käntü va
öz olmoshlari juft holda
qo‘llanilib kelishi mumkin, bunda “o‘z o‘zim” degan ma’noni
beradi. Masalan:
Käntü özümüzni küntä ayda öŋibiz tidimiz ärsär . – O‘z o‘zimizni Kundan, Oydan yuqori qo‘ygan bo‘lsak
(Huast.8–9);
Ayïğ qïlïnčqa irinčükä käntü özümüzni ämgätir- biz . – Yovuz ishlarga, gunohga o‘z-o‘zimizni urib,
azoblanamiz (Huast.139-140).
Ko‘rsatish olmoshlari:
bu, ol, ošbu~ušbu, šul, ošu, ošul .
Bu ko‘rsatish olmoshi kelishik qo‘shimchalari bilan
turlanganda qo‘shimcha tarkibidagi sonorning ta’sirida
mu -
shaklini oladi. Masalan, OD da:
munï, mundïn~mundun .
Bu ko‘rsatish olmoshining turlanishi quyidagicha:
Birligi:
bu; bunï~munï; bunuŋ~munuŋ; muŋa, buŋar~muŋar; bunda~munda~munta; muntada, muntuda; mundïn Ko‘pligi:
bular; bularnï; bularnïŋ; bularqa; bularda; bulardïn Ol ko‘rsatish olmoshi turlanganda esa
an - shaklini oladi.
Yana OD dan:
anuŋ, andïn~andan. Kishilar to‘g‘risida so‘ralganda
kim?, kimlär? , kishilardan
boshqa kerak jonli, kerak jonsiz bo‘lsin,
nimä?, nimälär? deb
so‘raladi. Zamon, yer, son, hol va boshqalar so‘ralganda so‘roq
almashadi.
So‘roq olmoshlari: kishilar uchun
kim? , narsa-buyum,
voqea-hodisalar uchun
näčä?, nä?, nekü?, nelüg?, nekülüg?, nečük?, nečükin?, nädä?, qaltï? (qanday, qay tarzda?),
qayu?
171
(qaysi?),
qanï? qanta? qantan? qanča? qačan? olmoshlari
qo‘llaniladi. Bularning ichida
näčä?, nä?, nekü?, nelüg?, nekülüg?, nečük?, nečükin?, nädä? olmoshlarining o‘zagi bir
– hammasi
nä~ne? dan yasalgan. Shuningdek,
qayu?, qanï?, qanta?, qantan?, qanča?, qačan? olmoshlarining ham o‘zagi
bir –
qayu~qanu? ga bog‘lanadi.
Qačan? olmoshi
qay+čağ+ïn dan yasalgan.
Jamlash-belgilash olmoshlari:
qamuğ~qamağ (hamma),
qamağï (hammasi),
barï (bari).
Yodgorliklar tilida bo‘lishsizlik olmoshi
näŋ (hech, hech
bir).
RAVISH Ravishlar ish-harakatning belgisini, belgining belgisini
anglatadi. Ular ish-harakat va holatning qay holda, qay
ravishda bajarilayotganligini bildiradi. Yozma yodgorliklar
tilida ham ravishlar holat, o‘rin-payt, maqsad, miqdor-daraja
ma’nolarini bildiradi.
Morfologik usulda ravishlar quyidagi qo‘shimchalar bilan
yasalgan:
-la, -lä affiksi. MK da:
tünlä keldim – tunda keldim;
Bir tilkü terisin ikilä soymas. – Bir tulki terisini ikki bor
shilinmaydi.
-ča, -čä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida:
Äkinti kün kälti, örtčä qïzïp kälti . – Ikkinchi kun keldi, yong‘inday qizib keldi
(Ton.40). QB da:
tiläkčä – tilagancha,
keräkčä – keragicha,
kezikčä – navbat bilan.
-dï, -di / -tï, -ti affiksi:
tükäti – tugallik bilan, butkul,
ädgüti – yaxshilab,
arïtï – pokizalik bilan. Ko‘k turk bitiglarida:
Yelmä, qarğu edgüti urğïl . – Yelma, qorovulni yaxshilab qo‘y
(Ton.34).
Sabïmïn tükäti ešidgil . – So‘zimni tugal eshitgil
(Ka.1). …
bu sabïmïn edgüti ešid, qatïğdï tïŋla – ... bu
so‘zimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla (Ka.1). Yoki İB
da:
Qatïğtï ba, edgüti ba . – Qattiq bog‘la, yaxshilab bog‘la.
172
-layu, -läyü affiksi. She’rda shunday kelgan:
Ïwrïq bašï qazlayu,
Sağraq tolu közläyü,
Saqïnč qoδï kezläyü,
Tün-kün bilä sewinälim.
(Ivriqning boshi g‘ozday, tubi ko‘z (kosasi)day to‘lgan.
Qayg‘uni uning ostiga ko‘maylik-da, kecha-kunduz sevinaylik)
(MK.I.126).
Öpkäm kelip oğradïm,
Arslanlayu kökrädim,
Alplar bašïn toğradïm,
Emdi meni kim tutar.
((Yovga qarshi) g‘azabim kelib xezlandim, arslon kabi
na’ra tortdim, botirlarning boshini uzib tashladim, endi menga
kim yetadi) (MK.I.146).
-täg~teg affiksi. MK da:
čegürkä-teg sü – chigirtkadek
lashkar.
Hozirgi
o‘zbek
tilida
ushbu
affiks
-dek~däy~day shakllarida qo‘llanilmoqda:
kökdek~kökdäy, qoy-dek~qoyday. Mazkur qo‘shimcha tarixan
teg- fe’lidan hosil bo‘lgan.
Chog‘ishtiring, QB.151 da:
tiläkkä tegir – tilakka yetadi.
Hozirgi o‘zb.:
ağzï ašgä tegdi degändä – “og‘zi oshga yetdi
deganda” ma’nosini beradi. QB.287 da:
mundağ – bunday. U
qo‘shimcha emas, mustaqil so‘z bo‘lgani uchun qattiq o‘zakli
so‘zlarga ham -
täg~teg shaklida qo‘shiladi.
-sïğ, -sig affiksi. MK da:
qulsïğ er – qul singari kishi,
Bu qarï ol oğlansïğ – Bu qariya o‘sha o‘g‘lon singari.
Ot gurhidagi so‘zlar kelishik qo‘shimchasini olganda
ravishga aylanishi mumkin. Masalan:
İlgärü Šantuŋ yazïqa tägi sülädim, taluyqa kičig tägmädim. Birgärü Toquz ärsänkä tägi sülädim, Tüpütkä kïčig [täg]mädim. – Sharqqa – Shantung
dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz yetmadim.
Janubga – To‘g‘uz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir
oz yetmadim (Ka.3).
173
Yoki yana bir misol:
Anta ötrü oğuz qopun kälti. – Shundan
so‘ng o‘g‘uz butunlay (taslim bo‘lib) keldi (Ton.16).
Yodgorliklarda
-raq, -räk qo‘shimchasi ravishlardagi
qiyosiy darajani ta’minlagan. Orttirma daraja
ked~keδ, eŋ singari so‘zlar yordamida ifoda etilgan:
Tïlïğ keδ köδäzgil, köδäzildi baš . – Tilingni juda saqlagil, boshing ham saqlanadi
(QB.173);
Bularda eŋ üstün Sekäntir yurïr . – Bulardan eng
yuqorida Sakantir yuradi (QB.127).
Bitiglarda ravishlar juft holda ham qo‘llaniluvi mumkin.
Masalan,
ädgüti “yaxshi, durust” degani, matnda u
ädgüti arïtï shaklida qo‘llanilib, “ixlos bilan, ehtirom bilan” ma’nosini
beradi. Misoli:
Bir ayqï č(a)xsap(a)t(ï)ğ ädgüti arïtï tutu umad(ï)m(ï)z ärsär . – Bir oylik din qo‘rsatmalarini ezgulik
bilan, ixlos bilan tuta olmagan bo‘lsak (Huast.132–133).