Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari
2. Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlashda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish va ularning ta’limiy ahamiyati
3. Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asarlarni tahlil qilish orqali oʻquvchilar nutqini oʻstirish metodikasi
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs ishining metodologik asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Talim togʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi” Boshlangʻich ta’lim konsepsiyasi, metodist psixolog, didakt olimlarning muammo yuzasidan qayd etgan qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tarbiyaga oid fikrlari.
Kurs ishi tuzilishi:Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, oltita paragraf va qilingan xulosalardan iborat. Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun toʻplangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
I Bob. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari
1.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida nasriy asarlarni o‘qishni tashkil etish usullari
Boshlang‘ich sinflarda nasriy asarlarni o‘qish o‘quvchida nutqiy malakalarni shakllantirish, dunyoqarashini o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xususiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyliklari etishmaydi.3 O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini tashkil etish amaliyotida yetakchilik qiluvchi ta‘lim texnologiyalaridan asosiysi o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatiga tayangan hamkorlik texnologiyasidir. Ta‘limning har qanday bosqichida, u boshlang‘ich sinflarda bo‘ladimi, yuqori yoki oliy maktabda bo‘ladimi, o‘qituvchi bilan ta‘lim oluvchi orasidagi munosabatni tashkil etish muammosi barcha davrlarda ham o‘ta dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Mazkur munosabatlarni hamkorlik darajasiga ko‘tarishning nazariy asoslari dunyo miqyosida pedagogik sinergetika doirasida tadqiq etiladi. Bu ta‘lim beruvchi uchun ham, ta‘lim oluvchi uchun ham o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuv bo‘lib, o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarini davr talablari darajasida to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq yangicha dunyoqarashdir. Sinergetika (yunoncha sunergetika – hamkorlik, hamjihatlik) – tizimlarning o‘z-o‘zini mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi, o‘zo‘zini boshqarish, dunyoviy hodisalarni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini mustaqil tarzda bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur usulidir.4 Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi Amerika qo‘shma shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta‘lim muassasalarida keng qo‘llaniladi. Tom ma‘noda, pedagogik hamkorlik masalasi hamisha dunyo didaktlari va pedagoglarini qiziqtirib kelgan. Jumladan, rus olimi V. M. Myasishevning qarashlarida shaxs – o‘zaro hamkorlik va boshqalar bilan munosabat asnosida o‘zligini namoyon etishi ta‘kidlanadi. O‘tgan asrning 80 – 90-yillarida B. F. Lomov: ―insonning individual xususiyatlari jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyati asnosida namoyon bo‘ladi‖, deya ta‘kidlagan edi.5 Maktab o‘quvchilarida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘quvchining qiziqish doirasi, dunyoqarashi, psixologik holatidan kelib chiqqan holda tanlanishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari uchun material tanlashning quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim:
1. Asar matni bola yoshiga muvofiq tanlanishi lozim;
2. Asar matni adabiy til normalariga muvofiq, izchil va ravon usulda bo‘lishi lozim;
3. Asarda tuyrli grafik belgilar, rasmlar bo‘lishi lozim;
4. Asar matniga muvofiq o‘qituvchi tomonidan obrazli o‘xshatishlar, misollar keltirilishi lozim.
Ma’lumki, sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining asosiy salmog‘ini ertaklar tashkil etadi. Ertak tanlashda o‘qituvchi o‘quvchining dunyoqarashini inobatga olishi va unda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ertaklarni tanlashi maqsadga muvofiq. Shuningdek, ertaklarni o‘qish va ularni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarining shakllanishi bolada muammo va yechim masalasidagi dastlabki ko‘nikmalari shakllanishi yordam beradi.Nasriy asarlarni o‘qitishda o‘qituvchi turli ta’lium metodlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, darsning xususiyatidan kelib chiqib metodlar to‘g‘ri tanlanishi lozim:
Xususan quyidagi ertak matni bo‘yicha sinfdan tashqari o‘qish topshiriqlarini belgilash tartibini ko‘rib chiqamiz: