284
ustalarning mehnatiga talab katta bo‘lgan va e’tiborli kishilar
xotirasiga qabrtosh yasash uchun ular taklif etilgan.
Shakli, ishlanishiga ko‘ra turli davrlarda yaratilgan
qabrtoshlar bir-biridan ajralib turadi. Qabrtoshlarning yuksak
darajada
ishlangan, klassik turi sandiq ko‘rinishidadir. Biz
ularni shartli ravishda “sandiqbichimli” qabrtoshlar deb atadik.
Shunday atalsa-da, ularning tepa qismi bo‘rtgan, ayvon
peshtoqi ko‘rinishida. Hatto toshning to‘rt ustuni ham
ko‘pincha saroy ustunlari shaklida. Umumiy ko‘rinishi eski
turkiston arxitekturasiga tegishli bo‘lgan chiroyli bir uyni
eslatadi. Bunda chuqur ma’no mujassam: qabr o‘likning uyi
degan qarash bor. Sandiqbichimli qabrtoshlar,
XIV-XVI
asrlarda keng tarqalgan. Yodgorlik shakli, uning bezaklari
marhumning tirikligi chog‘ida jamiyatda tutgan mavqei va
yoshiga ham bog‘liq bo‘lgan. Xonlar, sultonlar, amirlar,
shayxlar qabriga o‘rnatilgan toshlar nihoyatda chiroyli va
salobatli. Ularni o‘z davrining ajoyib
arxitektura obidalari
sanash mumkin.
Qabrtoshlarning yana bir xili “beshikbichimli” toshlardir.
Ular beshik ko‘rinishida ishlangan (kishi chaqaloqligida
beshikda ulg‘aygani singari uning so‘ng yeri ham beshikday
osoyishta bo‘luvi tilangan buning bilan). Ba’zilari ikki
bo‘lakdan iborat: asosi sandiqbichimli ishlanib, usti beshik
ko‘rinishida. Beshiktoshlarning tarixi ham uzoq. Bunday
toshlar ham kishining
tirikligidagi darajasi, yoshiga qarab
ishlangan. Ayniqsa, o‘spirin va go‘dak o‘tganlarning
qabrtoshlari kichik va bejirimligi bilan ajralib turadi.
Shartli ravishda “relsbichimli” deb atalayotgan qabrtoshlar,
nisbatan, keyingi davrlarga tegishlidir. Ular ko‘rinishdan
qirqma temir yo‘l relsiga o‘xshaydi. Shakli jo‘n, bezaklari ham
yo‘q hisob. Marhumning tiriklik chog‘ida nisbatan quyiroq
amalda o‘tganidan dalolat beradi. Iqtisodiy tanazzul davrida
bunday toshlar kengroq tarqalgan.
285
Shakli, ishlanishi jihatidan Qashqadaryo viloyatining
Qamashi tumanida joylashgan Hazrati Langar ziyoratgohidagi
qabrtoshlar boshqa qabrtoshlardan butkul ayrilib turadi.
Maqbara ichidan bir necha qabr joy olgan. Birinchi qabr ustiga
tobutbichimli tosh qo‘yilgan. Lekin
tobutbichimli toshning
yozuvi yo‘q. Toshning bosh tomoniga tepasi mehrob shaklidagi
toshlavh (stela) tiklangan. Marhum xotirasiga atalgan yozuv
mana shu toshlavhda.
Ikkinchi qabr ustidagi yodgorlikning ko‘rinishi ham
shunday. Qabrning bosh tomoniga lavh tiklanib, yozuv ana shu
lavhga bitilgan. Lavhning ters yog‘iga ham ramka ishlanib,
ostiga mehrob chizilgan. Ramkaga
Dostları ilə paylaş: