Yetikän
, Hulkar
esa
Ürkär
atalgan.
O‘n ikki burj bulardan boshqadir. Ular turg‘un yulduzlar
bo‘lib, joyi sakkizinchi falakda. Alisher Navoiy “Saddi
Iskandariy” dostonida Ollohga hamd o‘qir ekan, “Sakkizinchi
gumbazga turg‘un yulduzlarni joylading” deb yozgan edi
(SI.13).
Yusuf Xos Hojib Hamalni
Qozï
, Savrni
Ud
, Javzoni
Erändiz
, Saratonni
Qučïq
yoki
Saratan
, Asadni
Arslan
,
Sunbulani
Buğdaybašï
, Mezonni
Ülgü
, Aqrabni
Čadan
, Qavsni
Ya
, Jadiyni
Oğlaq
, Dalvni
Könäk
, Hutni
Balïq
deb atagan.
Burjlarning ayrimlari ikki xonali (juft), ayrimlari bir xonali
(toq).
Yusuf Xos Hojib burjlarning joylashish o‘rni va ketma-
ketligini quyidagicha tasvirlaydi: Qo‘zi – ko‘klam burji, so‘ng
Ud keladi. Erandiz yulduzi Quchiq bilan yaqindir. Arslon bilan
Bug‘doyboshi qo‘shnidir. Ulgu esa Chadan va Yoy bilan
eshdir. So‘ng O‘g‘laq, Ko‘nak va Baliq burjlari keladi, bular
tug‘sa, osmon yorishadi.
Bularning uchi ko‘klamgi burj, uchi yozgi, uchi kuzgi, uchi
qishki burjdir. Yusuf Xos Hojib olamning yaralishiga asos
bo‘lgan to‘rt unsurni ana shu burjlarga bog‘laydi. Uning
ta’kidlashicha, burjlarning uchtasi o‘t, uchtasi suv, uchtasi yel,
uchtasi esa tuproq bo‘ldi. Olam (
ažun
) va el shulardan yaraldi.
Ularning biri boshqasiga yovdir. Bu o‘rinda: “o‘t – suv”, “el –
tuproq” qarama-qarshiligi nazarda tutiladi. Shundan olamning
226
yaralishidagi ziddiyat qonuni yuzaga chiqadi. Shiorning badiiy
talqiniga ko‘ra, Tangri yovga yovni yo‘lladi (davosini qildi) va
o‘rtadagi adovatni kesdi. Buning oqibatida qorishmaydigan
yovlar o‘zaro yaqinlashdi, ko‘rishmaydigan yovlar orasidan
o‘ch ko‘tarildi.
Faylasuf to‘rt unsur birligini yer va ko‘kdagi jismlarda
ko‘radi. Dostonga kiritilgan maktublarning biridagi hamdda
shunday deyilgan:
Yašïl kök törütti, kötürdi e
iz,
Kün, Ay birlä yulduz bezädi be
iz.
Qu
ïsï yağïz yer yašïl suw bilä,
Örüsi süzüg yel üzä ot bilä.
(Mazmuni: Yashil ko‘kni yaratdi, yuqori ko‘tardi,
Kun, Oy, yulduzlar bilan suratini bezadi.
Quyisi kulrang yer bilan yashil suvdan iborat.
Yuqorisi suzuvchi yel bilan o‘tdan iborat.) (QB.3659–
3660).
Yusuf Xos Hojibning ta’kidlashicha, evran [ya’ni, falak]
doim evriladi [muttasil aylanadi], tezginch [ya’ni, Yer kurrasi]
tezginadi [charx urib turadi]. Muallif Allohga hamd o‘qir ekan,
yozadi:
Yarattï, kör, ewrän tučï ewrülür,
Anïŋ birlä tezginč yemä tezginür.
(Falakni yaratdi, ko‘rgin, doim aylanadi,
Uning bilan charx ham charx uradi.) (QB.122).
Yoki boshqa bir o‘rinda Tangrini alqab, “Doim aylanuvchi
bu falakni yaratdi” (
Törütti bu ewrän tučï ewrülür
) deydi shoir
(QB.3155).
Buning bilan falakning aylanishi, Yer kurrasining tinimsiz
harakatda ekaniga ishora etiladi. Koinot atamalari ham o‘z
harakati va holatiga nisbat berib yasalgan:
ewrän
hamda
ewrül
-
(aylan-) so‘zlari o‘zakdosh,
tezginč
so‘zi esa
tezgin
- (charx ur-)
fe’lidan yasalgan.
227
Shu o‘rinda muhim bir masalaga e’tibor qaratsak. Yusuf
Xos Hojib Oyni ta’riflar ekan, uning tinimsiz harakatda ekanini
alohida ta’kidlaydi. Oyning ta’rifi asar qahramonlari Kuntug‘di
elig bilan vazir Oyto‘ldi suhbatida yaxshi ochib berilgan.
Oyto‘ldi deydi:
Bu Ay ornï boldï ewi munqalïp,
Orunsuz bolur munqalïp näŋ qïlïp.
Bu Ay burjï Saratan, bu ew ewrülür,
Ewi ewrülür ham özi čewrülür.
Qayu ewkä kirsä, bu Ay terk čïqar,
Čïqarï üčün terk batarïn yïqar.
(Bu Oyning o‘rni o‘zgaruvchan uydir,
U o‘zgaruvchan harakat qilib, o‘rinsiz bo‘lib qoldi.
Oyning burji Saratondir, bu uy doim aylanadi.
Uyi aylanadi, shuning uchun o‘zi ham charx uradi.
Qaysi uyga [burjga] kirmasin, bu Oy tez qaytib chiqadi,
Chiqish uyi bo‘lgani uchun, botgan uyini tez tark etadi.)
(QB.728–730).
Oyto‘ldi, o‘z otining ma’nosini izohlar ekan, sifatini Oyga
mengzaydi:
Bu Ay tuğsa, ašnu e
i az tuğar,
Küningä be
üyür, yuqaru ağar.
Tolun bolsa, tolsa ažunda yarar,
Ažun xalqï andïn yaruqluq bulur.
Tügäl bolsa, kör, Ay bu ağsa e
iz,
Yana erlü törčir, ketär körk meŋiz.
Yaruqluqï eksür, yana yoq bolur,
Tuğar kečä a
ïn yana-oq tolur.
(Mazmuni: Oy tug‘ilganda, boshlab juda kichik tug‘iladi,
So‘ng kundan-kun ulg‘ayadi, yuqori ko‘tariladi.
To‘lin bo‘lsa, to‘lsa, olamni yoritadi,
Olam xalqi undan yorug‘liq topadi.
Oy tugal to‘lishib, eng baland ko‘tarilsa, ko‘rgin,
Yana yemirilib, kamaya boradi, yuz chiroyi ketadi.
228
Yorug‘lig‘i kamayadi, yana yo‘q bo‘ladi.
Qayta tug‘ilgach, keyin yana to‘lishadi.) (QB.716–719).
Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Oy harakatda bo‘lgani
uchun yorug‘lig‘i o‘zgarib turadi. “Kun bilan yuzma-yuz
kelganda to‘lishadi” (
Yašïq birlä otru baqïšsa, tolïr
) deya
ta’kidlaydi shoir (QB.133).
Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”da Ollohga ham o‘qir
ekan, Oyning harakatini shunday ta’riflagan edi:
Yana birni sāz äylädiŋ turfa dayr,
Anïŋ sākinïn äylädiŋ tez sayr.
Barïdïn itigräk xirāmï anïŋ,
Vale tegmäyin yergä gāmï anïŋ.
Manāzilğa bāt-bāt qïlïp intiqāl,
Atïn gah etip Badru gahi Hilāl.
(Yana bir falakdan ajoyib butxona yaratib, uning
yashovchisini sargardon qilding. Uning yurishi barcha
sayyoralardan shu qadar tezki, uning oyog‘i yerga ham
tegmaydi. Manzilini tez-tez o‘zgartirib turadi, otini ham goh
Badr [to‘lin], goh Hilol [yangi chiqqan Oy] deb o‘zgartirib
turadi) (SI.15).
Yana “Qutadg‘u bilig”ga qaytamiz. E’tiborlisi, asarda
ayrim yulduzlar to‘g‘risida so‘z ketganda ular
yurïr
(yuradi)
deb ta’riflanadi. Buning bilan ularning harakati bildiriladi.
Endi muallifning koinotdagi boshqa bir jism – Kun va
uning holati bilan bog‘liq fikrlariga e’tibor qaratamiz. Asar
qahramoni Kuntug‘di, o‘z ismining ma’nosini izohlar ekan,
sifatini Kunga o‘xshatadi. Shu o‘rinda Kunni ta’riflab, deydi:
Bu Kün burjï Arslan, bu burj tebrämäs,
Ewi tebrämäsä üčün artamas (QB.819).
(Mazmuni: Bu Kun burji Arslon [ya’ni Asad]dir, bu burj
tebranmaydi,
Uyi [ya’ni burji] tebranmaydi, shuning uchun o‘zi buzilib
kamaymaydi.)
229
Yusuf Xos Hojibning ta’rifiga ko‘ra, Kun qo‘zg‘almasdir.
Kun burji barqaror, turg‘undir.
“Kün burjï sabit turur
(Kun
burji sobit turur)” deb ta’kidlaydi olim boshqa bir yerda
(QB.818). Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi.
Boshqa bir yog‘i, muallifning ushbu fikrlari asosida katta
bir masala turibdi. Bu jumboqni shunday tushuntirish mumkin:
Falak va Yer doimiy harakatda. Kun markazda turadi, u
turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar ulug‘
olimning dunyo va uning tuzilishi to‘g‘risidagi falsafiy
qarashlarining asosini tashkil etadi.
Ma’lumki,
N.
Kopernikning
olamning
aylanishi
to‘g‘risidagi qarashlari yuzaga chiqqunga qadar, butun G‘arb
astronomiya ilmi geotsentrik nazariya ta’sirida yashar edi. U
“Er emas, Quyosh markazda turadi, Yer esa uning tevaragida
aylanadi”, deganida boshda afkor ammasi uni qo‘llab-
quvvatlamadi. Keyinchalik, ilmiy haqiqat tan olindi va uning
qarashlari fanning ulug‘ kashfiyotlari qatoridan o‘rin oldi.
Hozirgi zamon astronomiya ilmida bu kashfiyot uning nomi
bilan bog‘lanmoqda. Vaholanki, bu fikrni N. Kopernikdan
ancha burun ulug‘ mutafakkir Yusuf Xos Hojib aytib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |