Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

~
durur 
>
 -dur, -dür / -tur, -tür 
ni qo‘shish bilan ham hosil qilingan. Masalan, Sak. da: 
salğum, 
tapquŋ, körgüsi, sorğusï-dur

Turur / durur
 fe’li 
Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida gapning kesimi 
ko‘pincha fe’ldan tuziladi. O‘rni bilan, boshqa so‘z turkumlari 
(ot, sifat, son va b.) ham kesim bo‘lib keluvi mumkin. Biroq, 
ismlar guruhiga mansub so‘zlar kesim bo‘lib kelganda, muhim 
bir hodisani inobatga olmoq kerak. Masalan, hozirgi o‘zb. 
Bu 
uy čïraylï
hamda 
Meniŋ niyatïm šu
gaplarining tuzilishiga 
e’tibor beraylik. Keltirilgan ikkala gapning kesimi fe’l emas. 
Ammo ushbu kesimlar sifat va olmoshdangina iborat emas. 
Ularda biz kesim deb sanayotgan sifat va olmoshdan keyin 


193
ta’kidni bildiruvchi mantiqiy -
dïr
turibdi: 
Bu uy čïraylï(dïr); 
Meniŋ niyatïm šu(dïr)
. Buning singari misollarni yana 
keltirishimiz mumkin: ularning hammasida ham kesim o‘rnida 
mantiqiy -
dïr
tasavvur etiladi va bundayin “ot-kesimli” 
gaplarning mantiqiy kesimi yana fe’lga qaytadi. 
Hozir biz qo‘llayotgan -
dïr
qadimgi turkiy tildagi 
turur
ning qisqargan shaklidir (
turur / durur > tur / dur > dïr
). 
Qadimgi yodgorliklar tilida gapning kesimi, asosan, fe’l 
bo‘lib keladi: 
Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï
. – Turk xalqi 
o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (Ton.3). 
Yozma yodgorliklar tilida -
ol
ham kesimlik belgisi bo‘lib, 
fikr tugalligi, aniqligini bildirib keladi. Misollar:
Türk bodun yämä bulğanč-ol, tämis. Oğuzï yämä tarqanč-
ol, tämis
. – Turk xalqi ham sarosimadadir, – debdi. – O‘g‘uzi 
ham targ‘oqdir”, – debdi (Ton.22). 
Kišidin kišikä qumaru söz-ol, 
Qumaru sözi tutsa asğï yüz-ol. – 
Kishidan kishiga (qolar) yodgorlik so‘zdir, 
Yodgorlik so‘ziga amal qilsang, foydasi yuzdir (QB.187). 
Özüŋ mäŋü ermäz, atïŋ mäŋü-ol
. – O‘zing mangu emas, 
oting mangudir (QB.226). 
Biroq gapda fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ham kesim 
bo‘lib kelishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham, u 
mantiqan fe’l-kesimni talab qiladi. Qadimgi turkiy tilda buni 
turur
fe’li ta’minlaydi. Quyidagi misolga e’tibor qarataylik: 
Qul yağï, ït böri
. – Qul – dushman, it – bo‘ri (MK.I.324). 
Qo‘shma gap shaklidagi ushbu maqoldagi birinchi gapning 
kesimi – 
yağï
, ikkinchisiniki – 
böri
. Ikkala gapning kesimi shu 
turishida mantiqan turur fe’lini talab qiladi. Demak, ushbu 
maqolning qisqarishga uchramagan, tiklangan shakli 
Qul yağï 
(turur), ït böri (turur)
bo‘ladi. 
Til tarixida fe’lning shaxs-son ko‘rsatkichi ham gap 
kesimini shakllantira oladi. Masalan: 
Qutluğ čigši-ben
. – (Men) 
Qutlug‘ chigshiman (E.19.1); 
Bilgä Toñuquq-ben
. – (Men) 


194
Bilga To‘nyuquqman (Ton.1); 
Antağ küčlüg-män
. – Shunday 
kuchliman (IB.20).
E’tibor 
berilsa, 
keltirilgan 
misollarda 
shaxs-son 
qo‘shimchalari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ot 
yoki 
sifatga 
bog‘lanayotgani 
yo‘q. 
Ular 
mantiqan 
kesimlikni 
ta’minlanayotgan turur fe’liga bog‘lanmoqda. Shuni inobatga 
olganda keltirilgan gaplarning tiklangan holati: Qutluğ čigši 
(turur)-ben; Bilgä Toñuquq (turur)-ben; Antağ küčlüg (turur)-
män shakllarini oladi. 
Boshqa bir misol: Alp čerigdä, bilgä tirigdä (MK.I.369). 
Ushbu gapning kesimlari mantiqan tugallikni bildiruvchi 
“bilinadi”, “sinaladi” fe’llarini talab etadi. Ana shu fe’l-
kesimning qisqarishi natijasida to‘ldiruvchi kesim vazifasini 
o‘tamoqda. Shuning uchun bu gapni “Alp jangda, dono 
majlisda sinaladi” deya anglamoq kerak. 
Yana bir o‘rnak: Qoldačïqa miŋ yağaq, barča bilä ayruq 
tayaq. – Tilanchiga mingta yong‘oq, barchasiga qo‘shimcha 
suyanadigan tayoq (ham ber) (MK.I.394). Ushbu gap mantiqan 
“bergil” fe’lini talab qiladi. Shuning uchun tiklangan 
ko‘rinishini quyidagicha o‘qish mumkin: Qoldačïqa miŋ yağaq 
(bergil), barča bilä ayruq tayaq (ma bergil). 
Turkiy tillarda (til tarixida ham, hozir ham) kesim, asosan, 
fe’l bilan ifodalanadi. Uslubiy talablar, tejamkorlik qonunidan 
kelib chiqqan holda boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib 
kela olishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham biz kesim 
deya sanayotgan so‘zimiz mantiqan fe’lni talab qilaveradi. Til 
tarixida kesimlikni 
turur
fe’li ta’minlagan bo‘lsa, hozirgi 
o‘zbek tilida esa uning vazifasini -
dïr
bajaradi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin