Mavzu: Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari Mundarija



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/17
tarix09.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#110305
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish


Mavzu: Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari


Mundarija


Kirish 2
I Bob. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari 4
1.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etish usullari 4
1.2. O‘qish darslarida nasriy asarlar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari 11
1.3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish ustida ishlash 20
II Bob.Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlashda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish va ularning ta’limiy ahamiyati 25
2.1. Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish orqali oʻquvchilar nutqini oʻstirish metodikasi 25
2.2. Boshlang’ich sinf o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish 32
2.3. Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati 37
Xulosa 47
Foydalanilgan adabiyotlar 49


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.1
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”2 degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, Milliy oʻquv dasturi asosida 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi va hamda ushbu fanga "yashashni oʻrgatadigan fan" deya ta’rif berilmoqda.. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning toʻrt koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Boshlangʻich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar oʻquvchilarning lugʻat boyligini oʻstirishga, imlodan savodxonligini oshirish va nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari
Kurs ishining obyekti. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning asosiy usul va vositalari. O‘qish darslarida nasriy asarlar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari.
Kurs ishningi predmeti. Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlashda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish va ularning ta’limiy ahamiyati. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning asosiy usul va vositalari

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin