Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

mahayana, tayšiŋ
(bularning biri sanskritcha, ikkinchisi 
xitoychadan o‘zlashgan) yoki 
uluğ kölüŋü
deb atalgan. 


210
Xinayana mazhabi esa 
kičig kölüŋü
atalgan. 
Kölüŋü
– qadimgi 
turkiy tilda “yo‘l, mazhab” degani; 
uluğ kölüŋü
– “dinning 
keng tariqati” (большая колесница), 
kičig kölüŋü
– “kichik 
tariqat” (малая колесница) ma’nosini anglatadi. 
Qadimgi turk, qolaversa, ushbu o‘lkalarda yashovchi 
xalqlarda amal qilgan buddizmning o‘ziga yarasha jihatlaridan 
yana biri shundaki, boshlab buddizm xudosiz din bo‘lgan. 
Biroq turklarning bunga qadar amal qilgan inonchlarida butun 
olamni va tirik mavjudotni yaratgan tangri (
yaratmïš täŋri

tushunchasi bor. Qadimgi turk buddizmining muhim belgisi, 
unda turklarning bundan burungi diniy-falsafiy tushunchalariga 
tayangan holda, xudo (
täŋri
) yaratildi. Turk-buddistlar 
tushunchasida 
täŋri täŋrisi
– “oliy tangri, Budda”. Buddani 
ulug‘lab, 
tükäl bilgä täŋri täŋrisi burqan
“tugal dono, tangrilar 
tangrisi, Burxon” ham deganlar. 
Täŋri täŋrisi (=skr. 
Devātideva)
hamda 
tükäl bilgä
“tangrilarning tangrisi, tugal 
dono” – Buddaning sifatidir: 
Täŋri täŋrisi Burqan
– Tangri 
tangrisi Burxon (Budda).
Beš yol
– besh yo‘l. Bu atama “do‘zah, jin-alvasti, hayvon, 
inson va xudo”ni bildiradi.
Beš čaxšapit~beš čaqšapat (čaqšapat
– 
besh aqida: “gunohsiz bo‘lish; vujud pokligi; bo‘g‘iz pokligi; 
yomonlik qilmaslik; shod yo‘qsil bo‘lish” demakdir.
Altï yol
– olti yo‘l, yashashning olti shakli. Budda aqidasiga 
ko‘ra, jonzodlar tiriklig chog‘ida qilgan yaxshi va yomon 
amallariga qarab olti bor tug‘ilish va o‘lish imkoniga ega 
bo‘ladilar. Bu nom ana shu tushunchani anglatadi.
Tört toğum
– to‘rt tug‘ilish: 1) tuxumdan tug‘ulish, 2) 
qorindan tug‘ulish, 3) namlikdan tug‘ulish, 4) mavhumlikdan, 
yo‘q narsadan tug‘ulishni anglatadi.
On karmapt (karmapt 
. Bu atama budda 
yo‘lidagi o‘n ezgulik: 1) jonivorlarni o‘ldirmaslik, 2) o‘g‘rilik 
qilmaslik, 3) zino qilmaslik, 4) o‘zgalarga ayb chaplamaslik, 5) 
ichkilik ichmaslik, 6) yolg‘on so‘zlamaslik, 7) masxaradan xoli 


211
bo‘lish, 8) hasad qilmaslik, 9) achchiqlanmaslik, 10) xato va 
yomon xayollarga bormaslikni bildiradi. 
On türlüg paramit (paramit
ham o‘n 
nojo‘ya harakatdan o‘zni tiyishga ishoradir. Bular: 1) 
jonivorlarni o‘ldirmaslik, 2) o‘g‘rilik qilmaslik, 3) zino 
qilmaslik, 4) o‘zgalarni masxara qilmaslik, 5) ichkilik 
ichmaslik, 6) zebu ziynatga berilmaslik, 7) qo‘shiq 
tinglamaslik va raqs tushmaslik, 8) yumshoq to‘shakda 
yotmaslik, 9) man qilingan taomlarni yemaslik, 10) mol-
dunyoga berilmaslik. 
Üč etöz
– Buddaning uch xil obrazini, uch xil qiyofada 
namoyon bo‘lishini anglatadi. 
Üč ödki
– uch zamon: bu atama buddizmdagi “uch 
zamonga tegishli” (o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon) 
tushunchasini beradi (=Triskāla). 
Diniy-falsafiy atamalarni matnda qo‘llash bir qancha 
prinsiplarga tayanadi. Diniy matnlarda o‘zlashmalarning soni 
ancha. Ular matn talabi bilan sanskrit va asar tarjima 
qilinayotgan boshqa tillardan o‘zlashgan. Muhimi, turkiy tilda 
burundan qo‘llab kelinayotgan o‘z so‘zlarni atama vazifasida 
qo‘llash an’anasi o‘sha chog‘lardan qolgan.
Buddizm terminologiyasidagi sug‘dchadan o‘zlashgan 
nom
so‘zi “qonun, ta’limot” degan ma’noni beradi (sanskritcha 
matnlardagi Dharma ga to‘g‘ri keladi). Bundan boshqa so‘zlar 
ham yasalgan: 
nom eligi
– “no‘m hukumdori” (=Dharma-rāja); 
nom tilgäni
– “no‘m g‘ildiragi” degani (=Dharmačakra); 
nom 
bušï
– “no‘m sadaqasi” (=Dharma dhana); 
Xormuzta täŋri 
(=Indra). Uni “tangrilar xoni” deb atashgan: 
Täŋri qanï Xormuzta täŋri 
– Tangrilar xoni Xo‘rmuzd tangri. 
Buddizm falsafasida 
täŋri yeri
tushunchasi bor – “tangri 
yeri, qutlug‘ yer” degani (=Devaloka). 
Buddizmdagi “besh uzv” (=Panča-Mandala) tushunchasini 
beš tilgän
deyilgan. 


212
Yoki “ko‘k, asos” (=Svabhava) tushunchasini turkiy 
sutrada 
töz yïltïz
deydi va b. 
Turk-budda muhitida ishlab chiqilgan atama qabul qilish va 
yasash prinsiplari turkiy tillar lug‘at tarkibining boyishiga katta 
hissa 
qo‘shdi 
va 
keyingi 
davr 
atamashunosligining 
yo‘nalishlarini belgilab berdi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin