Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk o‘g‘uz beklari, xalqi eshiting!



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Turk o‘g‘uz beklari, xalqi eshiting!
Yuqoridan osmon 
bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, davlatingni, 
hukumatingni kim buzdi? ..... (23) o‘kin, ko‘rguliging uchun, 
tarbiya qilgan dono xoqoningni, yemirilgan, ketgan ezgu 
davlatingga. O‘zing yanglishding, (oraga) yomonni kirgizding. 
Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib 


314
surib ketdi? Qutlug‘ O‘tukan yish ......... (24) bording, g‘arbga 
borolguncha bording. Borgan yerda ezgulik shu bo‘lsa kerak: 
qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day (uyulib) yotdi, bek 
bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang joriya 
bo‘ldi. (Buni) bilmagani uchun ...... (25) Boshlab qirqiz 
xoqonining balbalini tikdim. 
Turk xalqining oti, dong‘i yo‘qolmasin deya otam xoqonni, 
onam xotunni ko‘targan Tangri, el bergan Tangri turk 
xalqining oti, dovrug‘i yo‘q bo‘..... (26) xoqon qilib o‘rnatdi. 
Mol-mulkli xalqqa (xoqon) bo‘lmadim. Ichi oshsiz, tashi 
to‘nsiz, bechorahol xalq uzra (xoqon) bo‘ldim. Inim Kul tigin 
bilan so‘zlashdik. Otamiz, amakimiz qoz[ongan] ....... (27) 
deya turk xalqi uchun tun uxlamadim, kunduz o‘tirmadim. 
Inim Kul tigin bilan, ikki shad bilan o‘la-yita (zafar) qozondim. 
Shu xilda (zafar) qozonib, uyushgan xalqni o‘t-suv qilmadim. 
Men ...... (28) ketgan xalq o‘la-yita yayov, yalang‘och qaytib 
keldi. Xalqni tarbiyalayin deya shimolga o‘g‘uz xalqi tomon, 
sharqqa qitan, tatabi xalqi tomon, janubga tabg‘ach tomon 
ulug‘ lashkar [bilan] o‘n ikki .... (29) keyin, Tangri yorliqasin, 
qutum bor uchun, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni 
tiriltirib, oyoqqa qo‘ydim. Yalang xalqni to‘nli, qashshoq 
xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim. Panohtalab 
davlatlida, ..... (30) xalqni butunlay do‘st qildim, yovsiz qildim 
(?), butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi 
shunday hokimiyatni qozonib, inim Kul tigin (Yaratganning 
O‘ziga) kerak bo‘ldi [ya’ni vafot etdi]. 
Otam xoqon o‘lganda inim Kul tigin yet...... (31) Umaydek 
onam xotun baxtiga inim Kul tigin er (degan) ot qozondi. O‘n 
olti yoshida amakim xoqon davlatini, hokimiyatini shu xilda 
qozondi. Olti chub [viloyat] sug‘dlari tomon qo‘shin tortdik, 
tor-mor qildik. Tabg‘ach o‘ng tutuq besh t..... (32) Kul tigin 
yayov otilib hujum qildi. O‘ng tutuq yo‘lboshchisini yaroqli 
qo‘li bilan tutdi, yaroqlangan holda xoqonga tortiq qildi. U 
cherikni o‘shanda yo‘q qildik. Yigirma bir yoshida Chacha 


315
Sunga urush qildik. Eng avval Tadqas cho‘rning bo‘z ..... (33) 
o‘ldi. Ikkinchi (bor) Ishbara Yamtar bo‘z otini minib hujum 
qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. Uchinchi (bor) Yagansil bekning 
yasatilgan to‘riq otini minib hujum qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. 
Yarog‘iga, yopinchig‘iga yuzdan ortiq o‘q bilan urdi. Badanga 
boshiga bir t....... (34) hujum qilganini, turk beklari, yaxshi 
bilasiz. U lashkarni yo‘q qildik. Undan keyin yer bayirqu[li] 
Ulug‘ Erkin yov bo‘ldi. Uni quvib, Turgi Yarg‘un ko‘lda tor-
mor qildik. Ulug‘ Erkin ozgina yigiti bilan qochib ketdi. Kul 
tigin ..... (35) .....[yoshi]da Qirqiz tomon qo‘shin tortdik. Nayza 
botimi qorni yorib, Ko‘gman yishga ko‘tarilib yurib, qirqiz 
xalqini qo‘qqisdan bosdik. Xoqoni bilan Sunga yishda jang 
qildik. Kul tigin Bayirquning [oq ayg‘irini] (36) minib otilib 
hujum qildi. Bir erni qo‘li bilan urdi, ikki erni biryo‘la sanchdi. 
O‘sha kurashda Bayirquning oq ayg‘irining kuragini sindirib 
urdi. Qirqiz xoqonini o‘ldirdik, davlatini oldik. O‘sha yili 
turgash .... (37) ko‘tarilib, Ertis daryosini kechib yurdik. Turgas 
xalqini qo‘qqisdan bosdik. Turgas xoqon qo‘shini Bo‘luchuda 
o‘tday-bo‘ronday keldi, jang qildik. Kul tigin Bashg‘u (laqabli) 
bo‘z otini minib hujum qildi. Bashg‘u bo‘z k..... (38) tutqazdi. 
Ikkisini o‘zi oldirdi. O‘shanda yana (jangga) kirib, Turgas 
xoqon(ning) vazirini, az tutug‘ini qo‘li bilan tutdi. Xoqonini 
o‘shanda o‘ldirdik, elini oldik. Turgas qora xalqi butunlay taslim 
bo‘ldi. U xalqni Tabarda qo‘........ (39) So‘g‘daq xalqini 
tuzatayin deya Yinchu o‘guzni kechib, Temir qopiqqa qadar 
lashkar tortdik. Shundan keyin qora turgas xalqi yov bo‘lgan 
Kangras tomon bordi. Bizning lashkar(imizning) oti oriq, ozig‘i 
yo‘q edi. Yomon kishi er...... (40) alp er bizga (?) hujum qilgan 
edi. O‘shanday zamonda o‘kinib, Kul tiginni oz er bilan izlatib 
yubordik. Katta jang qilibdi. Alp Shalchi oq otini minib hujum 
qilibdi. Qora turgas xalqini o‘shanda o‘ldiribdi, qo‘lga olibdi. 
Qaytib yurib ........ 
Kb 


316
(1)........ bilan, Qushu tutuq bilan jang qilibdi. (Uning) 
jangchilarini xo‘p o‘ldiribdi, uy-joyini ....... hujum qilib 
butunlay keltirdi. 
Kul tigin yigirma yetti yoshida qarluq xalqi begonalashib 
[orada ziddiyat chiqib], yov bo‘ldi. Tamg‘iduq bashda jang 
qildik. (2) Kul tigin o‘sha jangda o‘ttiz yashar edi. Alp Shalchi 
(laqabli) oq (oti)ni minib, otilib hujum qildi. Ikki erni 
birvarakayiga sanchdi. Qarluqni o‘ldirdik, (qo‘lga) oldik. Az 
xalqi yov bo‘ldi. Qora ko‘lda jang qildik. Kul tigin o‘ttiz bir 
yashar edi. Alp Shalchi (laqabli) oq (oti)ni (3) minib, otilib 
hujum qildi. Az Eltabarni qo‘lga tushirdi. Az xalqi o‘shanda 
yo‘q bo‘ldi. 
Amakim xoqonning davlati zaiflashganda, xalq nochor 
qolganda izgil xalqi bilan jang qildik. Kul tigin Alp Shalchi 
oqini minib, (4) otilib jang qildi. U ot o‘shanda tush....... Izgil 
xalqi o‘ldi. To‘quz o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi. Ko‘k-er fitnali 
bo‘lgani uchun yov bo‘ldi. Bir yilda besh bora jang qildik. 
Boshlab, To‘g‘u shahrida jang qildik. (5) Kul tigin Azman 
oqini minib, otilib hujum qildi. Olti erni sanchdi, lashkar 
hujumida 
yettinchi 
erni 
qilichladi. 
Ikkinchi 
marta, 
Qushlag‘aqda [ ]z bilan jang qildik. Kul tigin Az kul rang 
(ot)ini minib, otilib hujum qilib, bir erni sanchdi, (6) to‘qqiz 
erni qurshab urdi. [ ]z xalqi o‘shanda o‘ldi. Uchinchi bor
Bo‘l.........nda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin Azman oq 
(ot)ini minib hujum qildi, sanchdi. Lashkarini sanchdik, 
davlatini oldik. To‘rtinchi bor, Chush boshida jang qildik. Turk 
(7) xalqi oyoqdan qoldi, yomon bo‘ladigan edi. Ilgari kelgan 
lashkarini Kul tigin turg‘izib otlantirib, bir qavm alp o‘n erni 
To‘nga tigin azasida qurshab olib o‘ldirdik. Beshinchi bor, 
Azganti Qadanda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin (8) Az kul 
rang (ot)ini minib hujum qildi, ikki erni sanchdi. Shaharga 
bormadi. O‘g‘uz o‘shanda o‘ldi. ....... qo‘rg‘onda qishlab, 
bahorda O‘g‘uzga lashkar (bilan) chiqdik. Kul tiginni beklarga 
bosh qilib jo‘natdik. O‘g‘uz dushman o‘rdani bosdi. Kul tigin 


317
(9) O‘gsuz (laqabli) oq(ot)ini minib to‘qqiz erni sanchdi. 
O‘rdani bermadi. 
Xotima 
Onam xotun, keyingi onalarim, akalarim, kelinlarim, 
xonzodalarim, buncha(ngiz) ham tirigi(ngiz) cho‘ri bo‘lar edi, 
o‘ligi(ngiz) vayronada, yo‘lda yotib qolar edingiz. 
(10) Kul tigin bo‘lmaganda butunlay o‘lar edingiz. Inim 
Kul tigin vafot etdi, o‘zim alam chekdim; ko‘rar ko‘zim 
ko‘rmasdek, bilar bilimim bilmasdek bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning 
nuri ketdi, es-hushimdan og‘dim], o‘zim alam chekdim. Umrni 
Tangri belgilaydi. Inson bolasining bari o‘lguchidir. (11) 
Shunchalik alam chekdimki, ko‘zda yosh kelsa, azob berib 
ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim. 
Ikki 
shad 
keyingi 
ini-jiyanim, 
o‘g‘lonim, 
beklarim, 
xalqim(ning) ko‘zi-qoshi yomon bo‘ladi deb qayg‘urdim. 
Azachi, yig‘ichi, qitany tatabi xalqini boshlab (12) Udar 
sangun keldi. Tabg‘ach xoqondan Isyi Liki keldi. Bir tuman 
ipak, oltin, kumushni sonsiz keltirdi. Tuput xoqondan bo‘lun 
keldi. Janubda kunbotardagi sug‘d barchalar(?), uch qora ulus 
xalqidan Nang sangun, O‘g‘ul tarqan keldi. (13) O‘n o‘q 
o‘g‘lim Turgas xoqonidan Maqarach tamg‘achi, O‘g‘uz Bilga 
tamg‘achi keldi. Qirqiz xoqonidan Tardush Inanch-cho‘r keldi. 
Bino quruvchi, naqsh solingan bitigtosh yasovchi tabg‘ach 
xoqonining chanqani(?) Chang Sangun keldi. 
K.III 
Kul tigin qo‘y yilida, [birinchi oyning?] o‘n yettinchi 
(kuni)da o‘ldi. To‘qqizinchi oy(ning) yigirma yettisida azasini 
o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitigtoshini maymun yilida, 
yettinchi oy(ning) yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kul 
tigin u......... qirq yetti yosh (?) tosh .......... buncha naqshni 
Tuyg‘un Eltabar keltirdi. 
Ks 


318
(1) Inanchu bobo Yarg‘an tarqan otini ......... (2) Qurdanni 
o‘rdi. Inim Kul tigin ........ mehnatini, kuchini bergani uchun 
turk Bilga xoqon yerida inim Kul tiginni kuzatib o‘tirdim. 
Ilova 
[Y o ‘ l l u g ‘ t i g i n s o ‘ z i ]: 
K.II 
Buncha bitigni bitiluvchi Kul tiginning jigari Yo‘llug‘ tigin 
bitdim. Yigirma kun o‘tirib, bu toshga, bu binoga to‘liq 
Yo‘llug‘ 
tigin 
bitdim. 
Panohtalab 
o‘g‘loningizga, 
tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz, vafot 
etdingiz. Tangri yashatuvchidir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin