Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


289
YETTINCHI BO‘LIM. MATNLAR 
 
M a t n n i o‘ q i b o‘ r g a n i sh u ch u n e n g k e r a k l i t u 
sh u n ch a l a r: 
transkripsiya, transliteratsiya, ilk matn, asarning 
hozirgi o‘zbek tiliga o‘girmasi, asar tarjimasi

T i l ta r i x i o‘ q i t u v ch i l a r i u ch u n k o‘ r s a t m a l a r:
Hurmatli o‘qituvchilar! Talabalarning matn ustida ihlashi uchun 
Sizning ko‘magingiz kerak bo‘ladi. Bunda quyidagi ko‘rsatmalarga 
e’tibor qilmoqlig‘ingizni so‘raymiz: 
Lutfan berilgan matnlarni talabalaringizga bir boshdan o‘qiting. 
Talabalaringiz matnni o‘qish bilan barobar hozirgi o‘zbek tiliga 
o‘girsinlar. Qiynalgan o‘rinlarda kitobda berilgan o‘zbekcha 
o‘girmalardan 
foydalanishlari 
mumkin. 
Kerak 
bo‘lsa, 
o‘z 
o‘girmalarini kitobdagi o‘girmalarga qiyoslab borishlari uchun yo‘l 
bering. 
Lutfan matndagi unutilgan, eski so‘zlarning lug‘atini tuzdiring. 
Ma’ruzalaringizda ham, mashq darslarida ham matnlardan 
misollar olib ishlating. 
Talabalaringiz o‘zlarining kurs ishlari, bitiruv-malakaviy hamda 
magistrlik 
ishlarida 
berilgan 
matnlardan 
foydalanishlariga 
ko‘maklashing.
 
TO‘NYUQUQ BITIGI 
Yodgorlik Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida yashab o‘tgan davlat 
arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig muallifi 
To‘nyuquqning o‘zidir.
Bitigning yozilgan sanasi aniq emas. Ba’zi olimlar u 712–716 
yillar orasida yozilgan, ba’zilar 720, ayrimlar 725–726 yillarda 
bitilgan deya taxmin qiladilar. U. Sertkaya matnda kechgan tarixiy 
voqealarni tahlil qilar ekan, bitig, taxminan, 732–734 yillar orasida 
yozilgan, degan xulosaga keldi. Uning ko‘zqarashicha, To‘nyuquq 
bu kezlar 85 yoshlarda bo‘lgan (Sertkaya 1995,119–128). 
Yodgorlik Mo‘g‘ulistondagi Bain Sokto manzilidan topilgan. 
Hozir ham tiklangan joyida. U 62 satrli bo‘lib, bir-biriga qaratib 
tiklangan ikki to‘rt qirrali toshga yozilgan (nashrlariga qarang: 


290
Maлов 1951; Orkun 1987,99–124; Aбдураҳмонов, Рустамов 
1982,65–86; Aманжолов 2003,176–185). 
Quyida keltirilayotgan matn bitigning Orhun kitobida berilgan 
fotosi asosida tayyorlandi (Orhun.47–56).

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin