Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


“VAQT” TUSHUNCHASI BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
“VAQT” TUSHUNCHASI BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR 
Qadimgi turkiy tilda “zamon, davr, vaqt” ma’nosida 
öd

“vaqt, fursat, chog‘” ma’nosida
tuš
so‘zi ishlatilgan. 
Qadimgi turklar o‘tgan zomonni 
oza~uza, ertä
degan. 
O‘sha zamonga oidlik 
ozaqï~uzaqï, ertäki
deyilgan. Masalan: 
bu bir söz ozaqï urulmïš masal. – Bu bir so‘z burungi aytilgan 
maqol (AH.164). Hazirgi 
uzaq
so‘zimizda ham shu ma’no 
saqlanib qolgan. Yoki: 
ozayïl
– “uzoq yil, o‘tgandan avvalgi 
yil” degani. 
Kelasi zamon 
kedinki
deyilgan. Buning o‘zagi 
ket
ga 
bog‘lanadi: 
ket~ked~keδ>ketin~kedin~keδin>ketin~kedin 
~keδin.
Ko‘k turklarda Yerning aylanishi, vaqt o‘tishi, tabiat 
o‘zgarishi bilan bog‘liq holda yil, oy kunlar farqlangan. 
“Vaqt” tushunchasi mantiqiy va lingvistik jihatdan voqea-
hodisaning kechgan zamoni hamda vaqt o‘lchovlarini bildiradi. 
Voqea-hodisaning kechgan zamoni, odatda, fe’llarda aks etadi. 
Fe’llarning zamon kategoriyasida harakat vaqti, uning 


236
so‘zlanayotgan paytga nisbatan uch zamonda (o‘tgan, hozirgi 
va kelasi zamonda) ekanligi anglashilib turadi. Fe’llar masdar 
shaklidagina zamonni bildirmaydi. 
Gapdagi fe’ldan voqea-hodisaning zamoni anglashilib 
turadi. Harakat zamonsiz bo‘lmaydi. Biroq, so‘zlovchi 
nutqidan harakat zamonining aniq bir muddati anglashilmasligi 
mumkin. 
Bunday 
hollarda 
nutqda 
payt 
ravishlaridan 
foydalaniladi. Payt ravishlari voqea-hodisaning kechgan 
zamoniga aniqlik kiritadi. Masalan, 
keldi
deyilganda birovning 
o‘tgan zamonda kelganligi tushuniladi. Agar 
keča keldi
deyilsa, 
harakatning kechgan zamoni aniqlashadi: bugun vayo o‘tgan 
kuni emas, aynan kecha kelgani anglashiladi. 
Vaqt aniqligini fe’lning turli shakllari bilan ham ifoda etish 
mumkin. Masalan, 
kelgän edi
deyilganda o‘sha kimsaning “bir 
zamonlar kelganligini” tushunamiz. Tilshunoslikda, bunday 
fe’l shaklini “uzoq o‘tgan zamon” deyiladi. Uchta zamonning 
ichki bo‘linishlari shuning singari yo‘llar bilan hosil qilinadi.
“Vaqt o‘lchovlari” deyilganda aniq vaqt birligini
davriylikni tushunamiz. Vaqt o‘lchovi ana shu davriylikning 
atamasidir. Tilda ushbu vazifani otlar bajaradi. 
Vaqt o‘lchovining 
aniqligini 
ifodalashda 
sonlardan 
foydalaniladi. Masalan, “oy” deganda “o‘ttiz kunlik muddat”ni 
tushunamiz. Agar “bir oy” yoki “ikki oy” deyilsa, vaqtning 
aniq bir muddati anglashiladi. Vaqtning aniqligini ifodalashda 
istalgan dona sondan foydalanish mumkin. Biroq bu masalada 
kasr sonlarning vazifasi cheklangan. Masalan, “yarim” sonini 
olaylik, uni asr, yil, oy, kun, soatga, hatto daqiqaga nisbatan 
ham qo‘llashimiz mumkin. “Yarim” deganda, odatda, o‘sha 
vaqt birligining teng yarmi tushuniladi. Endi “chorak”ni 
hamma vaqt birligiga nisbatan qo‘llay olmaymiz. Masalan, 
“chorak asr” deymiz. “Yilning choragi” deyilganda “yilning 
to‘rtdan biri – uch oyi”, qadimgi turk tasavvurlarida “fasl” 
tushuniladi. Shuningdek, “chorak soat” deyishimiz mumkin
biroq “chorak oy”, “chorak kun” tushunchasi yo‘q. 


237
Ba’zan ko‘rsatish olmoshlari, sifatdoshlar ham vaqt 
aniqligini ifodalashga xizmat qilishi mumkin. Masalan, “o‘sha 
yil”, “o‘tgan oy”, “kelasi yil” deganimizda aniq bir muddat 
anglashiladi. Bu hodisalarning bari qadimgi turkiy tilga ham 
xos.
Vaqt o‘lchovlarining darajalari bor. Qadimgi turklarda eng 
katta vaqt o‘lchovi “asr”dir. Undan quyi daraja – “yil”. 
Bulardan keyin “fasl”, “oy”, “kun” va shu tartibda maydalashib 
boradi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin