Boshlangʻich sinfda oʻqish darslarida nasriy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlari
Echki va podachi Podachi adashib qolgan Echkini podaga qaytarib kelish uchun rosa qidiribdi. U hushtak chalibdi, surnay chalibdi. Ammo bularning foydasi bo‘lmabdi: orqada qolib ketgan Echki bu tovushlarga ahamiyat bermabdi. Oxiri, podachi unga tosh otibdi, Echkining shoxi sinibdi. Shunda podachi Echkidan bu haqda xo‘jayiniga aytmaslikni iltimos qilibdi.
Echki shunday deb javob beribdi:
— Ey, esi yo‘q odam, men indamaganim bilan shoxlarim hammasini aytib qo‘yadi-ku!
Qissadan hissa: Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
poda-ot, qo‘y, mol galasi, to‘dasi;
Podachi- ot, qo‘y, mol galasi, to‘dasini boshqaruvchi odam.
Kasal so‘zini biz quyidagi so‘zlar bilan ham ifodalashimiz mumkin:
Savollar:
1. Podachi nima uchun echkining shoxini sindirib qo‘ydi?
2. Podachi nima uchun xo‘jayiniga aytmaslikni iltimos qildi?
3. Echki podachiga qanday javob berdi?
4. Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi maqolida nimani tushundingiz?
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlariga turli asotirlar, maqollar, topsihmoqlarni o‘qish, ularni qayta hikoya qilish yoki yodlash topshiriqlarini berish ham mumkin.
Sinfdan tashqari o‘qish nafaqat bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, bali ularda mantiqiy mushohada yuritish, kitobga muhabbat, ezgu fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan muhim vositalardan biri. Shu bois maktab darslarida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlariga alohida urg‘u berish muhim ahamiyat kasb etadi. Asar bilan tanishtirish uchun rasmlardan, turli tasvirlardan, animatsion roliklardan yoki multfilmalaridan foydalansih mumkin. Bu esa bolada asarni o‘qib ko‘rishga ishtiyoqni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Turli didaktik rivoyatlar, hikoyatlar, topishmoq, metal va masallar o‘quvchida ahloqiy me’yorlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday bola dunyoni o‘z aql prizmasida idrok etadi. Bu idrok kitoblar orqali boyitilsa, o‘quvchining mantiqiy fikrlashi, mushohada yuritishi oshib boradi.