Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


QADIMGI TURKIY TILGA XITOYCHADAN O‘ZLASHGAN



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

QADIMGI TURKIY TILGA XITOYCHADAN O‘ZLASHGAN 
SO‘ZLAR 
Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk o‘rta asrlar 
o‘zaro ixtiloflar, urush va bosqinlar bilangina ma’lum emas. Bu 
kezlar Xitoy va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida madaniy, 
adabiy 
aloqalarning 
rivojlanishi, 
ijtimoiy, 
savdo 
munosabatlarining o‘rnatiluviga keng yo‘l ochildi. Ushbu 
aloqalar ikki mamlakatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti, 
uluslar birdamligini ta’minlab berdi. 
Xitoy bilan Markaziy Osiyo ellari, xususan, turk davlatlari 
o‘rtasida kechgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, adabiy aloqalarni 
o‘rganishda qadimgi turkiy bitiglarning o‘rni kattadir. Ko‘k 
turk yozuvli urxun bitiglari, uyg‘ur yozuvidagi qadimgi turk 
manbalarida ushbu madaniy jarayon to‘g‘risida keng ma’lumot 
berilgan. 
Quyida turkiy yozma manbalar asosida ushbu aloqalarning 
ikki qirrasiga – turk epigrafik matnchiligida xitoy tiliga e’tibor 
masalasi hamda qadimgi turkiy tilning lug‘at tarkibidagi 
xitoychadan o‘zlashgan qatlam xususida so‘z yuritmoqchimiz.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda Xitoy eli, yurtini 
Tabğač(~Tawğač), Tabğač eli
atalgan, xitoy xoqoni – 
tabğač 
qağan
, xitoy xalqi esa – 
tabğač bodun
, xitoy tilini 
tabğač tili
deyilgan.
Birinchi va ikkinchi ko‘k turk xoqonliqlari, keyinchalik 
uning o‘rnida yuzaga kelgan uyg‘ur xoqonlig‘i va davlatlarida 
xalqaro mavqega ko‘tarilgan sug‘d, xitoy tillariga e’tibor katta 
edi. Ayniqsa, monumental matnlarni bitishda, turkiy til bilan 


213
barobar, sug‘d, ora-chora, xitoy tilidan ham foydalanilgan. 
Buning yorqin misolini 732 yili sarkarda Kul tigin xotirasiga 
tiklangan yodgorlikda kuzatishimiz mumkin. Yodgorlikning 
to‘rtala yuzida yozuvi bor: Sharqqa qaragan yuzi, ikki yoni, 
toshning qirralariga ko‘k turk harflari bilan turkiy matn 
bitilgan; G‘arbga qaragan yuzidagi matn esa xitoycha
 
(MTA.26–29). Yodgorlikdagi turkiy matnni ko‘k turk 
adabiyotining yirik namoyandasi, yozuvchi va tarixnavis 
Yo‘llug‘ tigin bitgan. Xitoycha matnning muallifi esa xitoy 
generali Changdir. Ushbu matnni u xitoy imperatorining 
ko‘rsatmasiga ko‘ra yozgan. Turkiy bitigda uning oti 
Čaŋ 
säŋün
deya qayd etiladi. Otiga qo‘shilayotgan 
säŋün
so‘zi 
uning harbiy unvoni bo‘lib, “general” ma’nosini beradi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, 735 yili Bilga xoqon xotirasiga 
tiklangan yodgorlikda ham xitoy tili e’tibordan chetda qolgani 
yo‘q. Ushbu qabrtoshning Sharqqa qaragan yuzi va ikki 
yonidagi matn turkiy tilda. G‘arbga qaragan yuzida esa 
xitoycha matnning o‘rni bor. Biroq, tosh parchalanib ketgani 
uchun xitoycha yozuvi hozir saqlangan emas (MTA.94–95).
Markaziy Osiyo yerlarida, xususan, qadimgi turk 
davlatlarida uch tilli yodgorliklar ham yaratilgan. Shulardan 
biri 3- Qorabalg‘asun bitigi oti bilan mashhur. To‘quz o‘g‘uz 
(uyg‘ur) xoqoni Alp Bilga xotirasiga atab 820–821 yillarda 
o‘rnatilgan ushbu yodgorlikning matni uch tilda: turkiy, 
sug‘dcha va xitoychada (MTA.222–226). Bu esa turk muhitida 
(harqalay, zodagonlar ichida va rasmiy doiralarda) monumental 
matnlarni biryo‘la nufuzli tillarning bir nechtasida bitish 
an’anasi uyg‘ur xoqonlig‘i davrida ham saqlanganidan belgi 
beradi. 
Shu o‘rinda ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan til 
vaziyati bilan bog‘liq muhim bir hodisani ta’kidlash kerak. 
Ma’lumki, tarixiy yodgorliklarning biryo‘la bir necha tilda 
yozilishiga ayni ellardagi til vaziyati ham sabab bo‘lgan. 
Qadimda O‘rta va Markaziy Osiyoning turli yerlarida, turklar 


214
bilan aralash yashagan sug‘d, tohar, qadimgi xorazm muhitida 
turk-sug‘d, turk-tohar, turk-qadimgi xorazm ikki tilliligi amal 
qilganligi yozma manbalardan ayon. Biroq, turk-xitoy yoki, 
keyinchalik, turk-arab 
bilingvizmi 
amal qilgan, deya 
olmaymiz. Bizningcha, turkcha matnlarda xitoychaning aralash 
ishlatilishi, ko‘proq, siyosiy vaziyat, davlat siyosati, qolaversa, 
Xitoy davlatining ta’siri va xitoy tilining xalqaro maydonda 
tutgan o‘rni bilan belgilangan.
Yana bir jihati, butun Markaziy Osiyoni kesib o‘tgan 
Buyuk ipak yo‘lida turkiy hamda sug‘d tillari xalqaro til 
sifatida amal qilgan. Ammo xitoy tili ushbu savdo yo‘lida, 
o‘zaro munosabatlarda xalqaro mavqega erishgan deya 
olmaymiz.
Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlari tarixida buddizm 
davri ajralib turadi. Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy 
Osiyoda buddizmning yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va 
adabiy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta’sirini ta’minlab 
berdi. Ushbu ijtimoiy-tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy 
xalqlarning qadimgi xitoy madaniyati bilan yaqindan 
tanishuviga, adabiy aloqalarning yuksaluvi, turkiy dunyoda
xitoyshunoslikning fan sifatida yuzaga kelib, taraqqiy etishiga 
imkon tug‘dirdi. 
Turkiy 
muhitga 
buddizmning 
tarqalishi, 
boshlab, 
tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Turkiy xalqlar 
buddizm diniga sig‘ingan chog‘larda xitoy tilidan qadimgi 
turkiy tilga ko‘plab diniy-falsafiy, tarixiy, badiiy asarlar, 
tabobatga tegishli kitoblar tarjima qilingan. Vaziyat taqazosi 
bilan turklarning o‘qimishli kishilari ichidan xitoy tilining 
bilimdonlari, sharqshunos olimlar yetishib chiqdi. Shulardan 
biri X asrda yashab ijod etgan xitoyshunos olim Singqu Seli 
(~Shingqu Sheli) tudungdir.
Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda 
kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi 
atamalar bilan boyishiga yo‘l ochdi. Xitoy tilidan diniy va 


215
falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san’ati, 
madaniyati, adabiyotshunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim 
yo‘nalishlariga tegishli atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi.
Tabiiyki, o‘zlashgan so‘zlar turkiy tilning qolipiga, talaffuz 
o‘lchovlariga 
solingan. 
Masalan, 
xitoycha 
Kun-
futszi(Konfusiy)ni turklar 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin