Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash 
 
So‘zlarni juftlash yo‘li bilan yangi ma’no hosil qilish
asosan, badiiy matnlarga xos.
Ko‘k turk bitiglarida 
ot
va 
sub
so‘zlari juft holda qo‘llanib, 
“dushman, yov” ma’nosini anglatadi: Biriki bodunuğ ot sub 
qïlmadïm. – Birikkan xalqni (bir-biriga) o‘t-suv [ya’ni yov] 
qilmadim (K.27). 
Bitiglarda 
yer
va 
sub
so‘zlari juft holda qo‘llanib, “tuproq, 
o‘lka, yurt, vatan” ma’nosini anglatgan: Kögmän yer-sub idiziz 
qalmazun tiyin. – Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya 
(K.20). Täŋri Umay ïduq yer-sub basa berti erinč. – Tangri 
Umay bilan yer-suv(imiz yovni) bosib berdiku (Ton.38).
Alqïš
so‘zi “olqish, maqtov, madh” degan ma’noni 
anglatadi. U 
alqïš ötüg
shaklida ham qo‘llaniladi, bunda 
“ibodat, duo” degan ma’noni bildiradi. 
Yoki: 
äw
so‘zi “uy” degani, matnlarda äw barq shaklida 
ham qo‘llaniladi, bu shakli “uy-joy, turar joy; ro‘zg‘or” 
ma’nolarini beradi. Shuning singari: anïğ yawlaq – yomon, 
bo‘lmag‘ur, aš ičkü – ovqat, iš tuš
 

 
teng-tush, o‘rtoqlar, 
og‘aynilar. 
Adaš
so‘zi “o‘rtoq” degani, matnlarda adaš qudaš shaklida 
ham qo‘llaniladi, bu “do‘stlar, yoru birodorlar” ma’nosini 
beradi. 


144
Yoki 
ät
– “go‘sht, tana”, 
öz
– “o‘zlik”, 
ätöz
esa “vujud, 
jism, tana” ma’nosini beradi. 
QB, 6 da: tüš-teŋ. So‘z tarkibidagi tüš ham “teng” 
ma’nosidadir, tüš-teŋ 

“tengdosh, tenqur” degani. Yoki, yana 
solishtiring, hozirgi o‘zb.: teŋqur. Qadimgi turkiy tilda: qur – 
“esh, teng” degani. Chog‘ishtiring, X.36 da: qur boltï 

esh 
bo‘ldi.
Hozirgi o‘zbekchada 
uwalï-juwalï
so‘zimiz bor. Bu so‘z 
qadimgi turkiy tildagi 
uya
so‘ziga bog‘lanadi. Qadimgi turkiy 
tilda 
uya
ikki ma’noda qo‘llanilgan: 1) birodar, yaqin kishilar, 
tug‘ishganlarni anglatgan (E.15.3; MK.I.113). Bu so‘z Adib 
Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida 
ham 
uchraydi: Ata bir, ana bir, uyalar, bu halq. 

Ota bir, ona bir, 
barcha xalq qardosh, birodordir (AH.291). Asar ko‘chirilgan 
davr tilida 
uya
so‘zining “birodor, do‘st” ma’nosi unutilgan 
ko‘rinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak asarning S nusxasida 
uyalar
so‘zining ostiga 
birādarān
deb yozib qo‘yilgan. 2) 
“yashash joyi, uya” ma’nosini anglatadi. Masalan, İB da: uya – 
in, uya. 
Uya
so‘zining “yashash joyi, uya” ma’nosi hozirgi o‘zbek 
tilida ham bor: Quš uyasïda körgänini qïladï. Turk tilida bu 
so‘z 
yuva
shaklida qo‘llanmoqda: Yuvayï yapan diši quštur
 
(Uyani qurgan moda qushdir)
.
Hozirgi o‘zbek tilidagi 
uwalï-
juwalï
tuzilishiga ko‘ra juft so‘zdir: uwa~yuwa~juwa – bir 
so‘zning 
turli 
fonetik 
variantlari 
bo‘lib, 

“avlod, 
tug‘ishganlar” ma’nosini beradi. 
Uwalï-juwalï
so‘zi tarkibidagi 
birinchi -
lï 
qadimgi turkiy tilda amal qilgan teng 
bog‘lovchining qoldiq shaklidir. Keyingisi esa hozir sifat 
yasovchi sifatida tushuniladi. Ushbu so‘z ayni shaklda 
“serfarzand, avlodli” ma’nosida. 
Yozma yodgorliklarda so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ham 
yangi ma’no hosil qilinadi. Masalan, 
adruq
– “ayri” degani, 
matnlarda 
adruq adruq
shaklida ham qo‘llaniladi, bu “turli, har 
xil” ma’nosini beradi. 


145
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r: 
Lutfan 
o‘z 
bilgingizcha 
o‘rnaklar 
ko‘magida 
so‘zlarni 
morfemaga ajratish yollarini tushuntiring. 
Hozirgi o ‘zbek tilidagi 
yaylaw,
yulduz,
quyaš

zorğa
so‘zlarini 
tarixan qanday morfemalarga ajratish mumkin?
Til tarixida so‘z yasalishining qanday yollari amal qilgan? 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin