Qo‘shma so‘zlarning yasalishi
Turkiy tillar tarixida so‘z yasashning analitik usuli ham
amal qilgan. Bunday usul bilan yasalgan so‘zlar yodgorliklar
tilida keng qo‘llaniladi.
Ko‘k turk bitiglarida: beŋgütaš, bitigtaš - bitigtosh, sübašï -
lashkarboshi. AH da: qarabaš – cho‘ri, xizmatkor.
Ko‘k turk bitiglarida qutb otlari ham shunday usulda
yasalgan: kün toğsuq
–
kun chiqar (Sharq), kün ortusï
–
Janub,
kün batsïq
–
kun botar (G‘arb), tün ortusï
–
Shimol.
Qadimgi turkiy tilda qo‘shma so‘z holida yasalgan yer
otlari (toponimlar), daryo va ko‘l otlari (gidronimlar) ham tez-
tez uchrab turadi: Temir qapïğ, Qaraqum, Qara köl, Yinčü
ögüz, Yašïl ögüz.
Qo‘shma so‘z holida yasalgan taponimlar ko‘proq joy otini
bildiruvchi so‘zlardan tuzilgan bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda “shahar” ma’nosida
balїq, uluš,
kän~ken, kent~kend, ordu
so‘zlari qo‘llangan. Bu so‘zlarni
142
ba’zi shahar otlarining tarkibida ham uchratamiz. Masalan:
Bešbalїq, Quzuluš, Quzordu. Yoki: Ötükän, Tärkän, Äbäkän,
Čimgän otlari tarkibidagi
kän~ken~gän
ham, chamasi,
“shahar” ma’nosini anglatadi.
Quzuluš,
Quzordu
ham
qo‘shma
so‘z
holidagi
taponimlardir. Chunonchi, Mahmud Koshg‘ariy
uluš
so‘ziga
izoh bera turib, yozadi: bu so‘z chigillar shevasida “qishloq”ni
anglatadi. Balasag‘un va ularning yuqori yonidagi arg‘ular
tilida “shahar” demakdir. Shuning uchun Balasag‘un shahrini
Quzuluš
deydilar (MK.I.94). Olimning boshqa bir o‘rinda
qayd etishicha, bu shaharning
Quzordu
degan oti ham bo‘lgan
(MK.I.145).
Quzordu
“Qutadg‘u bilig”ning uyg‘ur yozuvli hirot
qo‘lyozmasida ham uchraydi: Munungї turuğlağ Quzordu eli
(Uning turar yeri Quzo‘rdu elidir) (Радлов 1890,7). Bu
jumlada asar muallifi Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan yeri
–
Quzo‘rdu (ya’ni Balasag‘un) nazarda tutilmoqda.
Quzuluš, Quzordu
otlari tarkibidagi
quz
, aftidan, “kunga
ters”, “kun botar” ma’nolarini bildiradi. Chog‘ishtiring:
Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida: quz tağ
–
tog‘ning quyosh
tushmaydigan joyi (MK.III.196); hozirgi o‘zbek tilida: küngäy
– kun tushadigan joy; quzğay
–
kunga taskari joy. Yoki
turkchada: Güney
–
Janub, Kuzey
–
Shimol. Shundan kelib
chiqib, Quzuluš, Quzordu – “kun botardagi shahar” degan
ma’noni bildiradi,
Endi
Bešbalїq
to‘g‘risida. Mahmud Koshg‘ariyning
yozishicha, bu uyg‘ur viloyatidagi besh shahardan biridir
(MK.I.136).
Bu otning etimologiyasi to‘g‘risida Koshg‘ariy yozadi:
Balїq
–
johiliya davridagi turklar va uyg‘urlar tilida “shahar”.
Uyg‘urlarning eng katta shaharlariga
Bešbalїq
deyilishi
shundandir.
Bešbalїq
– “besh shahar” demakdir. Uyg‘urlar
boshqa bir shaharlariga
Yangїbalїq
– “yangi shahar” deydilar
(MK.I.360).
143
Kent va ulush otlarining yasalishida, ba’zan, Markaziy
Osiyo xalqlari tillarida yagona prinsiplar amal qilganligini
kuzatamiz. Masalan: Bešbalїq
–
kelib chiqishi turkiy ot,
Panjkent
–
forsiy.
Qo‘shma so‘z shaklidagi kishi otlari ham bor. Masalan,
Qutlubars, Qulbars, Aybars, Qaraquš, Alaquš, Aydoğdï,
Kündoğdï, Kündoğmïš, Quštemür, Esändemür, Temürxan,
Temürtaš.
Dostları ilə paylaş: |