Mazmuni
Muqaddima
[B i l g a x o q o n s o ‘ z i ]:
1
Bu so‘zni boshqa nashrlarda
Buqaraq
deb o‘qiganlar.
*
Toshning xitoycha yozuvli yog‘idagi ushbu turkiy matn
mazmuni bitigning asosiy qismiga to‘g‘ri keladi. U Bilga xoqon
tilidan so‘zlanmoqda. U qayerdan olingani aniq bolmagani uchun
shu o‘rinda keltiramiz.
309
Ka
(1)
Ko‘kday (ulug‘vor) Tangridan (inoyat) topgan [
ya’ni
Tangrining inoyatiga erishgan / Tangrining inoyati bilan
] turk
[
ya’ni bahodir
] Bilga xoqon bu taxtga o‘tirdim.
So‘zimni
tugal eshitgil ketimdagi ini, jiyanim, o‘g‘lonim, ittifoq,
urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit beklar, chapdagi tarxanlar,
buyruq beklar, o‘ttiz ......(2) to‘qqiz o‘g‘uz beklari, xalqi, bu
so‘zlarimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla.
Oldinga – kun chiqarga, o‘ngga – janubga, orqaga – kun
botarga, chapga – shimolgacha bo‘lgan oraliqdagi xalq
butunlay menga qaraydi. Shuncha xalqni (3) shod etdim. U
endi yovuz emas. Turk xoqoni O‘tukan yishda tursa, elda
tashvish yo‘q.
Sharqqa – Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim,
dengizga bir oz yetmadim. Janubga – To‘quz arsanga qadar
lashkar tortdim, Tuputga bir oz yetmadim. G‘arbga – Yinchu
o‘guzni (4) kechib, Temir qopiqqa qadar qo‘shin tortdim.
Shimolga – Yer Bayirqu yerigacha qo‘shin tortdim, shuncha
yerga qadar yurish qildim. O‘tukan yishda yaxshi hokim yo‘q
ekan. Elni tutg‘uchi yer O‘tukan yish ekan. Bu yerda o‘tirib,
tabg‘ach xalqi bilan (5) murosa qildim.
Oltin, kumush, ichkilik, ipakni son-sanoqsiz berayotgan
tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, ipakligi nafis ekan. Shirin so‘zi,
nafis ipakligi bilan avrab, yiroq xalqni shunday yaqinlashtirar
ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz bilimini u yerda ko‘rsatar
ekan. (6) Yaxshi, dono kishini, yaxshi, bahodir kishini tinch
qo‘ymas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi-
yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis shoyisiga
aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding. Turk xalqi, ayriming janubga
Chug‘ay yish, To‘g altun (7) dashtiga manzil qilay desa, turk
xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan:
yiroq bo‘lsa, yomon ipaklik berur, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipaklik
berur, deya shunday pishiqlar ekan. Bilimsiz kishi u so‘zni
olib, [o‘sha gapga inonib] yaqin borib, ko‘p kishi o‘lding. (8) U
310
yerga borsang, turk xalqi, o‘lajaksan. O‘tukan yerda turib
karvon yuborib tursa, hech bir tashvish yo‘q. O‘tukan yishda
turilsa, mangu elni tutib turajaksan. Turk xalqi, to‘kis
ishonuvchisan. Sodda bilan ayyorni ajratmaysan. Bir
tutoqsang, soddani ham ayamaysan. O‘shandayliging (9) uchun
(seni) ardoqlagan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga
tarqab ketding. U yerda xo‘p g‘oyib bo‘lding, badar ketding.
O‘shandan qolganing har yerda xo‘p o‘lib-tirilib yurar eding.
Tangri yorliqagani uchun, qobiliyatim, baxtim bor uchun
xoqon bo‘ldim. Xoqon bo‘lib, (10) yo‘q, qashshoq xalqni
butunlay oyoqqa qo‘ydim. Qashshoq xalqni boy qildim, oz
xalqni ko‘paytirdim. Yoki bu so‘zimda yolg‘on bormi?
Dostları ilə paylaş: |