshim?
Ko‘rmayin erdi muningdek
ulug‘ achchiq azobni) (AYar.281).
Muhim jihati shundaki, qadimgi she’riy matnlarning
ayrimlari yozuvda misralarga ajratib emas, nasriy matn singari
yozilgan. Buni qadimgi turk muhitida ko‘chirilgan boshqa
matnlarda
ham
kuzatamiz.
Jumladan,
“O‘g‘uzxoqon”
dostonida kechgan she’riy parchalar matnda misra va
bandlarga ajratmay yozilgan. Toshga bitilgan urxun va yenisey
matnlarini kuzatganda ham shunday holatga duch kelamiz.
Qadimgi turklardan qolgan dostonlar, she’riy asarlar, xalq
ijodi namunalari badiiy uslubga misol.
“Irq bitigi”ning uslubi qadimgi turkiy tilda badiiy
uslubning nihoyatda puxta ishlab chiqilganiga o‘rnak bo‘la
oladi. Asarda yaxshilikka yo‘yiluvchi ta’birlar
anča biliŋlär,
edgü-ol / anča biliŋ, edgü-ol / anča bil, edgü-ol / edgü-ol
;
yomonlikka yo‘yiladiganlari esa
anča biliŋlär, yablaq-ol / anča
biliŋlär, yabïz-ol
jumlalari bilan tugaydi. Jumlalar o‘ta aniq va
lo‘nda; uzoq takomillashib qiyomiga yetgan ravon bir uslubda.
Misollarga e’tibor bering:
Bir tobïlqu yüz boltï, yüz tobïlqu miŋ boltï, miŋ tobïlqu
tümän boltï, ter. Anča biliŋlär: asïğï bar, edgü-ol
(Bir to‘bilqu
yuz bo‘ldi, yuz to‘bilqu ming bo‘ldi, ming to‘bilqu o‘n ming
bo‘ldi,
–
der. Shunday bilinglar: buning foydasi bor, (belgisi)
yaxshidir).
Qan sükä barmïš, yağïğ sančmïš, köčirü, qonturu kelir. Özi,
süsi ögirä sebinü ordusïŋaru kelir, ter. Anča biliŋlär
–
edgü-ol
(Xon jangga bordi, yovni yengdi. Ko‘chirib, qo‘ndirib
qaytmoqda. O‘zi va lashkari sevinib o‘rdasi tomon kelayotir.
Bilib qo‘ying
–
bu yaxshi).
Adïğlï toŋuzlï art üzä soqušmïš ermiš. Adïğïŋ qarnï
yarïlmïš, toŋuzuŋ azïğï sïnmïš, ter. Anča biliŋ
–
yablaq-ol
(Ayiq
263
va to‘ng‘iz qoya ustida to‘qnashdilar. Ayiqning qorni yorildi,
to‘ng‘izning oziq tishi sindi,
–
der. Buni biling
–
yomondir).
Eki öküzüg bir boqarsïqa kelmiš. Qamsayu umatïn turur,
ter. Anča biliŋ
–
yablaq-ol
(Ikki ho‘kizni bir omochga
qo‘shdilar. Ularning yurishga majoli yo‘q,
–
der. Shunday
biling
–
buning belgisi yomon).
Bularning bari qadimgi turk adabiy tilida badiiy uslub
o‘lchovlari puxta ishlab chiqilganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |