328
o‘g‘lonlar yaralgandan buyon,
qancha yozuq qilgan, (52)
yanglishgan bo‘lsak, buncha ko‘p jonzodga qanchalik qahr-
g‘azab (53) qilgan bo‘lsak, tangrim endi bu o‘n xil yozuqdan
(54) qutqargin deya o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan!
Yettinchi (bo‘lim).
(55) Yana yozuq qilib ikki og‘uli yo‘l
boshiga, do‘zax eshigiga, (56) ozdiruvchi yo‘lga, kim desa:
birinchi – yolg‘on qonunu odatlarni (57)
tutuvchi, ikkinchi –
yana shaytonu iblislarga tangri deb sig‘inuvchi (58) yozuq
qilib, tangrim, haqiqiy tangrini, chin qonunlarni (59) bilmay,
anglamay, burxonlar, pok ruhoniylar da’vat
qilsalar, (60)
topinmay,
aksincha, qayta
yozuq qilib
xudojo‘yman,
ulamoman deb (61) har kimsaga ergashib, uning so‘zini olib,
qancha yanglishib, ro‘za (62) tutgan bo‘lsak, qancha
yanglishib, topingan bo‘lsak, qancha yanglishib (63) ehson
qilgan bo‘lsak, yana savob ishlar qilamiz deb, yanglishib, (64)
qancha yovuz ishlar qilgan bo‘lsak,
yana shaytonu iblislarga
(65) tangri debon (ularning haqiga) tirik jonivorlarni o‘ldirib,
topingan bo‘lsak, yana (66) burxon deb soxta aqoidga
topingan, inongan bo‘lsak, (67) (ulardan) qut tilab yukungan
bo‘lsak, tangriga yozuq qilib, shaytonga (68) topingan bo‘lsak,
tangrim endi o‘kinurmiz, yozuqdan xalos etgin deya (69)
o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan!
Dostları ilə paylaş: