Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
SIFAT 
 
Yozma yodgorliklar tilida morfologik usulda sifatlar otlar 
va fe’llardan yasalgan. 
1) Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar: 
-
lïq, -lïğ, -lik, -lig / -luq, -luğ, -lük, -lüg
affiksi. Huast. da: 
adaqlïğ
– oyoqli, 
ayïğ qïlïnčlïğ
– gunohkor, 
ağuluğ
– og‘uli, 
zaharlangan, zaharli, 
äksüklüg
– gunohkor, aybdor, nuqsonli, 
butluğ
– butli, oyoqli, 
küclüg
– kuchli; QB da: 
yarağlïğ
– 


162
yaroqli, 
owutluğ
– andishali, 
uqušluğ
– zakovatli, 
biliglig
– 
bilimli, 
erklig
– erkli, erkin, 
türlüg
– turli, har xil, 
ünlüg
– 
mashhur, taniqli. 
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da qayd etilishiga ko‘ra, bu 
qo‘shimcha “qipchoq tili”da -
lu, -lü
shaklida qo‘llangan: 
atlu
– 
otli, 
ešäklü
– eshakli, 
mallu
– molli, 
tewälü
– tuyali, 
saqallu
– 
soqolli (KTT.72). 
-
sïz, -siz / -suz, -süz
affiksi. QB da: 
yaraqsïz
– yaroqsiz, 
tubsuz 
– tubsiz; KTT da: 
atsïz
– otsiz, 
tewäsiz
– tuyasiz, 
ešäksiz
– eshaksiz, 
susïz
– suvsiz, 
malsïz
– molsiz, 
saqalsïz
– 
soqolsiz, 
etmäksiz 
– nonsiz.
-
qï, -ki
affiksi. Otlarga qo‘shilib, tegishlilik, qarashlilik 
ma’nosidagi sifat yasaydi. MK da: 
ozaqï bilgälär
burungi 
donishmandlar, 
qutqï er
– xushmuomala kishi, 
ewdäki taqağu
– 
uydagi tovuq; AH da: 
ozaqï masal
– qadimgi maqol. 
Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: 
qïški, yazgi, ertäki, kečki
.
Hozirgi o‘zbek tilida ushbu qo‘shimcha fe’llarga qo‘shilib 
belgi, xususiyatni bildiruvchi sifatlar hosil qiladi: 
oynaqï, 
vaysaqï

-
čïl, -čil
affiksi. MK da: 
yamğurčïl yer
– yomg‘irchil yer, 
tüpčil yer
– sershamol yer, 
igčil
(
ig
– “kasal” so‘zidan) – 
kasalmand. 
-
saq, -säk
affiksi. QB da: 
bağïrsaq
(
bağïr
– “bag‘ir, yurak” 
so‘zidan) – mehribon, 
uluğsaq
– ulug‘vor. 
-
sïğ, -sig
affiksi. QB da: 
qulsïğ
– qulsifat, 
begsig
– beksifat, 
ersig
– javonmard.
2) Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar: 
-
qïr, -ğïr / -qur, -ğur, -kir, -gir / -kür, -gür
affiksi: 
uyğur
(
uy
–“bir, ittifoq” so‘zidan. Qiyoslang: 
süt uyïdï ~ süt uwïdï
). 
Hozirgi o‘zb.: 
tapqïr, čapqïr, učqur, čonqïr (<čoŋqur), keskir, 
ötkir (<ötkür), sezgir

-
qïn, -ğïn / -qun, -ğun, -kin, -gin / -kün, -gün
affiksi. 
Hozirgi o‘zb.: 
turğun, uyğun
(
uy
– “bir, yagona” so‘zidan), 
jošqïn, xārğïn



163
-ğ / -q, -g / -k
affiksi. İB da: 
yaruq
– yorug‘, ravshan; QB 
da: 
quruğ
– qurug‘, bo‘sh, 
uδuğ
– uyg‘oq; AH da: 
ačïğ
– 
achchiq, 
yumšaq
– yumshaq, 
süčüg
– shirin. 
-
qaq, -käk / -ğaq, -gäk
affiksi. Hozirgi o‘zb.: 
yapïšqaq, 
tïrïšqaq, tayğaq, uyušqaq.
-

affiksi. To‘nyuquq bitigida: 
bulğanč
– bulg‘angan, 
parokanda (xalq), 
tarqanč
– tarqoq (xalq).
-
rï, -ri
affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: 
egri
. Hozirgi o‘zb.: 
toğrï
(
toğ
– “tik” so‘zidan), 
ayrï, egri, bügri (
.
-
qaš, -käš
affiksi. Hozirgi o‘zb.: 
ayqaš
(
ay
– “bo‘lak” 
so‘zidan. Chog‘ishtiring: 
ayrï, ajra
so‘zlari ham shu o‘zakdan), 
uyqaš
(
uy
– “bir, umum” so‘zidan), 
čälkäš
. Chog‘ishtiring, 
ayaqdan čaldï, ayağïnï čalïštïrïb otïrdï
birikmalaridagi 
čal
ham 
ayni o‘zakdan.
-
l
affiksi. MK da: 
tükäl
– tugal, 
qïzïl
– qizil, 
yašïl
– yashil. 
-
čïğ, -čig
affiksi. 
Quš balasï qusïnčïğ, ït balasï oxšančïğ
. – 
Qush bolasi yirganchiq, it bolasi o‘xshanchiq (MK.III.250). 
-
dïn, -din
affiksi. Hozirgi o‘zb.: 
aydïn

-
un, -ün
affiksi. QB da: 
tolun
– to‘lin (oy), 
tüzün
– to‘g‘ri, 
chin.
Sifatlarda daraja ham bor. Qadimgi turk yozma adabiy 
tilida qiyosiy daraja -
raq, -räk
affiksini qo‘shish yo‘li bilan 
hosil qilinadi. Masalan, QB da: 
örüräk
(yuqoriroq), 
yaruqraq
(yorug‘roq). 
Orttirma darajani bildiruvchi “juda” ma’nosida 
edi~eδi
so‘zi qo‘llaniladi. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: 
Eδi kečki söz-
ol masalda kelir.
– Bu ta’birda keladigan juda eski so‘zdir 
(QB.107). 
Eδi yaqšï aymïš azïğlïğ kür er.
– Juda yaxshi aytibdi 
oziqli, jasur kishi (QB.279).
Yodgorliklarda 
belgining 
ortiqligi 
yoki 
kamligini 
bildiruvchi vositalar ham bor. Belgining ortiqligi so‘zning 
birinchi bo‘g‘iniga [p] tovushini qo‘shib, uni takrorlash yo‘li 
bilan hosil qilingan. Masalan, “O‘g‘uzxoqon” dostonida: 
ap-
aq, qïp-qïzïl, qap-qara.


164
SON 
Sonlar
kimsa yoki narsalarning sanog‘ini, sirasini, 
chamasini, to‘dasini bildiradi. 
Eski turkiy tilda “sanoq”ni 
saqïš
deyilgan. Bitiglarda 
san 
saqïš
atamasi ham uchraydi, bu “son sanog‘i, hisob” ma’nosini 
bildiradi. Bu so‘z ayrim joy otlari tarkibida hozir ham uchrab 
qoladi. Masalan, Toshkentning Eski shaharida 
Saqïčman
degan 
mahalla bor. Ushbu toponim shunday yasalgan: 
saqïš
(sanoq) 
so‘zidagi [š] tovushi [č] ga aylangan; -
man
– kishi oti yasovchi 
qo‘shimchadir. Chog‘ishtiring, hozirgi o‘zb.: 
taparman-
tutarman
. Yoki turkchada: 
öğretmen
– “o‘qituvchi”. Demak, 
saqïčman (
so‘zi “sanoqchi, hisobchi” degan 
ma’noni bildiradi. O‘tmishda bu so‘z lavozimlardan birini 
anglatar edi. Chamasi, xon saroyida yoki davlat idoralarida 
hisob-kitob ishlari bilan shug‘ullanuvchi kishi shu mahallada 
yashagan, mahallaning oti ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi 
kerak.
Turkiy tillar tarixida sanoqning kelib chiqishi kishining 
o‘zidan boshlangan. To‘g‘rirog‘i, kishi o‘z barmoqlarini sanash 
orqali sonlarga ot qo‘ygan. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, 
o‘ngacha bo‘lgan sonlarning kelib chiqishi, ularning tub, 
lug‘aviy anglami kishi barmoqlarining oti, o‘rni yoki holati 
bilan bog‘lanadi. Masalan, 
bir
soni bosh barmoq (xalq tilida 
bašmaldaq
)qa bog‘lanadi. 
İkki
undan keyingi (bosh barmoqdan 
keyingi ilk barmoq); 
üč
– qo‘lning eng uchida joylashgani 
uchun shunday atalgan va b. O‘ngacha bo‘lgan sonlarning 
atalishini etimologik jihatdan o‘rganib chiqilsa, bu fikr o‘z 
tasdig‘ini topadi. Bu hodisa turkiy tillarda son turkumining 
kelib chiqishi, eng muhimi, turkiy tillarning tarixiy ildizlari 
kishilik jamiyatining ilkin chog‘lariga, tilning yuzaga kelish 
paytlariga ildiz otganidan belgi beradi. Demak, son turkumiga 
kiruvchi so‘zlarimiz bizga jamiyatining ilkin, kishi sanashni 
o‘rgana boshlagan chog‘laridan qolgan meros ekan. Qadimgi 


165
turkiy til davrida esa son turkumi takomillashib, tugal bir 
tizimga aylangan edi.
Qadimgi turklarda “nol” yo‘q, chunki “nol” – yo‘q son. 
Sanoq “bir”dan boshlanadi. Kishi tug‘ilgan chog‘da bir yosh 
sanalgan, ona qornidagi davri qo‘shib hisoblangan. Bir yil 
o‘tgach, ikki yoshga to‘lgan va shu sanoqda yoshiga yosh 
qo‘shila borgan. 
Sanoqda 
bir
– so‘zlovchi demak, ya’ni “men”dir (mening 
o‘zim, men turgan yer yoki men tutgan narsa). “Men” qadimgi 
turkiy tilda 
bi
bo‘ladi. Bu so‘z 
birü~berü
ko‘makchisining 
tarkibida 
ham 
saqlangan. 
-
rü 
– 
jo‘nalish 
kelishigi 
qo‘shimchasi, 
berü
– “men tomon” degani, hozirgi 
o‘zbekchada beri deyiladi. Masalan: 
beri kel, köpdän beri

Bir
ning tarkibidagi 
bi
– so‘zlovchi(“men”)dir. Demak, sanoq 
so‘zlovchining o‘zidan boshlanadi. 
Hozirgi o‘zbek tilida sonlarda yasalish yo‘q. Qadimgi 
turkiy tilda esa sonlarda yasalish bor. Ularning morfem 
tarkibini tiklash ham mumkin. Masalan: 
iki
ning asli 
ilki
dir (
il-
ki>ilki>iki
. Hozirgi o‘zb.: 
ikki
). Qadimgi turkiyda 
il
– “old” 
degani. “Poygak” ham 
il
bo‘ladi, antonimi 
tör
dir. 
İl
ning 
“qutb, tomon” ma’nosi ham bor: 
il
deganda “Sharq” 
tushuniladi, 
chunki 
Sharq 
qadimgi 
turklarning 
o‘y-
tushunchasida old tomonda. -
ki
– tegishlilikni bildiruvchi 
qo‘shimcha, 
ilki
– “oldindagi, dastlabki, avvalgi” degan 
ma’noni beradi. Lekin mantiqqa ko‘ra “so‘zlovchi(
bir
)dan 
keyingi”dir. Shuning uchun tartibda ikkinchi bo‘lib turadi. 
Boshqa bir qator sonlarda ham yasalish bor. “Yigirma” soni 
iki
dan hosil bo‘lgan: 
iki-r-mi>yiki-r-mi>yigirmi

Ellik
soni 
el
(barmoq) so‘zidan yasalgan: 
ellik
– “beshta o‘nlik” degani. 
Yoki: 
altï-mïš>altmïš, yeti-miš>yetmiš
. Demak, -
mïš, -miš
qo‘shimchasi birlikni o‘nlikka aylantirmoqda. Sonlarning 
yasalishiga yana misol keltiramiz: 
sekiz on>säksän
(“sakkizta 
o‘n”), 
toquz on>toqsan
(“to‘qqizta o‘n” degani).


166
Toquz
soni 
toq
so‘zidan yasalgan. 
Toq
so‘zi “qoniqish hosil 
qilish; 
to‘lishish; 
sokinlik” 
ma’nolarini 
anglatadi.
Chog‘ishtiring, hozirgi 
toxta (
toqlï
so‘zlari ham ayni o‘zakdan. 
Toquz
soni birliklarning 
yakunlovchisi (ya’ni, oxirgi birlik) bo‘lgani uchun shunday 
atalgan, “to‘xtagan, yakunlangan” ma’nosini beradi, -
(u)z
yasovchi qo‘shimcha. Yoki 
yüz
sonining kelib chiqishi 
yüz
(“sirt, yuza”) ga bog‘lanadi. O‘nliklarning yakunida, sirtida 
turgani uchun shunday atalgan. “Kishining yuzi” anglamidagi 
yüz
ham shu ma’noda. 
Demak, 
säkiz (
sonlari -
z
qo‘shimchasi bilan yasalgan; 
altmïš (
yetmiš (
sonlari esa -
mïš, -miš
qo‘shimchasi bilan 
yasalgan.
Qadimgi turkiy tilda sonlar to‘rt darajalidir. Ularning 
oldinma-ketinligi va aytilishi shunday: 
Birliklar: 
bir
– 1, 
iki~äki
– 2, 
üč
– 3, 
tört
– 4, 
biš~bäš~beš
– 
5, 
altï
– 6, 
yiti~yäti~yeti
– 7, 
säkiz~sekiz
– 8, 
toquz
– 9. 
Toquz
– 
birliklarning yakunlovchisidir.
O‘nliklar: 
on
– 10, 
yigirmi
– 20, 
otuz
– 30, 
qïrq
– 40, 
ilig~älig~elig~elli
– 50, 
altmïš
– 60, 
yitmiš~yätmiš~yetmiš
– 
70, 
sekiz on~säksän
– 80, 
toquz on~toqsan
– 90. 
Yuzliklar: 
yüz
– 100, 
iki yüz
– 200, 
üč yüz
– 300 va 
boshqalar. 
Minglar: 
bïŋ~mïŋ
yoki 
biŋ~miŋ
– 1000, 
iki bïŋ
– 2000, 
üč 
bïŋ
– 3000 va boshqalar. 
Qadimgi turkiy yodgorliklarda 
tümän
so‘zi 10 000 ni 
bildirgan. Bundan yirik sonlarga uning ko‘paytmasi qo‘shib 
aytilgan: 
beš tümän
– 50 000, 
säkiz tümän
– 80 000, 
on tümän
– 100 000 va b. Bitiglardan o‘rnaklar keltiramiz: 
Tabğač oŋ 
tutuq bes tümän sü kelti
. – Tabg‘ach o‘ng tutuqning besh 
tuman qo‘shini keldi (X.25). 
Yarïs yazïda on tümän sü terilti
. – 
Yaris dashtida o‘n tuman [yuz ming] lashkar terildi (Ton.36). 
Čača säŋün säkiz tümän sü birlä süŋüšdüm.
– Chacha 


167
Sangunning sakkiz tuman qo‘shini bilan urushdim (X.26). 
QB.287 da: 
mïŋ tümän
– 10.000000.
Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlar quyidagi tartibda 
aytilgan:
1. Avval birlik aytilib, keyin shu son qo‘shilgan o‘nlik 
emas, balki undan yuqori o‘nlik aytilgan: 
yeti yigirmi
– buning 
bilan “(o‘ndan oshib) yigirma tomon yettita son qo‘shildi (=o‘n 
yetti)” degan ma’no anglashiladi. Yana misollar: 
tört yigirmi
– 
o‘n to‘rt, 
bis yigirmi
– o‘n besh, 
sekiz yigirmi
– o‘n sakkiz, 
altï 
otuz
– yigirma olti, 
iki qïrq
– o‘ttiz ikki, 
iki elig
– qirq ikki, 
üč 
yetmiš
– oltmish uch, 
yeti yetmiš
– oltmish yetti, 
säkiz yetmiš
– 
oltmish sakkiz, 
toquz säkiz on
– yetmish to‘qqiz. Ko‘k turk 
bitiglaridan misollar: 
Eki otuz yašïma Tabğač tapa sülädim
. – 
Yigirma ikki yoshimda Tabg‘ach tomon qo‘shin tortdim 
(X.25–26). 
Män toquz yigirmi yïl šad olutrum, toquz yigirmi yïl 
qağan olurtum, el tutdum.
– Men o‘n to‘qqiz yil shad bo‘lib 
turdim, o‘n to‘qqiz yil xoqon bo‘lib turdim, davlatni tutdim 
(Xa.9). 
Eltäris qağan bilgäsin üčün, alpïn üčün Tabğačqa yeti 
yigirmi süŋüšdi
. – Eltarish xoqon allomasi bilan bo‘lgani 
uchun, (49) alpi bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga o‘n yetti bor 
jang qildi (Ton.48–49). 
2. Hozirgiga yaqin bir tartib bo‘lib, faqat o‘nlikdan so‘ng 
artuqï
so‘zi qo‘shilgan: 
otuz artuqï tört
– o‘ttiz to‘rt. Zamonlar 
o‘tib o‘nlikka qo‘shilayotgan 
artuqï
so‘zi qisqarib, hozirgi 
ko‘rinishga aylangan: 
otuz tört

Matnlardan misollar keltiramiz: 
Qïrq artuqï yeti yolï 
sülämis
. – Qirq yetti yo‘la lashkar tortgan (K.15). 
Ikki xonalilarga yana bir misol: 
bir tümän artuqï yeti bïŋ
– 
17000. 
Ko‘p xonali sonlarning o‘qilish tartibi shunday: 85 – 
biš
toquz on / säkiz on biš
; 45360 – 
tört tümän, biš miŋ, üč yüz, 
altmïš
.
Bitiglarda “yarim” ma’nosini 
sïŋar
so‘zi bildiradi: 
Sïŋar 
süsi ebig barqïğ yulğalï bardï, sïŋar süsi süŋüšgäli kelti
. – 


168
Qo‘shinining yarmi uy-joyini bo‘shatgani bordi, yarim qo‘shini 
jang qilgani keldi (X.32). 
Sira (tartib) sonlar narsalarning sirasini, kishilardan har 
birining sirada tutgan o‘rnini belgilash uchun aytiladi. 
Sonlarning sira (tartib) ko‘rsatkichi boshlab -

shaklida edi. 
“Birinchi” sira ko‘rsatkichi qadimgi turkiy tilda birinč shaklida, 
ba’zan bir shaklida ham qo‘llanilgan. Bularning o‘rnida 
ilki, 
baštïnqï
so‘zlari ham ishlatilgan. “Ikkinchi” sira ko‘rsatkichi 
ikinti~ikindi
yoki 
ikinč
deyilgan. Qolgan sonlarga birday 
qo‘shilaveradi: 
üčünč, törtünč, bišinč, altïnč, yitinč, säkizinč, 
toquzunč, onunč
. Ikki xonali sonlarda tartib o‘zgaradi: 
bir 
yigirminč, iki yigirminč, üč yigirminč, tört yigirminč
singari. 
XI–XII yuzyilliklardan -

ko‘rsatkichining -
nči, -nčï 
shakli ham qo‘llanila boshladi: 
üčünči, törtünči, bišinči, altïnčï, 
yitinči, säkizinči, toquzunčï, onunčï singari


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin