138
so‘zining o‘zagi (eng kichik leksik ma’noli bo‘lagi)
tïn-
, negiz
esa
ot yasovchi -
č
qo‘shimchasini qo‘shish natijasida hosil
bo‘lgan
tïnč
so‘zidir. Endi bu so‘zga
-ï
qo‘shimchasini qo‘shib,
tïnčï
fe’lini yasaymiz. Bunday holda negiz ham o‘zgaradi:
yangi yasalgan so‘z negiz bo‘ladi. Lekin o‘zak o‘sha-o‘sha
turaveradi. Shuning uchun bir o‘zakdan yasalgan so‘zlarni
o‘zakdosh so‘zlar deb ataymiz.
Keltirilgan
tïnč, tïnčï
so‘zlari
o‘zakdosh (bir o‘zakdan yasalgan) so‘zlardir. Demak,
tïnčï
so‘zining tarkibi shunday:
tïn+č+ï = tïn->tïnč>tïnčï-
. Yana bir
misol:
qatïğtï
(qattiq qilib, mahkam qilib) so‘zining tarkibi
shunday: “qot-” anglamidagi
qat
- fe’liga
sifat yasovchi -
ïğ
qo‘shimchasini qo‘shib
qatïğ
so‘zi, unga esa
-tï
ravish
yasovchisini qo‘shib
qatïğtï
so‘zi yasalgan. Bu so‘zni o‘zak-
negizga ajratish tartibi ham yuqoridagi so‘z kabidir:
qat->
qatïğ>qatïğtï
.
So‘zning grammatik ma’no
bildiruvchi komponentlariga
qo‘shimchalar kiradi. Muhimi shundaki, so‘z
tarkibiga
yasovchi qo‘shimchalargina emas, yasovchi bo‘lmagan
qo‘shimchalar (so‘z o‘zgartuvchi, shakl yasovchi) ham kirib
ketadi. Chunki ularning bari so‘zni
shakllantirishga, uning
leksik-semantik,
morfologik,
sintaktik-stilistik
o‘rnini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Til tarixida ham qo‘shimchalar uch xil ko‘rinishda
uchraydi: so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchi.
Dostları ilə paylaş: