Bo‘lishsizlik Bo‘lishsizlik
belgisi
tinglovchi
buyrug‘ining
birlik
shaklidan keyin qo‘shiladigan -
ma, -mä dir. Bu faqat kelasi
zamonga bog‘liq:
alma, almaŋ. O‘zga buyrug‘ida bo‘lishsizlik shakliga
-sun, -sün / -sïn, - sin qo‘shimchasi
orttiriladi:
almasïn, almasïnlar. So‘zlovchining buyruq-istagi almalïm, almayïm, almayïq
shaklida ifoda etilgan.
Bo‘lishsizlik belgisining
-maz, -mäz shakli ham bor. U
shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi. So‘zlovchi birligi
kelmäzmän , ko‘pligi
kelmäzbiz , tinglovchi birligi
kelmäzsän ,
ko‘pligi
kelmäzsiz , o‘zga birligi
kelmäz , ko‘pligi
kelmäzlär deyiladi. Bu affiksning -
mas, -mäs varianti ham bor:
kelmäsmän. O‘tgan
zamon
bo‘lishsizligi:
kelmädim, kelmädik, kelmädiŋ, kelmädiŋiz, kelmädilär .
Kelasi zamon bo‘lishsizligi:
kelmägäymän, kelmägäybiz, kelmägäysän, kelmägäysiz, kelmägäylär .
184
Bo‘lishsiz shart fe’lida so‘zlovchi
kelmäsäm, kelmäsäk degan, tinglovchiga
kelmäsäŋ, kelmäsäŋiz , o‘zgaga nisbatan
kelmäsä, kelmäsälär deyilgan.
Bo‘lishsizlikning yana bir belgisi
-sïz, -siz affiksidir:
Azïqsïz kettim, Aqčasïz keldim degandagi kabi.
Takrorlanib qo‘llanuchi
na ..., na ... inkor bog‘lovchisi ham
bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi:
Üydä na kiži bar, na epči bar. Bo‘lishsizlik ba’zi hollarda
yoq so‘zi bilan ham ifodalanadi.
Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi Fe’llarda so‘zlovchi birligining shaxs-son ko‘rsatkichi
- män~-men qo‘shimchasidir. Masalan, OD da:
dost tutar-men –
do‘st tutar-men,
dušman tutar-men – yov tutarmen. AT.283 da:
Bir-kiä amraq oğlumun siziŋä tutuzur-män. – Birgina suyukli
o‘g‘limni sizga tutqazayapman. So‘zlovchi ko‘plik uchun
kelasi zamon fe’llarida -
biz, -bïz, o‘tgan zamon fe’llarida -
q, -k qo‘shimchasi ishlatiladi.
O‘zga shaxs birligi
-ï, -i qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi.
Ko‘plik uchun esa birlik shakliga
-lar, -lär qo‘shimchasi
qo‘shiladi.
So‘zlovchi fe’llardagi shaxs-sonni quyidagicha ifodalaydi:
Birlikda:
ayur-men, kelür-men. Ko‘plikda:
ayur-bïz, otunur-bïz .
Tinglovchi uchun birlikda:
aldïŋ, keldiŋ . Ko‘plikda:
aldïŋïz, keldiŋiz .
O‘zga birligi uchun:
aldï, keldi . Ko‘plik uchun:
aldïlar, keldilär .
Agar shaxs ta’kidlab ko‘rsatilmoqchi bo‘lsa, undan oldin
kishilik olmoshi orttiriladi. So‘zlovchi birlikda
men aldïm, men keldim , ko‘plikda
biz aldïq, biz keldik . Tinglovchi birlikda
sen aldïŋ, sen keldiŋ , ko‘plikda
siz aldïŋïz, siz keldiŋiz .
Ol sub qudï bardïmïz, sanağalï tüšürtümüz, atïğ ïqa bayur ertimiz… kün yemä, tün yemä yelü bardïmïz. Qïrqïzïğ uqa
185
basdïmïz . – Ul suvning quyisiga bordik. (Lashkarni) sanagani
tushirdik. Ot(lar)ni butaga boylar edik. ... Kunu tun yelib
bordik. Qirqizni qo‘qqisdan bosdik (Ton.27).
“Xuastuanift” asarida so‘zlovchi ko‘pligining shaxs-son
ko‘rsatkichi ikki xil shaklda: unli bilan tugagan fe’l shakllariga
-
mïz, -miz , undosh bilan tugagan fe’llarga esa -
biz shaklida
qo‘shilgan:
ökünür-biz, ötünür-biz, sözläyür-biz, išläyür-biz, yazuqluğ-biz .
Yana bir muhim belgisi, asarda fe’lning o‘tgan zamon,
shaxs-son qo‘shimchalari ham o‘zak-negizga moslashadi:
so‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablanmagan unlili bo‘lsa, zamon,
shaxs-son qo‘shimchalari -
tïmïz, -timiz / -dïmïz, -dimiz shaklida
qo‘shiladi:
sözlädimiz, biltimiz, ürkitdimiz, ačïtdïmïz ağrïtdïmïz. Agar so‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablangan unlili
bo‘lsa,
-tumuz, -tümüz / -dumuz, -dümüz shaklida qo‘shiladi:
yüküntümüz, ölürdümüz, öz ötägči boltumuz .
-
siz affiksi tinglovchi birligida ba’zan hurmat ma’nosini
ham bildiradi:
Ötrü ol awïčğa ïğlayu xanqa inčä tip ötünti: Täŋrim, ne muŋ taq boltï-kim, antağ täŋri-teg, erdäni-teg ögüküŋüzni ölüm yiriŋä ïdur-siz? –
So‘ng o‘sha qariya yig‘lab,
xonga shunday deya iltijo qildi: “Tangrim, qanday musibatkim,
shunday
tangridek,
javohirdek
suyukligingizni
[ya’ni
o‘g‘lingizni] o‘lim yeriga yuboryapsiz?” (AT.283).