Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Mazmuni 
(1) Bilga To‘nyuquq-man. O‘zim Tabg‘ach elida voyaga 
yetdim. (O‘sha kezlar) turk xalqi Tabg‘achga qaram edi. 
(2) Turk xalqi xonini topolmay, (avvaliga) Tabg‘achdan 
ayrildi, o‘z xoniga ega bo‘ldi, (keyin yana) xonini qo‘yib, 


295
Tabg‘achga qayta qo‘shildi. Tangri shunday degan shekilli: 
“Xon berdim, (3) xoningni qo‘yib, taslim bo‘lding”. Taslim 
bo‘lgani uchun tangri “o‘l” degan [ya’ni qarg‘agan] shekilli, 
turk xalqi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi, turk sir xalqi yerida (4) 
(hech bir) urug‘ qolmadi. To‘qayda, tog‘u toshda qolgani 
to‘planib, yetti yuz kishi bo‘ldi. Uning ikki bo‘lagi otliq edi, bir 
bo‘lagi yayov edi. Yetti yuz kishini (5) xushyor qiladigan 
ulug‘i shad edi. “Yig‘il!” – dedi. Yig‘adigani men edim – bilga 
To‘nyuquq. Xoqonni-mi qistayin dedim, (so‘ng) o‘ylab 
qoldim: “(Birov) turuq buqa bilan semiz buqani tezagidan (6) 
bilsa, (birov bu) semiz buqa, (bu) turuq buqa deya bilmas 
emish [ya’ni semiz buqa bilan turuq buqani ajratolmas ekan]”, 
– deb shunday o‘yladim. O‘shandan so‘ng, tangri bilim bergani 
uchun, o‘zim-oq xoqonni qistadim. Bilga To‘nyuquq bo‘yla 
bag‘a tarqan (7) bilan Eltaris xoqon topishib [birgalashib], 
janubda tabg‘achni, sharqda qitanni, shimolda o‘g‘uzni ko‘plab 
o‘ldirdi. Bilimdoni, chabisi mening o‘zim edim. Chug‘ay 
quzini, Qoraqumni (egallab) turar edik. (8) Kiyik yeb, 
tovushqon yeb kun kechirar edik, xalqning bo‘g‘zi to‘q edi. 
Dushmanimiz tegrada qanot yoydi, biz shay edik. Shunday 
yashar erk eli.
O‘g‘uzdan (sir bilish uchun jo‘natilgan) ko‘ruvchi (qaytib) 
keldi. (9) Ko‘ruvchining xabari shunday: “To‘quz o‘g‘uz xalqi 
ustidan (bir) xoqon taxtga o‘tirdi, – der, Tabg‘achga Qo‘ni 
sangunni yuboribdi, Qitanga To‘ngra Semni yuboribdi. 
(ulardan) shunday xabar aytib yuboribdi: “Ozgina turk xalqi 
(10) yurgan emish, xoqoni alp ekan, kengashchisi dono ekan. 
O‘sha ikki kishi bor bo‘lsa, seni – tabg‘achni o‘ldirajak, 
deyman, shimolda qitanni o‘ldirajak, derman, meni – o‘g‘uzni 
(11) ham o‘ldiradi, deyman. Tabg‘ach, sen o‘ngdan hujum qil! 
Qitan, sen oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay. Turk 
sir xalqi yerida ega yurmasin. Uddalansa, egasini yo‘q qilaylik, 
(12) derman”. O‘sha xabarni eshitib, tun uyqum kelmadi, 
kunduz o‘ltirgim kelmadi. Shundan keyin xoqonimga o‘tindim. 


296
Shunday o‘tindim: “Tabg‘ach, o‘g‘uz, qitan – bu uchovi qamal 
qilsa, (13) (qurshovda) qolajakmiz, (xuddi) vujudning ichu 
tashini tutgandek bo‘lamiz. Yupqa narsa yengishga arzimas 
emish, ingichka narsa uzishga arzimas, ingichka qalin tortsa, 
yengadigan alp ermish, ingichka (14) yo‘g‘on tortsa, uzadigan 
alp emish. Sharqda qitandan, janubda tabg‘achdan, g‘arbda 
qurdandan, shimolda o‘g‘uzdan ikki-uch ming urush qilib 
keladigan lashkarimiz bormidi, nima?” – shunday o‘tindim. 
(15) Xoqonim men o‘zim bilga To‘nyuquqning o‘tinmish 
o‘tinchimni eshitib turdi, (keyin): “Ko‘nglingga qarab ish tut”, 
– dedi.
Ko‘k o‘ngni yuqorilab (lashkarni) O‘tukan yishga soldim. 
Inigak ko‘lini kechib To‘g‘ladan o‘g‘uz keldi. (16) Lashkari 
uch ming ekan, biz ikki ming edik, urushdik. Tangri yorliqadi, 
qochirdik, daryoga tushdi. Qochgan yo‘lida yana o‘ldi chog‘i. 
Shundan so‘ng o‘g‘uz butunlay (taslim bo‘lib) keldi.
(17) Keltirdim ham turk xalqini O‘tukan yerga men o‘zim 
bilga To‘nyuquq. O‘tukan yerga qo‘nibdi, deb eshitib, 
janubdagi xalq, g‘arbdagi, shimoldagi, sharqdagi xalq keldi.
(18) Ikki ming edik biz, ikki (to‘da) cherik bo‘ldi. Turk 
xalqi el bo‘libdiki, turk xoqoni taxtga kelibdiki, Shantung 
shahriga, dengizu daryolarga [katta suvlarga] yetgani yo‘q edi. 
Xoqonimga o‘tinib, lashkar eltdim. (19) Shantung shahriga, 
dengizu daryolar[katta suvlar]gacha yetkazib bordim. Yigirma 
uch shahar mag‘lub bo‘ldi. Uyqusini buzib, yurtida yengilib 
qolar edi. Tabg‘ach xoqon yovimiz edi, o‘n o‘q xoqoni 
yovimiz edi. (20) Qo‘shilib, qirg‘iz kuchli xoqon ham bizga 
yov bo‘ldi. O‘sha uch xoqon fikrlashib: “Altun yish uzra 
bostirib boraylik, – debdi, shunday fikrlashibdi. – Sharqqa – 
turk xoqoniga lashkar tortaylik, – debdi. – Unga lashkar 
tortilmasa, g‘azablangan chog‘da, u bizni (yengadi), (21) 
xoqoni alp ekan, kengashchisi dono ekan, g‘azablangudek 
bo‘lsa, o‘ldiradigan ko‘rinadi. Uchovlab yopirilib, lashkar 
tortaylik, uni yo‘q qilaylik”, – debdi. Turgash xoqon shunday 


297
debdi: “Mening xalqim u yerda, – debdi. – (22) Turk xalqi ham 
sarosimadadir, – debdi. – O‘g‘uzi ham tarqoqdir”, – debdi.
O‘sha xabarini eshitib, tunlari uyqum kelmas edi, 
kunduzlari o‘tirgim kelmas edi. Shunday o‘yladim: “A ... (23) 
... a lashkar tortaylik ..., – dedim. Ko‘gman yo‘li bitta ekan, 
bekilgan [qor bosgan], deb eshitib: “Bu yo‘ldan yursak, 
yaramaydi”, – dedim. Yerchi [bu yerlarni biladigan kishi] 
so‘radim. Cho‘llik az kishini topdim. (24) “O‘zim az, yerim 
...”, uni bil ... ekan, bir turar joyi bor ekan. “Ani (daryosi) bilan 
borgan, o‘sha yerda tunab, bir otlig‘ (yo‘l) bosadi”, – deganda: 
“O‘sha yo‘l bilan yurilsa, ma’qul”, – dedim, shunday xayol 
qildim.
Xoqonimga (25) o‘tindim, lashkarni yo‘lga soldim, “ot 
sol!” – dedim. Aq tarmalni kechib ildam yo‘lladim, otga 
mindirib qorni kechdim. Yuqoriga otni yetaklab, yayov, 
yog‘ochga tayanib (tepalikka) chiqardim. Oldindagi erlar (26) 
yuqori ko‘tarilib butalar bor tepalikdan oshdik. Qiynalib indik. 
O‘n kecha deganda yondagi to‘siqni aylanib o‘tdik. Yerchi 
yo‘lni yanglishib, bo‘g‘izlandi. Xafa bo‘lib xoqon: “Elib ko‘r, 
– dedi. – (27) Ani suvidan boraylik”.
O‘sha suvning quyi tomoniga bordik, (lashkarni) sanagali 
tushirdik, ot(lar)ni butalarga boylar edik. Kunu tun yelib 
bordik, qirqizni (g‘aflat chog‘ida) qo‘qqisdan bosdik. (28) 
Lashkar jag‘ini ochdik [xayoxuy soldik]. Xoni, lashkari terildi, 
jang qildik, sanchdik, xonini o‘ldirdik. Xoqonga qirqiz xalqi 
taslim bo‘ldi, yukundi. Qaytdik, Ko‘gman yishni aylanib 
keldik.
(29) Qirqizdan qaytdik. Turgash xoqondan (sir bilish uchun 
jo‘natilgan) ko‘ruvchi (qaytib) keldi. (Keltirgan) xabari 
shunday: “Sharqdan xoqonga lashkar yo‘llaylik, – debdi. – 
Yo‘llanmasa, u bizni (yengadi), xoqoni alp ekan, kengashchisi 
dono ekan, g‘azablangudek bo‘lsa, (30) bizni o‘ldirajak 
ko‘rinadi, – debdi. – Turgash xoqoni maydonga chiqibdi, – 
debdi. – Tabg‘ach lashkari (ham) bor ekan”.


298
O‘sha xabarni eshitib, xoqonim: “Men uyga tushib chiqay, 
– dedi. (31) Xotun o‘lgan edi. – Uning marosimini o‘tkazay, – 
dedi. – Lashkar, boring! – dedi. – Altun yishda o‘tiring, – dedi. 
– Lashkarboshi Inal xoqon, tardush shadi borsin”, – dedi. Bilga 
To‘nyuquqqa – menga aytdi: (32) “Bu lashkarni elt, – dedi. – 
Sahiyligu qattiqqo‘llikni ko‘nglingga qarab qil, men senga 
nima ham derdim, – dedi. – (Yov) kelar bo‘lsa, dovrug‘li 
erlarni yo‘lla, kelmas ersa, gap-so‘zini [sirini], xabarini olib 
tur”, – dedi. 
Altun yishda o‘rnashdik. (33) Uch ko‘ruvchi kishi keldi, 
so‘zi bir: “Xoqoni lashkar bilan maydonga chiqdi, o‘n o‘q 
lashkari bekamu ko‘st maydonga chiqdi, – der. Yaris dashtida 
terilaylik”, – debdi. O‘sha xabarni eshitib, xoqonga o‘sha 
xabarni aytib yubordim, “qanday qilay?” degan xabarni 
yetkazib, (javobini olib) qaytib (34) keldi. “Tek turing! – degan 
emish. – Yelma, pistirmani yaxshilab mustahkamla, (yovga) 
bostirib qo‘yma”, – debdi. Bo‘gu xoqon menga shunday aytib 
yuboribdi, apatarxonga [bosh qo‘mondonga] maxfiy xabar 
yuboribdi: “Bilga To‘nyuquq (yov qarshisida) yovuz [o‘jar, tap 
tortmas], o‘zi-yoq anglaydi [o‘z bilganini qiladi]. (35) Lashkar 
tortaylik deganiga unamang”. O‘sha xabarni eshitib, lashkarni 
yo‘lga soldim. Altun yishni yo‘lsiz oshdim, Ertish daryosini 
kechiksiz kechdik, tun to‘xtamadik. Bo‘luchuga tong ottirib 
yetib bordik. 
(36) Gap-so‘zini [sirini] bilib keltirgan xabari shunday: 
“Yaris dashtida o‘n tuman [yuz ming] lashkar terildi”, – der. 
O‘sha xabarni eshitib, beglar yoppasiga: (37) “Qaytaylik, halol 
(kishining) uyati yaxshi [or-nomusini saqlagani yaxshi]”, – 
dedi. Men shunday derman, men bilga To‘nyuquq: “Altun 
yishni oshib keldik, Ertish daryosini (38) kechib keldik. 
Kelgani alp, deganlar. (Yov bizni) tuymadi. Tangri Umay, 
muqaddas yer-suv bosib bergan shekilli, nega tezarmiz (39) 
(yovni) ko‘p deya, nega qo‘rqarmiz, (o‘zimizni) oz deya. Qani, 


299
bosaylik, hujum qilaylik”, – dedim. Hujum qildik, tor-mor 
qildik.
Ikkinchi kun keldi, (40) yong‘inday qizib keldi, urushdik. 
Biznikidan ikki qanoti yarimcha ortiq edi. Tangri yorliqagani 
uchun ko‘p deya, biz (41) qo‘rqmadik, urushdik. Tardush shadi 
aralashdi. Tor-mor qildik, xoqonini tutdik, yabg‘usini, shadini 
(42) o‘sha yerda o‘ldirildi. Elliktacha erni tutdik, o‘sha 
kechadayoq (ularni) xoqoni tomon jo‘natib yubordik. O‘sha 
xabarni eshitib, o‘n o‘q beglari, xalqi yoppasiga (43) keldi, 
bosh egdi. Kelgan beklarini, xalqini tartibga solib, yig‘ib, 
ozgina xalq qochgan edi, o‘n o‘q lashkarini jangga yubordim. 
(44) Biz ham lashkar tortdik, uni quvdik, Yinchu o‘guzni 
kechib Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘ni ... (45) Temir 
qopiqqacha quvib bordik, o‘sha yerdan qaytardik.
Inal xoqonga ... arab, to‘xrini ... (46) O‘shanda boshiga 
yoriq dubulg‘a kiygan so‘g‘daq xalqi yoppasiga keldi, o‘sha 
kuni urush qildi. Turk xalqi Temir qopiqqa, (47) Tinsi o‘g‘li 
yotadigan toqqa yetdi, egasi yo‘q ekan. O‘sha yerga men – 
bilga To‘nyuquq yetkazib borganim uchun (48) sariq oltin, oq 
kumush, qiz-juvon, egri tuya, ipaklik hadsiz keltirdi.
Eltarish xoqon allomasi bilan bo‘lgani uchun, (49) alpi 
bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga o‘n yetti bor jang qildi, 
Qitanga yetti bor jang qildi, O‘g‘uzga besh bor jang qildi. 
O‘shanda kengashchi (50) ham mening o‘zim edim, 
urushuvchisi ham men edim. Eltarish xoqonga ..., turk Bo‘gu 
xoqonga, turk Bilga xoqonga ... (51) Qapag‘an xoqon ... tun 
uxlamadi, (52) kunduz o‘tirmadi, qizil qonimni tugatib, qora 
terim yugurtib, mehnatimni, kuchimni berdim-ku, axir. Men 
o‘zim uzoqlarga bosqinni ham uyushtirdim-ku, axir. 
(53) Qo‘ng‘ir qo‘y, oq otni ulg‘aytirdim. Bosadigan yovni 
poymol qilg‘uchi edim. Xoqonim bilan lashkar tortdik, tangri 
yorliqasin!
(54) Bu turk xalqiga yaroqli yovni keltirmadim, yalovli 
otini yugurtirmadim.


300
Eltarish xoqon zafar qozonmaganida, (55) uning bilan 
mening o‘zim zafar qozonmaganimda, yurt ham, xalq ham 
yo‘q bo‘lar edi. (Xoqon) zafar qozongani uchun, mening 
xushyorligim, zafar qozonganim uchun, (56) el ham el bo‘ldi, 
xalq ham xalq bo‘ldi.
O‘zim qaridim, ulg‘aydim.
Har yerdagi xoqonli xalqqa, (57) don-duni bor bo‘lsa, nima 
g‘ami bo‘lardi? 
(58) (Ushbu bitigni) turk Bilga xoqon elida yozdirdim men 
bilga To‘nyuquq. 
(59) Eltaris xoqon zafar qozonmaganida, yo‘q bo‘lganida, 
men o‘zim bilga To‘nyuquq zafar qozonmaganimda, men 
bo‘lmaganimda, (60) Qapag‘an xoqon turk sir xalqi yerida 
bo‘y ham, xalq ham, kishi ham ega bo‘lmas edi. (61) Eltaris 
xoqon, bilga To‘nyuquq zafar qozongani uchun Qapag‘an 
xoqon turk sir xalqi yurgan bu ...
(62) Turk Bilga xoqon turk sir xalqini, o‘g‘uz xalqini 
boshqarib turibdi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin