Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ziBJzisi esiz yabïz –  so‘zma-so‘z “bechora yovuz”, ko‘chma ma’noda “faqir”,  LvQziBJzisi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ziBJzisi
esiz yabïz
– 
so‘zma-so‘z “bechora yovuz”, ko‘chma ma’noda “faqir”, 
LvQziBJzisi
esiz yabïz qul
– “faqir qul” ma’nosini bildiradi. 
Xat bitish odobiga ko‘ra, bituvchi, kotib kamtarlik bilan o‘ziga 
shunday sifatni ep ko‘rgan. O‘rnak keltiradigan bo‘lsak, 
“Rohatu-l-qulub” asarini ko‘chirgan kotib o‘zini 
kātibu-l-faqir 
Mansur baxšï
deb atagan va b. Shulardan kelib chiqib


273
yuqoridagi hujjat mazmunini quyidagicha talqin qilish 
mumkin: (1) Yana beshinchi oyning o‘n sakkizinchisida (2) 
Bilig Ko‘ngul (3) sangun boshlab keldi. Yabash (4) tutuq, 
Bo‘zach tutuq, O‘ra (5) Bo‘rt tutuq, Altun (6) Tay sangun 
(uning) yordamchilaridir. Oti (7) O‘z Apa tutuq. So‘ngra butun 
(8) dovrug‘li-obro‘li o‘ttiz er (9) keldik. Bir ko‘n, bir qo‘y, (10) 
ikki kup sharob (keltirdik). Bituvchi (11) faqir qul bitidim. (12) 
Otim Bag‘atur Chigshi. 
 
TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SANA VA UNING 
AYTILISHI 
Yozma yodgorliklarda sanani aytishning yo‘li o‘ziga 
yarasha: biror voqeaning sanasi ko‘rsatilganda avval yil, keyin 
oy, so‘ngra kun aytiladi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u 
bilig” asarida 
yïl-ay-kün
degan atama qo‘llanilgan. Buning 
ma’nisi “taqvim”dir. Muhim jihati, bu atama shu turishida 
sanani aytish ketma-ketligini aks ettirgan.
Qadimgi turklarda muchalyil sanog‘i amal qilgan. Ko‘k 
turklarda oylarning oti yo‘q: ular tartib ko‘rsatkichi bilan 
yurtilgan. Bir misol. Kul tigin bitigining yakunida sarkarda Kul 
tigin o‘limining va uning xotirasiga atab o‘tkazilgan yo‘g‘ 
marosimining sanasi shunday beriladi: Kül tigin qoñ yïlqa, yeti 
yigirmikä učdï. Toquzunč ay yeti otuzqa yoğ ertürtimiz. – Kul 
tigin qo‘y yilida, (birinchi oyning) o‘n yettinchi kunida (=731 
yil, 27 fevral) o‘ldi. To‘qqizinchi oyning yigirma yettisida 
(=731 yil, 1 noyabr) yo‘g‘ marosimini o‘tkazdik (K.III). 
E’tibor berilsa, birinchi sanada oy ko‘rsatilgan emas, faqat kun 
qayd etilgan. Nechanchi oy to‘g‘risida so‘z borayotganini 
keyingi jumladan bilish mumkin. Keyingi jumlada yilning 
to‘qqizinchi oyi (toquzunč ay) qayd etilgan. Demak, avvalgi 
jumlada yilning birinchi oyi ko‘zda tutilmoqda. 
Turkiy yozma yodgorliklarda sana, ko‘pincha, asar 
yakunidagi ta’rixda qayd etiladi. “Ta’rix” asli “sana” demakdir. 
Lekin sharq manbashunosligida asar oxiridagi yakuniy 


274
ma’lumotlarni “ta’rix” deyish rusum bo‘lgan. Sababi, 
matnning yakuniy ma’lumotlar keltiriladigan bo‘limida 
(ta’rixda) uning sanasi keltiriladi. Ta’rixda asarning bitilgan 
(yirik asarlarda ularning ko‘chirilgan) sanasi, kotibi, yeri 
to‘g‘risidagi ma’lumot berilgan bo‘ladi. Sana ta’rixning 
birinchi, shuning bilan birga, eng kerakli komponentidir. 
Ilmiy 
terminologiyada 
ta’rixni 
kolofon
(rus 
manbashunosligida “выходные данные”) yoki 
datum
ham 
deyiladi.
Turkiy yozma yodgorliklarda ta’rixni berish tartibi har xil: 
masalan, tilxatlarda keltirilgan ta’rix yorliqlardagi ta’rixdan 
ayricha. Yorliqlar, tarixiy yoki badiiy asarlardagi ta’rix uch 
komponentdan tuzilgan bo‘ladi: sana, matnni ko‘chiruvchi 
kotibning oti, matn bitilgan yer. Turkiy ta’rix ana shu 
komponentlarning birligidan iborat.
An’anaga ko‘ra, ta’rixdan avval asar tugaganligi qayd 
etiladi. Bu gap 
tügädi // tügändi
yoki 
tamām boldï
so‘zlari 
bilan boshlanadi. Yoki gapning kesimi 
tamām boldï, bitildi

uning kotibi qayd etilgan bo‘lsa, 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin