Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
Shart ko‘rsatkichi 
Qadimgi turkiy tilda shart ko‘rsatkichi -
sar, -sär
shaklida 
bo‘lgan. So‘zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va 
ko‘pligining shart ko‘rsatkichi ham o‘zga ko‘rsatkichi (-
sar, -
sär
) kabi ifoda etilavergan, lekin ma’noda farq bor. Shartning 
kimga yoki nimaga tegishliligini egadan anglash mumkin. 
Masalan, ko‘k turk bitiglarida: 
Ïraq ersär, yablaq ağï birür, 
yağuq ersär, edgü ağï birür
. – Yiroq bo‘lsa, yomon ipaklik 
berur, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipaklik berur (Ka.7); 
Ötükän yïš 


186
olursar, bäŋgü el tuta olurtačï-sän
. – O‘tukan yishda turilsa, 
elni mangu tutib turajaksan (Ka.8). 
Üzä täŋri basmasar, asra 
yer tilinmäsär, türük bodun, eliŋin, törüŋin kim artatï?
– 
Yuqoridan osmon bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, 
davlatingni, hukumatingni kim buzdi? (K.22); 
Eltäriš qağan 
qazğanmasar, udu ben özüm qazğanmasar, el yemä, bodun 
yemä yoq ertäči erti.
– Eltarish xoqon zafar qozonmasa, unga 
ergashib mening o‘zim zafar qozonmasam, el ham, xalq ham 
yo‘q bo‘lajak erdi (Ton.54

55); 
Bilgä Toñuquq qazğanmasar, 
ben yoq ertim ersär…
– Bilga To‘nyuquq zafar qozonmaganda 
edi, men bo‘lmasam edi (Ton.59); 
Amtï men bu erdäni birlä 
barsar, men qamağ tïnlïğlarqa artuq asïğ tusu qïlu umağay-
men
. – Endi men bu javohir bilan borsam, men hamma 
jonzodlarga ortiq foyda keltira olmayman (AT.284) 
Qadimgi 
-sar, -sär
keyinchalik 
-sa, -sä
shaklini oldi. 
“Qutadg‘u bilig”da ham so‘zlovchi birligi va ko‘pligi, 
tinglovchi birligi va ko‘pligi uchun shart ko‘rsatkichi 
-sa, -sä 
shaklida qo‘llanaveradi: 
Uδïr erdiŋ ersä, tur, ač emdi köz, 
Ešitmädiŋ ersä, ešit mendä söz –
Uxlayotgan bo‘lsang, tur, endi ko‘zingni och, 
Eshitmagan bo‘lsang, so‘zimni eshit (QB.80). 
Keltirilgan misolda shartning tinglovchiga qarashliligi 
uδïr 
erdiŋ, ešitmädiŋ
so‘zlari orqali ifoda etilgan.
Qalï eδgü bulmaq tiläsä özüŋ
. – Agar ezgulik topmoq 
tilasang (QB.224). 
Apaŋ ekki ažun qulur ersä sen.
– Agar ikki dunyoni istar 
esang (QB.223). 
Özüm ‘uzrïn aysam yemä iymänü
. – Agar iymanib o‘z 
uzrimni aytsam (QB.188). 
Qalï bulsaŋ, išlät, učup kökkä teŋ.

Agar ularga 
yetishsang, ishlat, uchib ko‘kka ko‘taril (QB.212). 


187
“Hibatu-l-haqoyiq”da ham tinglovchi sharti -
sa, -sä
bilan 
ifoda etilgan: 
Aqï erni öggil ögär ersä sen
. – Sahiy erni 
maqtagil maqtar ersang sen (AH.227). 
Shart uchala zamon uchun ham qo‘llanadi. Misollarni 
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”dan keltiramiz: 
O‘tgan zamon uchun: 
biy turdïsa, turarman
– bek turgan 
bo‘lsa turarman. 
Hozirgi zamon uchun: 
biy turarsa, turarman
– bek turgan 
zamon turarman. 
Kelasi zamon uchun: 
biy turğaysa, turarman
– bek 
turadigan bo‘lsa turaman (AZFT.130). 
Shart 
erdi, edi
to‘liqsiz fe’li bilan ham hosil qilinadi. 
Bunday harakat-holatning natijasi mavhum bo‘ladi. Masalan: 
Biy turdï esä, turarman
– Agar bek turgan bo‘lsa turarman. 
Hozirgi zamon ham shu xilda: 
biy turar esä
. Kelasi zamoni: 
biy 
turğay esä.
Buyruqqa ham shart belgisi qo‘shilib keladi. Biroq bunday 
holatda buyruq emas, balki kelasi zamon ma’nosi anglashiladi: 
tursaŋ turğayman
– Agar sen tursang, men turaman. 
Shartning bo‘lishsizi 
turmasa, almasa, kelmäsä
shaklida 
bo‘ladi.
Shart shaklidagi fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan ham 
qo‘llanadi. Masalan, o‘zga uchun: 
tursa, tursalar
. So‘zlovchi 
uchun: 
tursam, tursaq.
Tinglovchi uchun: 
tursaŋ, tursaŋïz

O‘zga bo‘lishsiz birligi: 
turmasa, kelmäsä
. So‘zlovchi 
bo‘lishsiz birligi: 
turmasam, kelmäsäm
. Bo‘lishsiz ko‘pligi: 
turmasaq, kelmäsäk
. Tinglovchi birligi: 
turmasaŋ, kelmäsäŋ. 
Tinglovchi ko‘pligi: 
turmasaŋïz

“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya” muallifining 
yozishicha, tatar lahjasida o‘zga birlikda 
turmaydur
, o‘zga 
ko‘plikda 
turmaydurlar
, so‘zlovchi uchun 
turmaydurman, 
turmaydurbïz
, tinglovchi uchun 
turmaydursan, turmaydursïz 
deyilgan (AZFT.130). 


188
Turkiy yodgorliklar tilida shart ma’nosi -
sa, -sä
qo‘shim-
chasi bilan birga maxsus usullar vositasida ham ifoda etilgan. 
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”da uning bir necha 
usuli keltiriladi. Biri -
ğaš, -gäš / -qaš, -käš
qo‘shimchasidir. 
Turkcha 
biy alğaš, čïqqaš, kelgäš
deyiladikim, “bek olganda, 
chiqqanda, kelganda” demakdir. Bu o‘rinda turkman tilida 
biy 
turdïjaq
tarzida qo‘llanadikim, “bek turganda” demakdir 
(AZFT.132).

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin