Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

YORDAMCHI SO‘ZLAR 
Bog‘lovchilar 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uyushiq bo‘laklar hamda juft 
so‘zlarda ishlatiladigan 
va
yoki -
u
bog‘lovchilarining o‘rnida 
qadimgi turkiy tilda 
…lï …lï
bog‘lovchisi qo‘llanilgan. Misol: 
Saqïntïm, turuq buqalï sämiz buqalï arqda bilsär, sämiz buqa, 
turuq buqa täyin bilmäz ärmis
. – (So‘ng) o‘ylab qoldim: 
“(Birov) turug‘ buqa bilan semiz buqani tezagidan bilsa, (birov 
bu) semiz buqa, (bu) turug‘ buqa deya bilmas emish [ya’ni 
semiz buqa bilan turug‘ buqani ajratolmas ekan]” (Ton.5–6); 
Bu sawïğ ilig begli xatunlï ešidip
... – Bu xabarni elig bek va 
xotini eshitib ... (AYar.281); 
Adïğlï toŋuzlï art üzä soqušmïš 
ermiš.
– Ayiq va to‘ng‘iz tepalik ustida to‘qnashibdi (İB.6); 
T(ä)ŋrili yäkli nädä ötrü süŋüšmiš y(a)ruqlï q(a)ralï q(a)ltï 
qatïlmïš yirig t(ä)ŋrig kim y(a)ratmïš tipän bilt(i)m(i)z.
– 
Tangri va iblis nima sabab urushdilar, yorug‘lik bilan zulmat 
qanday qilib qorishdilar, yerni, osmonni kim yaratganini bildik 
(Huast.73–75). 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida biriktiruvchi 
bog‘lovchilardan ham bog‘lovchisi-da qo‘llanilgan: 
Fida qïldï 
barïn, näŋi ham özin.
– Barini – narsasini hamda o‘zini fido 
qildi (QB.55); 
Ularnïŋ taŋuqï kelir ham barïr
. – Ularning sov-
g‘asi keluvchi ham ketuvchidir [ya’ni o‘tkinchidir] (QB.109).


197
XI asrdan turkiy tillarga -
u
hamda 
va
bog‘lovchilari ham 
o‘zlasha boshladi. -
u

forscha, 
va
esa arab tilidan o‘zlashgan. 
Keyinchalik ushbu bog‘lovchilar qadimgi turkiy -
lï, -li … -lï, -
li
bog‘lovchisini siqib chiqardi. Shunga qaramay, qadimgi -
lï, -
li … -lï, -li
ayrim o‘zbek shevalarida hozir ham saqlanib 
qolgan. 
Arab yozuvli matnlarda -
u
hamda 
va
bog‘lovchilari 
farqlanmaydi, ikkalovi ham “vav” bilan beriladi. Lekin uyg‘ur 
xatida ular bir-biridan farqli holda yozilgan. Biroq ushbu 
bog‘lovchilarning qo‘llanilishida qat’iy qoida bor. Matnda 
-u
bog‘lovchisi juft so‘zlarni, uyushiq bo‘laklarni bir-biriga 
bog‘laydi, kishi yo narsa otlari sanalganda ishlatiladi. 
va
bog‘lovchisi esa gap tugagandan so‘ng, ikkinchi gap 
boshlanganda ishlatiladi, qo‘shma gap tarkibidagi sodda 
gaplarni o‘zaro bog‘laydi, -
u
bog‘lovchisi qo‘llangan juft 
so‘zlarni hamda sinonim so‘zlarning bir guruhini ikkinchisiga 
bog‘lash 
uchun 
ishlatiladi 
(Abdurahmonov, 
Rustamov 
1984,143

144). 
-
u
bog‘lovchisi undosh bilan tugagan so‘zlarga 
-u
, unli 
bilan tugagan so‘zlarga esa -
vu
shaklida qo‘shiladi. Hozirgi 
o‘zbek adabiyotshunosligida Navoiy asarlarini “Farhād va 
Širin”, “Layli va Majnun” deb atayapmiz. Aslida esa ularni 
“Farhād-u Širin”, “Layli-vu Majnun” shaklida aytganimiz 
to‘g‘ri bo‘ladi.
Shuningdek, matnda ta’kid yuklamasi -
u
ni ham farqlay 
olish kerak. Chunki arab yozuvli matnlarda 
u
ham “vav” bilan 
yoziladi. Undosh bilan tugagan so‘zlarga -
u
, unli bilan tugagan 
so‘zlarga esa -
yu
shaklida qo‘shiladi. 
Buni Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat”da Adib 
Ahmad haqida yozgan quyidagi satrlarida yaqqol kuzatsa 
bo‘ladi: 

… 
Derlär-ki, közläri bütäw ermiš-u aslā zāhir ermäs 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin