Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Kelishik 
Kelishik otli so‘z birikmalarida bosh so‘z bilan ergash 
so‘zning, egasi ot bo‘lib kelgan gapda esa ega(ot)ning kesim 
bilan moslashuvi, kelishuvidir. Kelishikda so‘roq otga beriladi. 
Masalan, 
kimni?, kimga?, kimdan?
singari. Bu so‘roqlarga 
berilgan javob kelishik qo‘shimchalarini oladi.
Kelishik 
kategoriyasi 
turkiy 
tillarning 
bosh 
qonuniyatlaridan biridir. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida 
tilimizning ichki qonuniyatlari, o‘zgarishi oqibatida uning soni 
ba’zan o‘zgarib ham turgan. Hozirgi tilshunoslikda ularning 
soni nechta ko‘rsatilayotganidan qat’i nazar, kelishik 
kategoriyasi turkiy tillarda burundan bor, bundan keyin ham 
saqlanib qoladi.
Kelishik qo‘shimchasi o‘zbek tilida ot, otlashgan so‘zlar, 
barcha ism guruhiga qo‘shila oladi. Ot, sifat, son, olmoshni ism 
guruhi deganimiz bilan har birining o‘ziga yarasha grammatik 
belgisi bor. Hech qachon bir turkumga tegishli kategoriya 
ikkinchisiga o‘tib qo‘ya qolmaydi. Son, sifat, olmosh asl 
holatida otga xos qo‘shimchalarni ololmaydi. Gapda avval ot 
o‘rnini egallaydi, ot to‘nini kiygandan keyingina, uning 
vazifasini bajarish huquqini oladi va o‘z qurshovida boshqa 
so‘zlarga ot singari ta’sir eta boshlaydi. 


156
Qadimgi turkiy tilda kelishiklar soni yettita. Ularning 
turlari va qo‘shimchalari quyidagichadir: 
1. Bosh kelishik: maxsus qo‘shimchasi yo‘q; otning bosh 
ko‘rinishi nazarda tutiladi. 
2. Qaratqich kelishigi: 
-nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ; -ïŋ, -iŋ / -uŋ, -
üŋ.
3. Jo‘nalish kelishigi: 
-qa, -kä / -ğa, -gä; -a, -ä; -ğaru, -
gärü / -qaru, -kärü; -ğar, -gär / -qar, -kär; -ru, -rü; -ra, -rä
.
4. Tushum kelishigi: 
-ğ, -g (-ïğ, -ig / -uğ, -üg); -n; -nï, -ni; -
ï, -i.
5. O‘rin-payt kelishigi: 
-da, -dä / -ta, -tä.
6. Chiqish kelishigi: -
dan, -dän / -tan, -tän / -dïn, -din / -tïn, 
-tin / -dun, -dün; -da, -dä / -ta, -tä

7. Vosita kelishigi: -
n (-ïn, -in / -un, -ün)

Qaratqichning asl ma’nosi “qaratuvchi” degani. U egalik
maxsuslik, bir narsaning ikkinchi narsaga yo kimsaga tegishli 
ekanini bildiradi. 
Qadimgi turkiy tilda qaratqich belgisi -
nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ 
bilan birga -ïŋ, -iŋ / -uŋ, -üŋ
dir.
Qaratqich ba’zan belgisiz ifodalanishi ham mumkin. 
Masalan: 
Körüg sabï antağ
. – Kuzatuvchining so‘zi shunday 
(Ton.9).
Jo‘nalish kelishigi ish-harakat yoki holatning kimsa yo 
narsa tomon yo‘nalishini bildiradi. Uning asl ma’nosi 
“yo‘nalish” degani. 
Eskida jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi ham bir necha 
xil bo‘lgan. Qadimgi turkiy tilda jo‘nalishning -
qa, -kä
varianti 
ustun edi. Urxun yodgorliklarida jo‘nalishning -
ğa, -gä
varianti 
o‘rnida ham -
qa, -kä
qo‘llanilgan: 
tağqa
– toqqa, 
qapïğqa
– 
qopig‘qa, 
yerkä
– yerga, 
ögüzkä
– daryoga. Jo‘nalishning 
-ğa, -

varianti 
yenisey 
yodgorliklaridagina 
qo‘llanilgan: 
qunčuyïmğa
– bekachimga, 
edgügä
– ezguga. 
Yodgorliklar tilida jo‘nalishning -
ğaru, -qaru, -gärü, -kärü
qo‘shimchasi keng qo‘llanilgan: 
oğuzğaru
– o‘g‘uzga, o‘g‘uz 


157
tomon, 
yoq(q)aru
– yuqoriga, 
ilgärü
– ilgariga, 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin