Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


204
BESHINCHI BO‘LIM. LEKSIKOLOGIYA VA 
ATAMASHUNOSLIK MASALALARI 
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
 
leksikologiya, leksikografiya, 
leksema, so‘z, atama, termin; etimologiya; o‘z qatlam, o‘zlashgan 
qatlam; buddizm atamalari, moniylik bilan bog‘liq atamalar, islom 
tushunchasi bilan bog‘liq atamalar; astronomiyaga tegishli 
atamalar; “tomon” tushunchasini bildiruvchi atamalar, “vaqt” 
tushunchasini 
bildiruvchi 
atamalar, 
qarindosh-urug‘chilik 
atamalari.
 
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r: 
 
Qadimgi turkiy tilda qo‘llanilgan diniy atamalar tizimi. 
Buddizm atamalari. 
Xitoychadan o‘zlashgan so‘zlar. 
Islom bilan bog‘liq atamalar. 
Astranomiya bilimiga tegishli atamalar. 
Burungi tasavvur-qarashlar bilan bog‘liq kelib chiqqan atamalar. 
 
QADIMGI TURKIY TILDA QO‘LLANILGAN BUDDIZM 
ATAMALARI
Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniyati 
tarixida, adabiy aloqalar va tillarning o‘zaro ta’sirida 
buddizmning o‘rni katta bo‘lgan. U o‘tmishda uluslar birligi
ularning 
madaniy 
yuksalishi, 
diniy-falsafiy 
fikrlar 
umumiyligini ta’minlab, Sharq sivilizasiyasiga unumli ta’sir 
ko‘rsatgan dinlardan biri edi.
Ilk O‘rta asrlarda O‘rta va Markaziy Osiyoda buddizmning 
yoyilishi sharq xalqlarining madaniy va adabiy aloqalari, sharq 
tillarining o‘zaro ta’sirini ta’minlab berdi. Ushbu ijtimoiy-
tarixiy, madaniy jarayon, xususan, turkiy xalqlarning qadimgi 
hind, tohar, sug‘d, xitoy madaniyatlari bilan yaqindan 
tanishuviga, adabiy aloqalarning rivojlanuviga imkon tug‘dirdi. 
Qadimgi 
turk 
teologiyasi 
va 
ilmida 
buddashunoslik, 
sanskritshunoslik, 
toharshunoslik, 
sug‘dshunoslik, 


205
xitoyshunoslik 
kabi 
yo‘nalishlar 
yuzaga 
keldi. 
Turk 
o‘qimishlilari orasidan dovrug‘i ketgan buddashunoslar, 
sanskrit, tohar, sug‘d tillarining bilimdonlari, sharqshunos 
olimlar yetishib chiqdi. 
Buddizm tufayli turk olamiga qadimgi hind falsafasi va 
madaniyati ta’sir eta boshladi. O‘zining eski an’analari va 
yangi qarashlar qurshovida turkiy madaniyat yangi bosqichga 
ko‘tarildi.
Turkiy 
muhitga 
buddizmning 
tarqalishi, 
boshlab, 
tarjimachilik sohasida katta burilish yasadi. Ko‘plab budda 
yodgorliklari qadimgi turkiy tilga tarjima qilina boshladi. 
Odatda, ushbu asarlar sanskrit, tohar, sug‘d va xitoy tillaridan 
o‘girilar edi.
Ilk o‘rta asr turk-budda diniy olamida butun fikr buddizm 
falsafasi, ta’limoti va qonun-qoidalarini o‘rganishga qaratildi. 
O‘z navbatida, bu jarayon hind-qadimgi turk madaniy, adabiy 
va til aloqalarining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. 
Qadimgi turk-budda muhitida yozuv madaniyati yangi 
bosqichga ko‘tarildi. Ko‘k turk xoqonliqlari davrida turklar 
ko‘k turk xatidan foydalangan bo‘lsalar, buddizm muhitida 
oromiy alifbosi negizida yaratilgan qadimgi turkiy-uyg‘ur xati 
hamda buddizm ta’sirida kirib kelgan brahma yozuvlaridan 
foydalandilar. 
Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, badiiy adabiyotda 
kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi 
atamalar bilan boyishiga imkon berdi. Sanskrit tilidan diniy va 
falsafiy tushunchalarni anglatuvchi so‘zlar, buddizm san’ati, 
madaniyati, ma’orif, adabiyotshunoslik va fanning ayrim 
sohalariga oid atamalar turkiy tilga o‘zlasha boshladi. Qadimgi 
turkiy tilda budda ta’limotiga oid butun boshli atamalar tizimi 
shakllandi, yozma adabiy tilda buddaviy asarlarga xos bo‘lgan 
xos bir uslub – “sutra uslubi” yuzaga keldi. Lug‘at tarkibidagi 
so‘zlarning ayrimlari budda tushuncha va tasavvurlarini ham 
ifodalay boshladi.


206
Turkiy yozma manbalarda “Hindiston” 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin