Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

“SUTRA USLUBI”
 
Yozma matnlar ichida diniy-falsafiy asarlarning uslubi ham 
ajralib turadi.
Buddizm davrida Sharq xalqlarining adabiy aloqalari 
kuchaydi, tarjima adabiyot yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘sha 
kezlar turkiy tilga sanskrit, tohar, sug‘d, xitoy tillaridan ko‘plab 
budda asarlari tarjima qilingan. Muhimi, ana shu adabiy 
aloqalar etkisida turkiy adabiyotda yangi janrlar yuzaga keldi, 
ko‘k turk yozma adabiyotidan ayricha o‘laroq, diniy qonunlarni 
bayon etuvchi yirik voqeaband asarlar yaratila boshladi. Badiiy 
adabiyotdagi ushbu jarayon yozma adabiy tilda yangi bir 
uslubning yuzaga keluviga olib keldi: turkiy tilning uzoq asrli 
an’analari negizida budda asarlarigagina xos bo‘lgan, o‘ziga 
yarasha yangi bir uslub shakllandi. Buni shartli ravishda “sutra 
uslubi” deb atashimiz mumkin. O‘sha chog‘larning diniy 
qonunlarni bayon etuvchi adabiy asarlari – no‘m bitiglar ana 
shu uslubda. “Maytri simit no‘m bitig”, “Oltun tusli yorug‘”, 
“Syuan-szan kechmishi” singari asarlarining uslubi bunga 
misol. 
“Sutra uslubi” budda diniy-falsafiy asarlari uchun 
xoslangan bir uslubdir. Uning o‘ziga xosligi, birinchi galda, 
atamalar tizimida ko‘zga tashlanadi. Budda asarlarida diniy 
atamalar tizimi puxta ishlab chiqilgan. Atamalarning katta bir 
qismi matn talabi bilan sanskrit va asar tarjima qilinayotgan 
boshqa tillardan o‘zlashgan. Muhimi, turkiy tilda burundan 


264
qo‘llab kelinayotgan turkiy so‘zlar ham atama vazifasida 
qo‘llanilishi mumkin. “Sutra uslubi”da chet tildan olingan 
tayyor jumla, birikmalar ham uchrab turadi. 
“Sutra uslubi”da bitilgan matnlar o‘zining badiiyligi, tasvir 
vositalarining ustalik bilan ishlatilgani, bayon shaklining ravon 
va aniqligi bilan ajralib turadi. Budda matnlari qadimgi turk 
badiiy adabiyotining sara namunalari qatoridan joy olgan. 
Misol sifatida “Oltun tusli yorug‘” sutrasiga kiritilgan “Tigin 
va tishi bars qissasi”da elig xon ta’rifiga bag‘ishlangan bir 
jumlani ko‘rib chiqamiz: 
Ol yemä Maxaradi elig xan ertiŋü uluğ bay barïmlïğ, 
tsaŋlarï ağïlïqlarï ï tarïğ, ed tawar özä tolu, alp atïm sülüg 
küčiŋä tükällig, törttin sïŋar yer orunuğ iymiš basmïš, öküškä 
ayatmïš ağïrlatmïš, ürük uzatï köni nomča törüčä bašladačï, 
imärigmä qamağ bodunïn qarasïn ašmïš üklitmiš, qoptïn sïŋar 
yağïsïz yawlaqsïz erti 
(AYar.270). 
Ushbu jumlada badiiy uslubning xarakterli belgilari ko‘zga 
yaqqol tashlanadi. Bir jumlaning o‘zida so‘zlarni juftlash 
orqali yangi-yangi ma’nolar hosil qilinmoqda. Qadimgi turkiy 
tilda keng amal qilgan ushbu usul matn badiiyligini, uning 
o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda yangi ma’nolarni 
yuzaga chiqaruvchi juftliklarni birma-bir ko‘rib chiqaylik. 
So‘zlarning juft holda anglatayotgan ma’nolariga e’tibor 
bering: 
bay barïmlïğ
– birgalikda “boy-badavlat, davlatmand” 
ma’nosini beradi; 
ï tarïğ – ï
so‘zi qadimgi turkiyda “o‘simlik”, 
tarïğ
bilan juft holda qo‘llanilib, “don-dun” ma’nosini beradi; 
ed tawar
– “mol-mulk”degani; 
alp atïm – alp
– “alp, bahodir”, 
atïm
– “mergan”, birgalikda “shavkatli” ma’nosini beradi; 
yer 
orun
– birgalikda “el, mamlakat” ma’nosida; 
iy- bas

“hukumronlik qilmoq” ma’nosida; 
ayat- ağïrlat
- “ko‘pning 
hurmatini qozongan” degani; 
ürük uzatï
– “uzoq, uzoq 
zamonlar” ma’nosida; 
nomča törüčä – nom
– “qonun, qoida”, 
törü
– “siyosat”, birgalikda “qonun-qoidalar asosida, adolat 
bilan” ma’nosini beradi; 
bodun qara
– “avom, xalq” 


265
anglamida; 
aš- üklit
- “xalqni oshirgan, ko‘paytirgan” degani. 
Qadimgi turkiy adabiyotda xoqonlarning elsevarligi, uning qo‘l 
ostida xalq tinch yashab, o‘zidan ko‘payganligi ta’riflanganda 
shuning singari so‘zlardan foydalanilgan; 
yağïsïz yawlaqsïz
– 
yağï
– “yov”, 
yawlaq
– “yovuz”, juft holda “yovsiz-yovuzsiz” 
degan ma’noni anglatadi. Bu birikma adabiyotda yon-veridagi 
ellar bilan totuv yashagan xoqonlar ta’rifida keltiriladi. 
Juft so‘zlarning yuqorida keltirilgan ma’nolariga tayanib, 
yuqoridagi matnni hozirgi tilimizga o‘girib ko‘ramiz. U 
shunday bo‘ladi: “O‘sha Maxaradi elig xon behad ulug‘, boy-
badavlat, omboru xazinalari don-dun, mol-mulkka to‘la, alpu 
mergan, kuchli cherikka ega, to‘rt tomondagi ellarni o‘ziga 
bo‘ysundirgan, ko‘pning hurmatini qozongan, uzoq yillar 
adolatli siyosat yuritgan, bo‘ysungan barcha ellarning xalqini 
ko‘paytirgan, yon-veri butunlay yovsiz-yovuzsiz edi”.
Matndan uzilmay, keyingi jumlani o‘qiymiz: 
Ol antağ 
osuğluğ čoğluğ yalïŋlïğ küčlüg küsünlüg elig xannïŋ uluğï 
xatunïnta toğmïš körgäli sewiglig, körklüg meŋizlig üč oğlanï 
erti 
(AYar.270). 
Ushbu jumlada: 
čoğluğ yalïŋlïğ
– juft holda “kuch-qudratga 
ega” ma’nosini beradi; 
küčlüg küsünlüg
ham avvalgi 
birikmaning sinonimi. Bari birgalikda, uyushiq holda 
“shavkatli, cheksiz kuch-qudratga ega” degan ma’noni beradi; 
körklüg meŋizlig
– asli “chiroyli” ma’nosida, lekin so‘z yigitlar 
to‘g‘risida borayotgani uchun uni “istarasi issiq” deb 
o‘girganimiz yaxshi. Ana shularni inobatga olganda jumlaning 
ma’nosi quyidagicha bo‘ladi: “Ana o‘shandayin shavkatli, 
cheksiz kuch-qudratga ega bo‘lgan elig xonning katta xotinidan 
tug‘ilgan ko‘hli-suyukli, istarasi issiq uch o‘g‘loni bo‘lar edi”. 
Yana bir jihati, budda muhitida yaratilgan nasriy 
matnlargina emas, she’riy asarlar ham “sutra uslubi”da ijod 
qilingan. Budda she’rlari matnlarning o‘zida 
küg, taqšut, küg 
taqšut, šlok, padak
atamalari bilan qayd etilgan. Bularning har 
biri qadimgi turk she’riyatining o‘ziga xos turlari bo‘lib, matn 


266
tuzilishi, qatorlardagi bo‘g‘inlar soni, qofiya tizimi, ritmi bilan 
ajralib turadi. Biroq ularni 
hozirgi o‘lchovlar 
bilan 
o‘lchamaslik kerak. Ular qadimgi turkiy poetik uslubining 
talablari, yozma adabiy til me’yorlaridan kelib chiqqan holda 
yuzaga kelgan. Hatto qofiya tizimi ham ayricha. Qadimgi turk 
she’rlarida satrboshi qofiya tizimi amalda bo‘lib, yetakchi 
ritmni ham ana shular ta’minlaydi. 
Qadimgi turk diniy-falsafiy asarlarini bitishda shakllangan 
va muqum bir qolipga tushgan adabiy til an’anasi diniy asarlar 
tilida asrlar osha saqlanib keldi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin